Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Darsning boshida o‘tkaziladigan o‘yinlar



Download 1,27 Mb.
bet52/70
Sana01.05.2022
Hajmi1,27 Mb.
#600828
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70
Bog'liq
2 5343753633433390900

1. Darsning boshida o‘tkaziladigan o‘yinlar
O‘ylab top” o‘yini.
1-2 sinflarda qo‘llaniladi. O‘qituvchi doskaga tanaffusda bir nechta misol yozib qo‘yadi. Misollar nomerlanadi.
1. 27-7= 3. 29-5=
2. 46+6= 4. 19+11=
Dars boshlanganda, o‘qituvchi shulardan birini og‘zaki ishlab javobini o‘quvchilarga aytadi. Keyin ,,Men qaysi misolni echdim, kim aytadi?” deb bolalarga murojaat qiladi. To‘g‘ri aytgan o‘quvchi rag‘batlantiriladi.
2. Darsning o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘yinlar
Bilaman” o‘yini.
Bu o‘yinni masalan, 5 sonini o‘rganilgandan keyin o‘tkazish mumkin. Dars o‘rtasida bolalar charchab qoladilar, shunda o‘tkazsa bo‘ladi. O‘qituvchi bolalarga birinchi partadan boshlab ichida sanashni taklif etadi, har bir o‘quvchi oldingi o‘quvchi aytgan sondan keyingisini aytib o‘rnidan turishi kerak (oldingi o‘quvchi o‘tiridi). 5 sonini o‘rniga beshinchi o‘quvchi ,,bilaman” deb javob beradi keyingisi esa sanashni bir sonidan boshlaydi. Bu esa sinfning oxirgi o‘quvchisigacha davom etadi. ,,Bilaman” so‘zini juft – toq sonlar yoki ma’lum bir raqamli sonlar (3,13,23,33...) o‘rnida ham aytishi mumkin.
Ko‘p, oz, barobar” o‘yini.
O‘yin materiali: partada har bir o‘quvchi oldida sanoq cho‘plar, geometrik shakllar, turli miqdordagi narsalar rasmi solingan kartochkalar va h.z. O‘yin mazmuni: o‘qituvchi biror bir raqami (3) ko‘rsatib ,,ko‘p”, ,,oz” ,,barovar” so‘zlarning aytganda, o‘quvchilar shu so‘zlarga mos miqdorga narsalarni ko‘rsatishlari kerak. Bu o‘yinni murakkablashtirishi ham mumkin. Masalan, o‘qituvchi ,,O‘ng qo‘lida bitta,” chap qo‘limda oz, o‘ng qo‘limda esa ko‘p” so‘zlarni aytadi bolalar shunga muvofiq miqdordagi narsa yoki raqamli kartochkalarni bo‘yagan o‘ng va chap qo‘llarini ko‘taradilar.
O‘ylab top” o‘yini
1. Men aylanada joylashgan ikkita sonni qo‘shdim va 10 sonnini hosil qildim. Men qaysi sonlarni tanladim? Ularni kesma bilan birlashtir.
2. Men aylanada joylashgan uchta sonni qo‘shdim va 10 sonini hosil qildim. Men qaysi sonlarni tanladim. Ularni birlashtir.
3. Men 10 sonidan 1 sonini ayirdim va 2 sonini hosil qildim. Men qanday sonni ayirdim?
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish, ularni erkin tinglovchidan erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innavatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan matematika darslarining tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. CHunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Quyida matematika darslarida pedagogi texnologiyaning metod va usullaridan foydalanish ish tajribasidan namunalar keltiramiz:

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish