4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida mini romanlar
yaqin yillarda paydo bo‘lganiga qaramasdan, tanqidchilik hukmidan o‘tib, adabiy
jarayonning to‘laqonli a’zosi, ajralmas bo‘lagiga aylanishga harakat qilmoqda.
Bundan 10-15 yil avval Braziliyalik yozuvchi Paulo Koeloning jahonga mashhur
“Alkimyogar”, “Beshinchi tog‘ ” kabi mo‘jaz romanlari o‘zbek tiliga o‘girilib,
kitobxonlar mehrini qozonganidan keyin birin-ketin o‘zbek
adabiyotida ham
hajman qisqa, ammo olam va odam haqida qamrov ko‘lami keng romanlar paydo
bo‘la boshladi.
Adabiyotshunos olimlar tomonidan sanoqsiz izlanishlar olib borilganiga,
ko‘plab ta’riflar berilganiga qaramay, roman janri haqidagi qarashlar,
ularning
xillari haqidagi fikrlar hamon bir xil emas. Ayrim adabiyotshunos olimlar
romanning yuzaga kelish tarixi haqida fikr yuritib, roman quyi tabaqa vakillarining
estetik ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan, degan mulohazani ilgari suradilar.
Bunday chalkashlik ildizlari, albatta, G‘ arb adabiyotshunoslarining
qarashlariga
borib taqaladi. G‘ arb olimlarining bu chalkash fikrlari keyinchalik rus va boshqa
qardosh xalqlar olimlarining ishlariga ham ko‘chib o‘tgan. Oqibatda
adabiyotshunoslikda romanni eposga qarama-qarshi qo‘yish, romanni quyi omma
talablari va didi asosida yuzaga kelgan badiiy asar deb baholash qat’iy hukmron
fikrga aylandi.
Bu xildagi
tortishuvlar faqat bizda emas, xorij adabiyotshunosligida ham
mavjud. Hanuzgacha roman qanday janr degan savolga javob izlanyapti. Biroq,
aksar javoblarning hech birida bu janrga to‘laqonli ta’rif berilganicha yo‘q.
Hamma tadqiqotchilarning mulohazalarini bir maxrajga keltiradigan bo‘lsak,
ularning fikri shunday: roman o‘ta murakkab, biroq hali to‘la shakllanmagan janr.
Hatto, rus adabiyotshunosi M.M.Baxtin ham romanni «shakllanayotgan, lekin
to‘laligicha shakllanib ulgurmagan» janr, deb tilga oladi. Olim bu fikrlarni roman
5
eng ko‘p yozilgan rus adabiyotining oltin davri tahlilidan kelib chiqib aytganini
nazarda tutsak, masalaning nechog‘ lik murakkabligi yanada yaqqolroq ko‘rinadi.
Darhaqiqat, romanni janr sifatida o‘rganishning o‘ziga
xos qiyinchiliklari
bor. U doimiy rivojlanishda bo‘lgan va hali ham to‘kis tayyor bo‘lmagan yagona
janr. Yanayam aniqroq aytadigan bo‘lsak, roman janrining poydevori qotgani yo‘q
va biz hali uning barcha plastik imkoniyatlarini oldindan bilmaymiz. Qolgan
janrlarni biz janr, ya’ni badiiy asarni quyishning alohida
barqaror shakli sifatida
tayyor holda ilgaridan bilamiz. Misol uchun, qissa, sonet, tragediya kabi janrlarni
biz nafaqat tayyor holda bilamiz, balki anchagina eskirgan janr sifatida qabul
qilamiz. Ulardan har birining adabiyotda real tarixiy kuch sifatida mavjud bo‘lgan
o‘ziga xos qonun-qoidalari turg‘unlashgan. Bu janrlarning barchasi, hech
bo‘lmaganda ularning asosiy unsurlari yozma yodgorliklar va kitobdan ko‘ra ancha
qadimiy, o‘zining azaliy og‘zaki hamda dongdor tabiatini ozmi-ko‘pmi
hozirgi
kungacha saqlab kelmoqda. Yirik janrlardan birgina roman yozma yodgorliklar va
kitobdan yoshroq, faqat ugina ovozsiz o‘zlashtirish, ya’ni o‘qishning yangi
shakllariga organik moslashuvchan. Ammo asosiysi – roman boshqa janrlardagi
kabi qat’iy qoidalardan xoli: romanning janr qonun-qoidalari emas,
uning ayrim
namunalari tarixan ta’sirchan, xolos. Aytish mumkinki, boshqa janrlarni o‘rganish
o‘lik tillarni o‘rganishga o‘xshaydi, romanni o‘rganish esa – tirik, ayni paytda yosh
tillarni o‘rganishga mengzab ketadi.
Roman haqida nazariy fikrlar bildirishning qiyin ekanligi ana shular bilan
izohlanadi. Chunki bu nazariya boshqa janrlarnikidan farq qiladi. Roman – bu
janrlar orasidagi oddiy bir janr emas. U allaqachonlar shakllanib, qisman o‘lik
janrlarga aylanib ulgurgan janrlar orasida yagona
Do'stlaringiz bilan baham: