Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni


Sportdan shikastlanishlar sabablari nimalarga bog‘liq?



Download 1,35 Mb.
bet51/102
Sana09.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#765334
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102
Bog'liq
MAJMUA

Sportdan shikastlanishlar sabablari nimalarga bog‘liq?

  • Mashg‘ulotlarni xavfsiz o‘tkazish uchun nimalarni amalga oshirish kerak?

  • Sportchilarni kurash bilan bog‘liq ajralmas xavflar to‘g‘risida ogohlantirishga nimalar kiradi?

  • Murabbiy sportchilar qoidalarini buzayotganlarini ko‘rganida nima qilishlari kerak?

  • Xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘rish deganda nimani tushunasiz?

  • Sportda atrof-muhit sharoitlari chaqiradigan sog‘liq bilan qanaqa muammolarni bilasiz?

  • Sportdan shikastlanish sabablarining klassifikatsiyasini ta’riflab bering.

  • Kurash mashg‘ulotlari uchun qanaqa sport inventari, uskunalar va jihozlar kerak?

    1. BOB. KURASH MASHG‘ULOTLARIDA O‘Z-O‘Zim HIMOYA QILISH MASHQLARI

    1. Milliy kurash mashg‘ulotlarida o‘z-o‘zini himoya qilish

    mashqlari
    Kurashchi gilamda yiqilgan paytda o‘z-o‘zini himoyalash, hech qanday shikast yetkazmay yiqilishi muhim ahamiyatga ega.
    Har bir kurashchi har qanday holatda to‘g‘ri yiqila bilishi va yiqila turib o‘zini hamda raqibini har xil usullar orqali himoya qila olishi shart, agar himoyalash va himoyalanishni bilmasa usullarni o‘rganish vaqtida o‘ziga yoki raqibiga shikast yetkazishi mumkin. Bular osondan qiyinrog‘iga qarab mashqlar davomida o‘rganilib, takomillashtirilib boriladi9.
    Shu o‘rinda kurashchi yiqilgan paytda, u tezkorlik bilan o‘rnidan turib, yana jangovar holatda turishini birinchi mashg‘ulotdanoq o‘rgatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Tashlash, uloqtirish usuli bajarilganda xavfsiz yiqilish himoyadagi kurashchiga ham, hujumdagi kurashchiga ham muhim hisoblanadi. Yiqilish texnikasini yaxshi takomillashtirmagan kurashchining harakatlari qo‘rquv aralash ehtiyotkorona bo‘lib, uning yetuk kurashchi bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
    Kurashchining yiqilish yo‘nalishlari quyida beriladi: 1) orqaga; 2) yon tomonga; 3) oldinga. Yiqilish texnikasiga doir mashqlarni ma’lum vaqt davomida takrorlab turishi shart. Bu mashqlar organizmni qizitish, o‘zidagi ishonchni oshirish uchun katta ahamiyatga ega.
    Kurashchi gilamda yiqilayotgan paytda, gavdasidan oldin uning qo‘li gilamga urilishi va gavdaga yetadigan zarbani ancha yengillashtirishi shart. Qo‘lning gilamga urilgandagi zarbasi qanchalik tekis bo‘lsa, gavdaga tegadigan zarba shuncha yengil bo‘ladi.
    Oyoqlar va gavda egilgan holda orqaga yiqilish. Bunday paytda bir-ikki kichik qadam orqaga qilinib, shu vaqtni o‘zida oyoqlar egiladi. Bu mashq tez bajarilganda, orqaga umbaloq oshib o‘tirgan holatda muvozanat saqlanib oyoqqa turiladi. Orqaga yiqilishda qo‘l qanday holatda bo‘lishini o‘rganish: gilamga orqa bilan yotiladi, oyoqlar juftlanib yig‘ilib olinadi, iyak ko‘krakka siqib olinadi. Qo‘llarni yuqori ko‘tarib gilamga uriladi. Qo‘llar gilamga urilish paytida oldinga cho‘zilgan, qo‘lning kafti esa pastga qaratilgan, barmoqlar jipslashtirilgan bo‘ladi. Gavda va qo‘l orasidagi burchak 45-50 darajani tashkil qiladi (3-rasm).



    Download 1,35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish