Samarqand davlat universiteti matematika fakulteti «nazariy va amaliy mexanika» kafedrasi



Download 205,5 Kb.
bet7/7
Sana11.01.2022
Hajmi205,5 Kb.
#345355
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nazariy mex Matematika-3 (Ishchi) 2021-22 3ta

JAMI

38

Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad ma’ruza materiallari bo’yicha talaballarning bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. Bunda talaballar misol va masalalar yechishda va yechimlarni tahlil qilishda olgan nazariy bilimlarini qo’llay olishlari nazarda tutiladi.



5-semestrda 30 soat amaliy mashg’ulot



Amaliy mashg’ulot

soat



Qattiq jismning eng oddiy harakatlari. Qattiq jismning qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanishi.

2



Tekis parallel harakat tenglamalari, tezliklar oniy markazi

2



Tekis parallel harakatdagi nuqtanig tezlanishi, tezlanishlar oniy markazi

2



Nuqta murakkab harakati.

2



Murakkab harakatdagi nuqtanig tezligi

2



Murakkab harakatdagi nuqtanig tezlanishi

2



Moddiy nuqta harakatining differensial tenglamalari.

2



Moddiy nuqta harakat miqdorining o‘zgarishi haqida teorema

2



Moddiy nuqta harakat miqdori momentining o‘zgarishi haqida teorema

2



Ish va quvvat

2



Nuqta kinetik energiyasi o’zgarishi haqidagi teorema.

2



Nuqtaning to‘g‘ri chiziqli tebranma harakati

2



Erkin tebranishlar

2



Majburiy tebranishlar.

2



Sistema harakat miqdorining o‘zgarishi haqidagi teorema. Sistema kinetik momentining o‘zgarishi haqidagi teorema

2




Jami

30


5. Mustaqil ishlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soatlar

Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni

“Nazariy mexanika” bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.

Talaballar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar echadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

“Nazariy mexanika” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 3 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.



Kinematika. Kinematika masalasi, harakatning berilish usullari,moddiy nuqtaning tezlik va tezlanishini har xil koordinatalar sistemasida ifodalash, tabiiy uch yoq, tezlik va tezlanish tabiiy koordinatasidagi ifodasi, tezlik va tezlishni qo’rib koordinatalardagi ifodasi, sektorial tezlik, qattiq jism kinematikasi, qattiq jismning ilgarilanma va qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakati, qattiq jismning tekis parallel harakatdagi jism nuqtalarining tezlik va tezlanishlari, qattiq jismning bitta qo’zg’almas nuqta atrofidagi harakati, qattiq jismning murakkab harakati, erkin qattiq jismning harakati, moddiy nuqtaning murakkab harakati, tezlik va tezlanishlarni qo’shish teoremalari.

Nuqta dinamikasi. Dinamika qonunlari, dinamika masalalari, nuqta harakat differensial tenglamalari , dinamika ikkita masalasining yechimi, nuqta dinamikasiningumumiy teoremalari, moddiy nuqtaning bir jismi og’irlik kuchlari maydonidagi harakatlari, moddiy nuqtaning og’irlik va qarshilik kuchlari maydoni harakati, moddiy nuqtaning to’g’riy chiziqli tebranma harakatlari, moddiy nuqtaning markaziy kuchlar ta’sirigi harakatlari, Yer tortish maydonigi harakatlar, Kepler qonunlari, Kepler tenglamalari, ikki jism massalasi, moddiy nuqtaning erksiz harakati, moddiy nuqtaning nisbiy harakati.

Sistema dinamikasi. Asosiy dinamik miqdorlar, sistema harakat differensial tenglamalari sistema dinamikasining umumiy teoremalari, Qattiq jism dinamikasi, massalar geometriyasi, birinchi va sekkinchi darajali momentlar, inersiya momentlari haqida Gyugens-Shteyner teoremasi, inersiya tenzori, inersiya ellipsoidi, qattiq jismning qo’zg’almas o’q atrofidagi harakati, aylanish o’qiga ko’rsatilgan bosimi.
Talaballarning mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi




Mustaqil ta’lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Bajarish muddati

Hajmi (soat)

5-semestr

1

Sirpanishdagi ishqalanish. Dumalashdagi ishqalanish.


Adabiyotlardan konspekt qilish. Internet tarmog’i-dan ma’lumotlar olish.

Sentabr

12


2

O’zgaruvchan massali nuqtaning harakat differensial tenglamalari. Meshcherskiy tenglamalari. Siolkovskiy tadqiqotlari.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Internet tarmog’i-dan ma’lumotlar olish.

Oktabr

1 va 2- haftasi



12


3

Yer sirtiga yaqin joyda nisbiy muvozanat. Erkin tushayot-gan jismlarning sharqqa og’ishi. Yer sirti bo’ylab harakatga yer aylanishining ta’siri. Fuko mayatnigi.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Internet tarmog’i-dan ma’lumotlar olish.

Oktabr

3 va 4 - haftasi



12

4

Markaziy kuch ta’siridagi nuqta harakati differensial tenglamalari. Bine formulasi.

Adabiyotlardan konspekt qilish. Internet tarmog’i-dan ma’lumotlar olish.

Noyabr

1 va 2- haftasi



12

5

Planetalar harakati. Kepler qonunlari. Butun olam tortilish qonuni. Ikki jism chegaralangan masalasining yechmi

Adabiyotlardan konspekt qilish. Internet tarmog’i-dan ma’lumotlar olish.

Noyabr

2 va 4- haftasi



12

Jami

60

Dasturning informatsion uslubiy ta’minoti

Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash zarur. Deyarli barcha mavzular kompyuterdan foydalanib o’tilishi lozim. Dars zamonaviy kompyuter texnologiyalari taqdimot va multimediya vositalaridan foydalanilgan holda o’tiladi. Amaliy mashg’ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari o’tkazish va yakka tartibda pedagogik texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.



Reyting jadvali


Nazorat turi

ON №1

YaN

O‘tkazilish vaqti

14-15- hafta

18-19-hafta

Nazorat Shakli

Yozma

(3 tadan nazariy va 2 tadan amaliy topshiriq beriladi)



Yozma

(3 tadan nazariy va 2 tadan amaliy topshiriq beriladi)


*Izoh. Nazoratlardagi har bir savol va topshiriqlar quyidagi baholash mezonlari bo‘yicha baholanadi.

Oraliq baholash yozma ravishda o‘tkazilganda talabaga 5 ta misol va masalalar beriladi. Har bir misol va masalalar 5 lik baholash mezoni bo‘yicha baholanib, yakuniy baho o‘rta arifmetik bo‘yicha hisoblanadi.

Yakuniy baholash yozma-og‘zaki o‘tkazilganda talabaga uchta nazariy, ikkita amaliy topshiriqlardan iborat bilet beriladi. Ushbu topshiriqlar bo‘yicha savol-javob qilinib, yakuniy baho o‘rta arifmetik bo‘yicha hisoblanadi.



Talabalar bilimini baholash mezonlari

a) “5” (a’lo) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:



  • Xulosa va qaror qabul qilish;

  • Ijodiy fikrlay olish;

  • Mustaqil mushohada yurita olish;

  • Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

  • Mohiyatini tushunish;

  • Bilish, aytib berish;

  • Tasavvurga ega bo‘lish;

b) “4” (yaxshi) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • Mustaqil mushohada yurita olish;

  • Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish;

  • Mohiyatini tushunish;

  • Bilish, aytib berish;

  • Tasavvurga ega bo‘lish;

v) “3”(qoniqarli) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • Mohiyatini tushunish;

  • Bilish, aytib berish;

  • Tasavvurga ega bo‘lish;

g) talabaning bilim darajasi “2” (qoniqarsiz) deb quyidagi xollarda baholanadi:

  • Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik;

  • Javoblarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganlik;

  • Bilmaslik.

O’quv uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim resurslari ro’yxati.

Asosiy adabiyotlar

  1. Rashidov T.R., Shoziyotov Sh., Muminov K.B. Nazariy mexanika asoslari. – T.: 1990 y.

  2. N.N.Buxgols. Osnovnoy kurs teoreticheskoy mexaniki. –M.: «Nauka», I.II. chasti, 1976 g.

  3. To’rayev X.T., Tilavov A. Nazariy mexanika. – Samarqand -2006 y.

  4. M.Mirsaidov va b. Nazariy mexanika. Toshkent. Fan. – 2010 y.

  5. To’rayev X.T., Tilavov A., Buranov X. Nazariy mexanika. Nuqta dinamikasi. – Samarqand -2011 y.

  6. Yablonskiy A.A. Sbornik kursovix rabot po teoreticheskoy mexanike. –M.: «Nauka» 1985 g.

  7. Butenin N.V., Luns Ya.P., Merkin D.R. Kurs teoreticheskoy mexaniki. – M.: «Nauka», 1985 g.

  8. Urazboyev M.T., Nazariy mexanika asosiy kursi. - T.: «O’qituvchi» 1961 y.

  9. Shohaydarova P. va b. Nazariy mexanika. – T.: 1990 y.

  10. Meshcherskiy I.V. Nazariy mexanikadan masalalar to’plami. –T.: «O’qituvchi» 1985 y.

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Yaxyoyev M.S., Muminov K.B. Nazariy mexanika. –T.: «O’qituvchi» 1990 y.

  2. Nikitin N.N. Kurs teoreticheskoy mexaniki. –M.: «Nauka» 1990g.

  3. Markeyev A.P. Teoreticheskaya mexanika. –M.: «Nauka», 1990 g.

Didaktiv vositalar. - darslik kitoblar, ma’ruzalar matni, uslubiy qo’llanma va doskada ishlash.

Internet saytlari

  1. http://www.edu.ru va http://www.edu.uz – ta’lim saytlari.

  2. http://www.eqworld.ru – adabiyotlarning elektron varianti.

  3. http://ru.wikipedia.org – erkin ensiklopediya «Vikipediya».

  4. http://www.prepodu.net – adabiyotlarning elektron varianti.

  5. http://www.twirpx.com – adabiyotlarning elektron varianti.

  6. http://www.ziyonet.uz - adabiyotlarning elektron variantlari

  7. http://www.referat.ru - referat va elektron darsliklar

Download 205,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish