Tutash muhitlar modellari va kvazigomogen modellar.
Bilish
jarayonining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri bu ifodalash tilining
o„zgarishi bilan bog„liq modelni soddalashtirishdir. Shunday holat
bo„ladiki, sistema murakkablashganda uning tavsifi asta-sekin
murakkablashadi, keyin esa qaysidir holatda u birdaniga soddalashadi,
bunda sistema boshqa tilda boshqacha ifodalanadi.
1.16-misol.
Juda murakkab shakldagi idishga joylashtirilgan bitta
42
molekulaning harakatini tasvirlash unchalik qiyin emas. Agar 2 ta
molekula bo„lsa, tavsifning murakkabligi kamida ikki barobar oshadi.
Agar 100 ta molekula bo„lsa, unda tavsif juda murakkab bo„ladi;
Hamma 100 molekulaning trayektoriyasini "kuzatib borish" juda qiyin.
Agar molekulalar soni 1020 bo„lsa, u holda uni ifodalash juda oddiy
bo„ladi, ya‟ni:
Ammo bu ifodalash molekulalar tilida emas, balki gaz fazasi tilida
bo„ladi.
Ma‟lumki, fanning ba‟zi tarmoqlari, jumladan gidromekanika,
termodinamika, issiqlik o„tkazuvchanlik va diffuziya nazariyasi, formal
kimyoviy kinetika va h.z.lar o„ziga xos xususiyatlarigaega. Ularda
moddaning xossalari molekulalardan tashkil topgan emas deb
ifodalanadi. Gidrodinamikada suyuqlik harakati ko„rib chiqiladigan
bo„lsa, u holda alohida molekulalarning harakati haqida gap bormaydi.
Bundan tashqari, bu holda ham fizik sxema, ham matematik ifoda,
asosan, oqayotgan suyuqlikning parametrlari (masalan, tezlik) bir
nuqtadan ikkinchisiga doimiy ravishda o„zgarib turadi degan fikrga
asoslanadi: agar differensiallash protsedurasi qo„llanilsa, uzluksizlik
zarur.
Parametrlari doimiy ravishda o„zgarib turuvchi moddaning
moduliga asoslanib, fizika bo„limlari (va kimyoning qo„shni
bo„linmalari) tutash muhitlar fizikasi nomi bilan birlashtirilgan. Bu
bo„limlarning har birining mavzusi, qoida tariqasida, molekulyar
tushunchalar asosida ifodalanishi mumkin. Ammo ifoda juda murakkab
bo„ladi. Tutash muhitlar fizikasi modeli differensial va integral hisob
kabi kuchli matematik apparatdan foydalanilganda qulaydir. Hatto,
tutash model bilan bir qatorda, yaxshi yaratilgan molekulyar model
mavjud bo„lsa, u birnchi modelni siqib chiqarmaydi, balki uni to„ldiradi
(termodinamika va statistik fizikani solishtiring).
Tutash muhitlar modeli qo„llanilganda qulayliklar shunchalik
kattaki, unda molekulalardan tashkil topgan emas, balki ancha katta
zarrachalardan iborat ob‟ektlar qarab chiqiladi. Masalan, quvurdagi
emulsiya oqimini, ma‟lum darajada, yopishqoqligi bilan tavsiflanadigan,
43
bir hil suyuqlik oqimi sifatida ta‟riflaymiz, bu murakkab tarzda zarralar
fazalari va fazalari nisbatiga, shuningdek, o„lchami va shakliga bog„liq.
Katalizator (murakkab konglomerat, uning g„ovaklar devorlarida
reaksiyaga kirishadigan modda g„ovaklari bo„ylab difuziyaga uchraydi)
donasi tutash muhit sifatida tasvirlanishi mumkin. Ko„p fazali sistemani
bir hil deb ifodalashni soddalashtiradigan bunday sxemalarga
Do'stlaringiz bilan baham: |