Samarqand davlat universiteti o. E. Toshmurodov, B. B. Kipchakov, A. T. Umarov kurash turlari va uni


Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar



Download 2,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/94
Sana28.10.2022
Hajmi2,8 Mb.
#857898
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
Bog'liq
95fc08e918c3d8f031fad631963f00d9 KURASH TURLARI VA UNI O‘QITISH METODIKASI

 
Mavzuni takomillashtirish uchun savollar va topshiriqlar: 
 
1. Musobaqalar qanday vazifalarni hal etishga yordam beradi? 
2. Kurash musobaqalari o‘zining o‘tkazilishi xususiyatiga ko‘ra 
qanday turlarga ajratiladi? 
3. Kurash musobaqalarining o‘tkazilish usullariga ko‘ra qanday 
turlari mavjud? 
4. Kurash musobaqalarining o‘tkazilishini tartibga soluvchi asosiy 
hujjatlarni aytib, ularga tavsif bering. 
5. Musobaqalarning har xil turlarini sanab bering va tavsiflang. 
6. Musobaqa nizomining asosiy mohiyatini tushuntirib bering. 
7. Hakamlar hayati tarkibini aytib bering. 
8. 
Musobaqalarni 
o‘tkazishda 
hakamlarning 
asosiy 
majburiyatlarini bayon qiling. 
9. Kurash gilami o‘lchamlari va ranglarini izohlang. 
10. Kurashchilar formasi (kiyimi) o‘lchamlari va ranglarini 
izohlang. 
11. Kurashchilarning yosh va vazn toifalarini izohlang. 


144 
X BOB. KURASH MASHG‘ULOTLARIDA 
SHIKASTLANISHNING OLDINI OLISH 
 
Sportdan shikastlanishlar sport turlariga bog‘liq. Kurash sportida 
ko‘pincha lat yeyish, mushaklar va paylarning uzilishi, bo‘g‘imlarning 
cho‘zilishi, suyaklar chiqishi va sinishi uchraydi. 
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, murabbiy shug‘ullanuvchilarning 
dars sharoiti va mashg‘ulot qoidalariga to‘la rioya qilishlarini diqqat 
bilan kuzatib borishlari lozim. Ular mashg‘ulotlar paytida o‘quvchilar 
yo‘l qo‘ygan ayrim kamchilik va xatolarni xolis ko‘rsatishi va tuzatishi, 
bunda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasligi, har bir o‘quvchining 
umumiy qoidalarga, intizomga bo‘ysinishiga erishishi lozim. 
 
10.1. Bino va jihozlar inspeksiyasi (tekshirish) 
Jarohatlanishdan 
qochish 
usullaridan 
biri 
– kurashchilar 
shug‘ullanadigan ekipirovka va snaryadlarni muntazam tekshirish, xavf 
manbayinini yo‘qotish, tuzatishni ilojisi bo‘lmaganlar to‘g‘risida xabar 
berish, zarur bo‘lsa, ta’mirlashni talab qilish. Agar sharoit xavfli bo‘lsa, 
sportchiga ta’qib qilayotgan xavfni kamaytirish usullarini topish, yoki 
xavfsizlik tiklanmaguncha mashg‘ulot yoki musobaqani to‘xtatish zarur. 
Kurashchilar forma (kiyim)lari, mashg‘ulot uchun kurash gilamlari va 
trenajyorlar sifati va holatini doimiy tekshirib turish jarohatlanishni 
oldini olish mumkin. 
Mashg‘ulotlarni xavfsiz o‘tkazish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish kerak: 
-mashg‘ulotlar boshlanishidan ancha oldin kurash zaliga kelish; 
-mashg‘ulotlargacha mashqlar guruhi va vazifalarni topib qo‘yish, 
barcha zarur snaryadlar va jihozlarni tayyorlab qo‘yish; 
-jihozlar xavfsiz joylashganiga ishonch hosil qilish uchun yana bir 
marta tekshirib ko‘rish; 
-kurash gilamlarini, snaryadlarni va yordamchi jihozlarni 
qo‘llanilish xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalarni eslash; 


145 
-kurashchilarga xavfsizlik qoidalariga hamda kurash gilamida 
usullarni bajarish yiqitish va yiqilish texnikasiga nisbatan yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatish va hokazolar. 
Sportchilarni kurash bilan bog‘liq ajralmas xavflar to‘g‘risida 
ogohlantirish kerak, ya’ni kurashni xavfli tomonlarini to‘liq ta’riflab 
berish va har bir sportchi ular to‘g‘risida bilishlari, ularni tushunishlari 
va to‘g‘ri baholashlariga ishonch hosil qilish shart. Dastlabki 
mashg‘ulotdan oldin ota-onalar majlisi o‘tkazib, ota-onalarga va 
kurashchilarga sportda uchrashi mumkin bo‘lgan xavflarini tushuntirish 
eng to‘g‘ri yo‘ldir. 

Download 2,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish