Samarqand davlat universiteti қозон миллий тадқИҚотлар технология университети



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/100
Sana28.03.2023
Hajmi2,63 Mb.
#922312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100
Bog'liq
b905b7f394a5e97f28e5675473a228c5 Kimyoviy-texnologik jarayonlarni matematik modellash

1.8-misol.
Oqim sirt yuzasi bilan o„zaro ta‟sir qilganda, oqim 
jarayonlarining o„xshashligi (to„siqlar atrofidagi oqim, kanallardagi 
oqim) Reynolds mezonsi (Re) bilan va erkin sirt bilan suyuqlik 
oqimining o„xshashligi Froud mezonsi (Fr) bilan aniqlanadi: 


18 
bunda 
w
- chiziqli oqim tezligi; L - o„lcham; g – erkin tushish tezligi;
- kinematik yopishqoqlik koeffitsienti. 
Oqim jarayonida ikkala mezon ham muhim bo„lgan juda keng 
tarqalgan holatni ko„rib chiqaylik. Modellashtirishda ekzotik yo„llardan 
borish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi - g va 
ning 
o„zgartirishi bir necha martaga. Modelning o„lchamlari asl nusxadan n 
martaga kichik bo„lganda, asl va modeldagi Reynolds mezonining 
tengligi uchun oqim tezligini n barobarga oshirish, Froud mezonining 
tengligi uchun esa tezlikni n/2 marta kamaytirish kerak bo„ladi. Agar 
modelning o„lchami asliga teng bo„lsa, bir vaqtning o„zida ikkala 
shartga ham rioya qilish n = 1 da mumkin. 
1.8-misolda o„xshashlik faqat ikkita mezon bilan aniqlanadi 
(albatta geometrik o„xshashlik ham nazarga olinadi). Ammo kimyoviy 
jarayonlarning aksariyatini sistemalar tashkil qiladi, ularning quyi 
sistemalari bir qancha jarayonlar bo„lib, ularning har biri o„ziga xos 
o„xshashlik shartlarini talab qiladi. Ko„p holatlarda reaksiya murakkab 
va uning har bir bosqichi o„ziga xos tarzda konsentratsiya va 
temperaturaga bog„liq; reaksiyaning borishiga issiqlikning chiqishi (yoki 
yutilishi) va uning tashilishi, moddaning tashilishi va oqim tezligi kuchli 
ta‟sir ko„rsatadi. Faqat yetarli darajada juda oddiy holatlarda, jarayonni 
amalga 
oshirish 
sharoitlarini 
shakllantirish 
mumkin, 
bunda 
masshtablashni amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bu ko„pincha 
aralashtirgichli qurilmalarda juda sekin reaksiyalarni amalga oshirishda 
sodir bo„ladi. Boshqa ko„plab hollarda masshtablashda o„xshashlikka 
erishish mumkin emas. 
Haqiqatan ham, quyidagi sharoitda geometrik jihatdan asl va 
modelga o„xshash kimyoviy reaksiyaning borishini solishtirib ko„raylik: 
reaktorda ekzotermik reaksiya o„tkaziladi, ajraladigan issiqlik tashqi 
sirtdan chiqariladi, bunda konsentratsiya va temperatura reaktorning 
berilgan qismida asl va model uchun bir xil (bu parametrlardagi farqlar 
reaksiyaning 
turli 
bosqichlarida 
turlicha 
ta‟sir ko„rsatadi va 
o„xshashlikni buzmaslik uchun ular bir xil bo„lishi kerak). 
Ushbu sharoitda vaqt birligi ichida chiqarilgan issiqlik miqdori 
reaksiya sodir bo„ladigan hajmga, chiqariladigan issiqlik miqdori issiqlik 


19 
almashgich yuzasiga proporsiognal. Chiqariladigan va ajraladigan 
issiqlik miqdorlari o„rtasidagi nisbat sirt yuzasining hajmga nisbatidan 
aniqlanadi. O„xshash shakllarning sirtlari o„lcham kattaligining 
kattaliklarining kvadratlariga, hajmlari esa kubiklariga proporsional. 
Kvadrat kattalikni kubga bo„lib, solishtirma sirt jismning o„lchamiga 
teskari proporsional ekanligini ko„ramiz. Solishtirma sirt katta o„lchamli 
asl nusxada kichik modelga qaraganda ancha kichik. Modeldagi 
jarayonni amalga oshirayotgandaga asosiy maqsad shundan iboratki, 
reaksiya aralashmasini sovitmasdan turib katta sirtdan juda ko„p 
issiqlikni yo„qotmaslikdir. Asl nusxada esa reaktorni haddan tashqari 
qizib ketmasligidan xavotirda bo„lamiz: katta miqdordagi ajralgan 
issiqlikni chiqarib yuborish uchun kichik solishtirma sirt etarli emas. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish