Samarqand davlat universiteti mexanika-matematika fakulteti



Download 0,67 Mb.
bet5/22
Sana12.07.2022
Hajmi0,67 Mb.
#779060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Maktabda geometriya darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalarni qollashning nazariy asoslari

Yangilik ilmiy pedagogik tadqiqotlar hamda ilgʻor pedagogik tajribalar uchun birdek ahamiyatga ega boʻlgan mezon sanaladi. Innovatsion faoliyatni amalga oshirmoqchi boʻlgan oʻqituvchi uchun tavsiya etilayotgan yangilikning mohiyati nimada, uning yangilik darajasi qanday ekanligini aniqlash muhim. Har bir alohida olingan oʻqituvchining psixologik xususiyatlari, xohish-irodasidan kelib chiqqan holda uni innovatsion faoliyatga jalb etish lozim, chunki kim uchundir yangilik
boʻlgan, boshqa birov uchun bunday boʻlmasligi mumkin.
Pedagogik innovatsiyalar samaradorligi mezonlaridan optimallik-ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning natijaga erishishdagi vosita va kuchlari sarfini bildiradi. Ta’lim jarayoniga pedagogik innovatsiyalarni qoʻllash va yuqori natijalarga ershishda eng kam jismoniy, aqliy va vaqt sarfi uning optimalligini bildiradi.
Yangilikning natijaviyligi oʻqituvchi faoliyatida olingan ijobiy natijalarning barqarorligini bildiruvchi, oʻlchashning texnologikligi, natijalarning kuzatuvchanligi va tasdiqlanishi, ularni bayon etish va tushunishdagi yagonalik, shaxsni shakllantirishdagi ta’lim-tarbiyaning yangi usullari va yoʻllarining muhimligini baholashdagi zarur mezondir.
Yangilikni keng tajribada ijodiy qoʻllash imkoniyati-pedagogik innovatsiyalarni baholash mezoni sifatida pedagogik yangilikni texnik ta’minotning murakkabligi yoki oʻqituvchi faoliyatining oʻziga xosligi sababli chegaralangan holda qoʻllanilishining aniq sabablarini oʻrnatish imkoniyatini beradi.
Pedagogik tajribada innovatsiyani ijodiy tatbiq etishning boshlangʻich bosqichi alohida olingan oʻqituvchilar faoliyatida tekshiriladi, tajriba-sinovdan oʻtkazilib, haqqoniy baholangandan soʻng ommaviy qoʻllashga tavsiya etiladi. Pedagogik innovatsiyalarni baholashning yuqorida qayd etilgan me’zolari va ularni qoʻllash koʻnikmalari pedagogik ijod asosini tashkil etadi.
Xorijiy va respublikamiz olimlarining tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bilimdonlik bilan tanlangan yangilik har doim ham oʻqituvchi amaliy faoliyati samaradorligi, oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishi va oʻquv yutuqlarini sezilarli darajada oshiradi. Umuman olganda, ta’lim jarayoniga kiritilayotgan u yoki bu yangilikni ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligi va sifatiga ta’siri haqida zamonaviy ijtimoiy-ta’lim instituti sifatida ta’lim muassasasi samaradorligini baholashning quyidagi mezonlari asosida baho berish mumkin:
-maqsad va natijalarning mosligi;
-tayanch me’yor sifatida bitiruvchilar tomonidan davlat ta’lim standartini oʻzlashirilganlik darajasi;
-ta’lim-tarbiya darajasi va sifati;
-a’lochilar soni;
-turli sabablar bilan oʻqishdan chetlashtirilganlar soni;
-ta’lim muassasasining aholi va pedagogik jamoa orasidagi mavqei;
-uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turiga oʻqishga kirganlar soni;
-bitiruvchilar orasidan yetishib chiqqan mashhur kishilar soni.
Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, pedagogik innovatsiyalarning, odatda, zaruriy kasbiy ekspertiza va tajriba-sinovdan oʻtazilmasligi; ayrim innovatsiyalarni oldindan texnik, tashkiliy, psixologik, shaxsiy tayyorlanmaganligi; ta’lim muassasasida innovatsion muhitning mavjud emasligi koʻp hollarda yangiliklar amalga oshirilmay qolayotganligiga sabab boʻlmoqda. Bundan tashqari, koʻplab oʻqituvchilarning pedagogik innovatsiyalar haqida kam axborotga ega ekanligi, innovatsion jaryonda ishtirok etish va, ayniqsa, uni tashkil etishga metodik tayyorlanmaganligi, ayrim oʻqituvchilarning yangilikka “qarshilik koʻrsatishi” ham pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayonida qoʻllash jadalligini susaytiradi. Bunday vaziyatdan chiqishning yoʻli pedagogika OTMlari ta’lim-tarbiya jarayonida boʻlajak oʻqituvchilarni innovatsion-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini shakllantirishdir

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish