Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni



Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/94
Sana28.10.2022
Hajmi2,8 Mb.
#857898
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
Bog'liq
95fc08e918c3d8f031fad631963f00d9 KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI

Yordamchi jismoniy tayyorgarlik
maxsus harakat malakalarini 
rivojlantirishga qaratilgan katta hajmdagi ishni samarali bajarish uchun 
zarur bo‘lgan maxsus asosni yaratishga mo‘ljallangan. U ancha tor va 
o‘ziga xos yo‘nalishga ega hamda quyidagi vazifalarni hal etadi: 
-asosan kurash uchun ko‘proq xos bo‘lgan sifatlarni rivojlantirish; 
-kurashchi harakatlarida katta darajada ishtirok etuvchi mushak 
guruhlarini tanlab rivojlantirish. 


61 
Yordamchi jismoniy tayyorgarlikning ilg‘or vositalari sifatida 
shunday mashqlar qo‘llaniladiki, ular o‘zining kinematik va dinamik 
tarkibi 
hamda 
asab-mushak 
kuchlanishi 
xususiyatiga 
ko‘ra 
kurashchining musobaqa faoliyatida bajaradigan asosiy harakatlariga 
mosdir. Shunday mashqlar orasida quyidagilarni ajratish mumkin: 
- kurashning turli usullarini ishora orqali bajarish;
- maxsus trenajer moslamalarida bajariladigan mashqlar;
- kurashchilar manekeni bilan mashqlar. 
Kurashchining maxsus jismoniy tayyorgarligi harakatlanish 
sifatlarini kurashchilarning musobaqa faoliyati xususiyatlari tomonidan 
qo‘yiladigan talablarga qat’iy muvofiq holda rivojlantirishga qaratilgan. 
Kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi asosan kurash 
gilamida o‘tkaziladi va harakat malakalari tarkibidagi eng muhim 
harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shuning uchun maxsus 
jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida mumkin bo‘lgan turli 
murakkabliklarni jalb qilgan holda musobaqa mashqlari qo‘llaniladi. 
Bunday murakkablashtirilgan mashqlar kurashchi organizmiga bo‘lgan 
ta’sirni kuchaytiradi. Masalan, og‘irroq vazn toifasidagi sherigini 
tashlash, sheriklarni almashtirgan holda o‘quv-mashg‘ulot bellashuvlari 
bajariladi va h.k. Mana shu hamma mashqlar energiya ta’minotining u 
yoki bu mexanizmlarini rivojlantirish imkonini ta’minlaydi, 
kurashchining mashqlanganligiga kompleks holda ta’sir ko‘rsatadi 
hamda bir vaqtning o‘zida uning jismoniy va texnik-taktik 
tayyorgarligini oshiradi. 
Jismoniy tayyorgarlikning hamma ko‘rsatilgan turlari bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq. Mashg‘ulot jarayonida biron bir jismoniy tayyorgarlik 
turlariga yetarlicha baho bermaslik oxir-oqibat sport mahoratini 
oshishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun mashg‘ulot jarayonida 
ko‘rsatilgan jismoniy tayyorgarlik turlarini optimal nisbatiga rioya qilish 
juda muhimdir. Uning son jihatdan ifodasi doimiy o‘lcham 
hisoblanmaydi, 
balki 
kurashchilar 
malakasi, 
ularning 
alohida 
xususiyatlari, mashg‘ulot jarayoni davri va organizmning shu paytdagi 
holatiga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. 

Download 2,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish