O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning bilim faoliyatini rivojlantirishning yangi usullarini qo‘llash kerak. O‘quvchilar faqat rejadagi materialnigina emas, atrof–muhitni, voqea va jarayonlarni kuzatishga mustaqil-tanqidiy fikrlashga, o‘z xulosalarini asoslashga o‘rganishi kerak.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘quvchilar uchun qiyin va kam tushunarli fan bo‘lib tuyuladi. SHuning uchun bolalar ko‘p hollarda qoidalarning ma’nosiga tushunmasdan quruq yod olishiga harakat qiladilar, bu esa bilimda mavzularni o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiladi.
O‘quvchilarning darsda olgan bilimlari ongli ravishda mustaqil fikrlash asosida egallangan bo‘lsagina, u ishonchli va mustahkam bo‘ladi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni fikrlariga, izlanuvchanlikka, xulosa chiqarishga va umumlashtirishga undovchi metodik usullarni qo‘llash muhim hamiyatga egadir.
Didaktik o‘yinlar darsda ishni individuallashtirish har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, ularni qobilyatini o‘stirish imkonini beradi. “Har bir yaxshi o‘yinning mehnat kuchi – mehnatni kuchaytirish va fikrlashni o‘stirish xususiyati bo‘ladi,“ - degan buyuk pedagok A. S. Makarenko.
O‘yin jarayonida o‘quvchilar dastlab faqat o‘yinga qiziqa boshlasa, keyinchalik uni tezda o‘yin bilan aloqador material qiziqtira boshlaydi. Endi unda shu mavzuni o‘rganish, eslab qolish, o‘yinga qatashish istagi paydo bo‘ladi.
O‘yin o‘quvchilar diqqatini osonligicha jalb qilishga ularning eng muhim va murakkab narsalarga voqea va hodisalarga qiziqishlarini uzoq vaqt ushlab qolishga yordam beradi.
Masalan: misollarni bir xil usulda echaverish o‘quvchilarni toliqtiradi, o‘qishga qiziqishini yo‘qotadi. SHu misollarni o‘yin shaklida kim tez bajaradi? usuli bilan echish esa o‘quvchilarni jonlantiradi. Endi ular aniq maqsad yo‘lida, ya’ni topshiriqlarni bajarishda g‘olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishiga qodir ekanini ko‘rsatishi hissi bilan harakat qiladilar.
Didaktik o‘yinlarni darsga moslashtirib tanlash va o‘quvchilarning ma’lum bir o‘yindan zerikkanlarini sezgach, uning yangi turlarini qo‘llash zarur. Tanlangan o‘yin qiziqarli, o‘quvchilarning yoshiga mos, qisqa vaqtga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
Didaktik o‘yinlar fanga qiziqtirishni, mavzularni ongli o‘zlashtirishiga, o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishiga, ularda kuzatuvchanlikni oshirganda didaktik o‘yinlar vositachilik rolini tashkil qilishdan oldin uni qaysi maqsadga yo‘naltirishini va didaktik asoslarini aniqlab olish va dars jarayonida unga tayanish zarur. Metodika nuqtai nazaridagi o‘yinlar, keltirilgan umumiy tarbiyaviy va o‘qitish topshiriqlaridan tashqari, o‘qituvchiga bolalarda maxsus ko‘nikmalarni xosil qilishda yordam beradi.
O‘quvchilarning matematik nutqini aniqlaydigan va kengaytiradigan o‘yinlar bor. Misol uchun, agar 1-sinf o‘quvchilari matematik harakat va raqamlar bilan ta’minlangan bo‘lsa, qator ustun tuzishga, o‘qish va echishga o‘rgatish mazmuni ,,Kimda bor?”, ,,Kim topadi?“, ,,Kim tez va ishonarli.?“ to‘g‘ri keladigan o‘yin xolatida o‘tkazish mumkin. O‘yindan ko‘rish va eshitish zehnini mukammallashtirishidan ham foydalanish mukin. (o‘yinlar “taq – tuq” “Narsa lotosi,” geometrik shakllar bo‘yicha sanash va h.z.) O‘yinlar yordamida bolalar sonlarini esda saqlab qolishi qobilyatini mustahkamlash mumkin. (“Xotira”, “Tasavvurini rivojlantirishlar” “G‘alati gugurtchalar”)
Ko‘pgina o‘yinlar bolalarda joy tushunchasini rivojlntirishda yordam beradi. (“Geometrik domino“, “Qurilishi materiallari”, ,,Tangram“ o‘yini), kombinatorik qobiliyatini rivojlantiradi (mozayka, rangli domino, geometrik jismlarni yoymoq va b.) va konsturuktiv qobilyatini rivojlantiradi ( konstruktorlar, uchburchakning siri va h.z.)
Tez sanashni o‘rgatishga yordam beradigan o‘yinlar “Kim tez”, “Eng yaxshi sanoqchi”. Matematik o‘yinlarni nazariy asoslariga quyidagilarni kiritish mumkin.
1 Ma’lum didaktik maqsadga yo‘naltirilishi yangi materialni o‘rganishi, mustahkamlash, hosil bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini tekshirish
2 Malaka va ko‘nikma hosil qilishi uchun didaktik jarayonni qanday amalga oshiradi?(buning uchun bir xil harakatni bir necha marta qaytarilishini va uni ijobiy yo‘nalinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |