Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


-MAVZU: BOSHLANG`ICH TA`LIM DARSLARINING O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI



Download 1,27 Mb.
bet55/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

6-MAVZU: BOSHLANG`ICH TA`LIM DARSLARINING O`QUVCHILARDA TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI


REJA:

  1. O`qish darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari.

  2. Ona tili darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish.

  3. Matematika darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari.

  4. Tabiatshunoslik darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari




  1. O`qish darsini o`qitish jarayonida o`quvchilarda tanqidiy va kreativ tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari.

O'qish - bolalarning nutq faoliyatlarini oshirish, adabiy estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o'rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim tizimida muhim o'quv predmeti ta'lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Shulardan kelib chiqib, aytish lozimki, o'quvchilarni o'qishga o'rgatishning asosiy vazifalari quyidagilardir;

  • boshlang'ich o'qish malakalari (to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qish)ni takomillashtirish;

  • bolalarni o'qigan asarlarini idrok eta bilishlari, ularda aks etgan voqea-hodisalar mazmunini tushuna olishlari va xulosalar chiqarishga tayyorlash;

  • o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatish;

  • o'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.

Bu vazifalarning hammasi, albatta, dasturda berilgan badiiy ilmiy-ommabop asarlar, xalq og'zaki ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi.
O'qish mashg'ulotlarini o'tkazish jarayonida matn va kitob ustida ishlash o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirish, nutq madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Matnni bo'g'inlab, so'ng sidirg'a o'qishni o'rganadilar. 2-sinfda o'quvchilarda so'zlarni butunicha sidirg'asiga o'qish malakasi shakllanadi. O'qishning to'g'ri va ifodali bo'lishiga erishiladi, o'qish sur'ati tezlashadi.
3-sinfda so'zlarni butunicha sidirg'a o'qish ko'nikmasi to’la shakllanadi. Bu esa o'quvchilarning ongli va ifodali o'qishga qo'yiladigan talablarinio'stirish imkonini beradi Shunda,albatta, maqollardan, hikmatli so'z va iboralardan foydalanishga, so'zlarni to'g'ri tanlashga, gap qurilishidagi so'zlardan to'g'ri foydalanishga e'tibor beriladi.
4-sinfda esa o'quvchilar so'zlarni bo'g'inlamay, sidirg'a o'qishlari, matnni tez, to'g'ri, ongli o'qiy olishlari kerak. Bu sinfda bo'g'inlab o'qishga yo'l qo'ymaslik lozim.
Ma'lumki, to'g'ri o'qish bilan ongli o'qish orasida farqlar mavjud. Birinchidan, o'qishda juda ko'p xato qiladigan va qiynalib o'qiydigan bolalar o'qiganlarini tushunmaydilar. Ayniqsa, 1-2-sinflarda ko'pincha ana shunday holatni kuzatish mumkin, 3-4-sinflarda esa o'quvchilarning o'qiganlarini tushunishlari ancha oson bo'ladi.
2-sinflarda o'quvchilar taxminiy o'qish natijasida xatoga yo'l qo'yadilar, Lekin o'qiganlari mazmunini umumiy holatda tushunadilar. Bu, albatta, o'qishning ongliligiga ta'sir qiladi. O'qilgan asar mazmunini tushunish ovoz chiqarib to'g'ri o'qishga ham bog'liq, Ikkinchidan, ayrim so'zlar ma'nosini tushunmaslik ham xato o'qishga sabab bo'ladi. Ayniqsa, o'quvchilar murakkab so'zlarni, ko'proq undoshlardan iborat bo'lgan so'zlarni, so'z birikmalarini, turli qo'shimchalar bilan kelgan bir xil so'zlarni o'qishda xato qiladilar.
1-sinf o'quvchilari o'qitib ko'rilganda ular tusmollab o'qish natijasida ko'p xato qilishlari aniqlangan. Bir marta o'qigan so'zlarini turli qo'shimchalar bilan keyingi safar o'qiganlarida ham xato qiladilar. Birinchi gapdagi «gapirildi» so'zini o'qiganlaridan keyin ikkinchi gapdagi «gapirishdi» so'zini ham shunday o'qiydilar. So'zlar so'zning oson-qiyinligidan qat'iy nazar, bir necha marts takrorlanib, turli qo'shimchalar bilan kelsa, o'quvchilar xatc qiladilar. Bu esa to'g'ri o'qishning ongli o'qish bilan aloqadorligim, bir-biri bilan bog'liqligim ko'rsatadi. Bolalar faoliyatida tezi tez qo'llanadigan sodda vi murakkab so'zlarni xato qilmay o'qiydilar. Jlarga o'qishni o'rgatishda buni hisobga о lists kerak. Har bir so'z gapdag o'rniga ko'ra turli ma'nc ifodalashi mumkin. Ongli o'qish uchun o'quvchilar faqat ayrim so'zlar ma'nosinigina emas, balk-gaplarni ham tushunishlari kerak.
To'g'ri o'qish uchun gapdagi so'zlarning tushunarli bo'lishi muhim ahamiyatga ega. O'quvchilar ma'nosiga tushungan so'zlarni to'g'ri o'qiydi. Tushunadigan so'z boshqa so'z bilan bog'lani: kelganida esa u so'z birikmasir xato o'qiydi. Ayrim hollarda oson va sodda sohlarni ham xato o'qishlari mumkin. Bunday xat o'qishga asosiy sabab sot birikmalarining ma'nosi va ularning murakKabligidir. Bundan tashqari, so'zning uzunligi, bo'g"" tuzilishidagi murakkablik, so'zning notanish bo'lishi va gapda so'zlar bog'lanishini eslay olmaslik herr xato o'qishga sabab bo'ladi.
Kuzatishlardan ma'lur-bo'lishicha, 1-2-sinf o'quvchilar! o'qiganlaridan keyin «Kim haqida o'qidingiz?» degan savolga javob qaytarishda qiynaladilar-O'qiganlari tahlil qilinganidaa keyin bu savolga to'g'ri javcs qaytara oladilar. 3-4-sint o'quvchilari esa kim haqide o'qiganlarini qiyinchiiiksiz ayte oladilar.
Har qanday maqola, badiiy ( asar mazmunini tushunish uchun voqea qachon va qayerda sodir bo'lganini, voqealarning bir-biriga bog'liqligini va ularning bir-biriga ta'sirini bilish kerak. Ba'zan voqealarning bir-biriga bog'liqligini ko'rsatish oson bp'lsa-da, ayrim hollarda u bog'liqlikni o'qilgan asardan topish qiyin. Ayniqsa, 1-2-sinf o'quvchilari voqealarningbir-biriga aloqadorligini tushunishda qiynaladilar. Hayotiy tajribalarga oid asar o'qilsa, uning mazmunini tushunishga qiynalmaydilar.
Umuman, o'qish sifatini yaxshilash, ayniqsa, ongli o'qishga erishish uchun quyidagilarga e'tibor berish lozim:
o'quvchilarga o'qitishdan oldin ularga yangi so'zlar tushunchalarini o'rgatish;
tushuncha beriladigan narsaning o'zini ko'rsatish, sayohatlar tashkil etish, kinofilm namoyish qilish, o'quvchilarning o'z o'yinlari va mehnatlari davomida ko'rganlarini eslatish;
- o'qilgan asarni tahlil qilishda o'qituvchining yo'llovchi savollari, o'quvchilarning shaxsiy faoiiyatiari va kuzatishlarini eslatish asar mazmunini tushunishga yordam beradi. O'qiganlari yuzasidan berilgan savolga xato javob qaytargan o'quvchiga qo'shimcha savollar berilsa, ular o'z xatolarini tushunib, to'g'irlashlari mumkin.
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud.
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular predmet, harakat, belgi bildiradigan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p yangi terminlarni bilib oladilar.
Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va terminlar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar.
O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan predmetlarini o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini topib aytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurini o‘stiradi.
Mehnat va rasm darslari ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari mashg‘ulotlar ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi.
O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, ham doim o‘quvchi daftariga barcha hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur.
O’quvchilar nutqini o’stirish boshqa o’quv predmetlaridan o’tkaziladigan mashg’ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog’lanadi. Ona tili darslarida o’quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o’ylashni va ko’rganlari, eshitganlari, o’qiganlari haqida to’g’ri bayon qilishni o’rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug’atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to’g’ri tuzishni o’rgatadi.
O’qish darsi va u bilan bog’liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o’quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o’stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe’r, maqolalarni o’qish, o’qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko’rganlarini hikoya qilish o’quvchilar og’zaki nutqini o’stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o’stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o’rganish va o’qish darslarida o’quvchilar bajaradigan so’z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga yordam beradi.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish