Murzilki
"Bu, chunki ularning
jigarrang Soch rangi (jigarrang nechosanymi soch va yorqin ko'k ko'zlari bilan eng tez oila
Uylar, kichik erkaklar, 90 santimetr ortishi, va, deyiladi - Bu kanadalik rassom Palmer Cox
kek chizmalari bir qator yaratgan 1879 yilda boshladi brownie "). Ushbu jonzotlar kechasi
kelib, xizmatchilarga vaqt topa olmagan. Ular Amerikada, keyin butun dunyoda birinchi
marotaba g'alaba marosimini boshladilar. Rossiyadagi mashhur yozuvchi Anna Xvolsonning
aytishicha, ular Koxning matnlarini bepul tarjima qilib, belgilarni boshqa nomlar bilan
atashardi. Shunday qilib Murzilka nomi tug'ildi.
Hozirgi zamon rus bolalar adabiyotida
Samuil Yakovlevich Marshakning roli katta. U rus bolalar adabiyotida kichkintoylar uchun
katta she’riyat yaratib bergan ulkan san’atkor, taniqli tarjimon, yetuk dramaturg, mohir
pedagog va bilimdon muharrirdir.
121
S. Marshak 1887 yilda Voronej shahrida tish texnigi oilasida tug‘ildi. Bo‘lajak san’atkorda
shoirlik iste’dodi juda erta uyg‘ondi. “To‘rt-besh yoshlarimda, – deb eslaydi shoir, – she’rlar
yoza boshladim. O‘n bir yoshlarimda, bir qancha poemalar yaratdim. Goratsiyning
“Odamlar”ini tarjima qildim”.S. Marshak 1897-yilda Ostrogoj gimnaziyasiga o‘qishga
kiradi. Bu yerda bo‘lajak shoir o‘z zamonasining yetuk san’atkorlari bilan yaqindan
tanishadi. Marshakning ijodiy faoliyati shu yerda chechak otadi. 1906 yildan boshlab
feletonlari, she’r hamda tarjimalari bilan matbuotda chiqa boshlaydi.S. Marshak 1912 yilda
Angliyaga jo‘naydi. London universitetining san’at fakultetiga o‘qishga kiradi. Ta’til kunlari
u mamlakatning diqqatga sazovor joylarini yayov kezib tomosha qiladi: baliqchilar bilan
dengizda sayr qiladi, qishloq maktablarida bo‘ladi. Ingliz xalq qo‘shiqlarini, ertaklarini sevib
tinglaydi. Bu yerda Marshak V. Bleyk, Robindranat Tagor va boshqalarning she’r va
poemalarini ingliz tilidan tarjima qiladi.1914-yilda Rossiyaga qaytib kelgan Marshakning
hayoti bolalar olami bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. U 1915–22 yillarda bolalar
uylarida tarbiyachi, o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Bu Marshakning bolalar shoiri bo‘lib kamol
topishida katta rol o‘ynaydi.S. Marshak 20 yillarda o‘zining she’r, ertak va poemalari bilan
yosh kitobxonlarning sevimli shoiri sifatida tanildi. “Qayerda ovqatlanding, ey chumchuq”,
“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”, “Kecha va bugun”, “Sirk” va boshqa shu kabi mashhur
asarlari o‘sha yillarda maydonga kelgan edi.1939 yilda Marshakning “Petya nimadan
qo‘rqar edi?”, “Korablcha” singari mashhur she’rlari bosilib chiqdi.Ikkinchi jahon urushi
davrida shoir ijodining asosiy qismini urush, bosqinchilarga qarshi kurash mavzusi tashkil
etdi. Ayniqsa, 1943 yilda yaratilgan “O‘n ikki oy” nomli ertakdramasi tez orada millionlab
yosh kitobxonlar orasida mashhur bo‘lib ketdi.“Har qanday bolalar adabiyotida ikki yosh
mavjud bo‘ladi, u olamga bolalar nigohi bilan qaraydi, ammo uni kattalardek idrok qiladi,
aql-tajribasiga suyanib ish ko‘radi,” – degan shoir bir umr bolalarni sevdi, ular uchun
g‘oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratish uchun tinmay ijodiy ish olib bordi.S. Marshakning
nomini olamga yoygan, bolalar shoiri sifatida tanitgan she’rlaridan biri “Ahmoq sichqoncha
haqida ertak”dir.Bu ertakda shoir bolalar hayoti va xarakteriga mos bo‘lgan qiziqarli sujet
topa olgan. Kimki o‘ziga ortiqcha oro bersa, oqibatini o‘ylamay ko‘r-ko‘rona ish tutsa,
o‘zidan kattalarning pand-nasihatiga amal qilmasa, hayotda ko‘p narsa yutqazadi, o‘z baxtini
qo‘ldan boy beradi, degan fikr ertakning asosiy g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
Kichkintoylarning otaxon shoiri S. Marshak bu asarda turli hayvon va jonivorlar misolida
ularning yashash sharoitlari, tovushlari, qolaversa yemak ovqatlari bilan ham yosh
kitobxonlarni oshna qiladi.S. Marshak “Yong‘in”, “Pochta”, “Musobaqalar doskasi” asarlari
bilan ham rus bolalar adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi.S. Marshak yaratgan juda
ko‘p qahramonlarni o‘zi shaxsan tanigan, bilgan yoki eshitgan bo‘ladi, ba’zan esa gazeta
materiallari asosida yaratadi. Binobarin, bu qahramonlarning, albatta, hayotiy prototipi
mavjud. Jumladan, student V. Burskiy (“Noma’lum qahramon haqida qissa”), Igor Chkalov
(“Qahramonning o‘g‘li”), Katya Budanova (“Katya Budanova”), Seryoja Smirnov (“Sizning
kitobingizni qanday nashr qiladilar?”) va boshqalar shunday qahramonlar sirasiga kiradi.
Shoir “Noma’lum qahramon haqida qissa” poemasida oddiygina hayotiy bir voqeani aks
ettirish bilan 30 yillar rus bolalar dostonchiligida ijobiy qahramon qiyofasini yaratish
yo‘llarini ko‘rsatib berdi.S. Marshak Rossiyada hayot kechirayotgan har bir kishi bir-biriga
mehribon, jonkuyar, shuningdek, vaqti kelganda mardlik, jasorat ko‘rsatishga tayyor
ekanliklarini, ayni paytda oddiy, kamtarin, o‘zlarining qo‘lga kiritgan ulkan
muvaffaqiyatlari, erishgan jasoratlari bilan kerilmasliklarini, manmanlikka berilmasliklarini,
oddiy hayotiy detal – o‘t ichida qolgan bir qizchaning hayotini saqlab qolgan bola misolida
tasvir etadi. Bola, mana, ko‘rib qo‘yinglar, men jasorat ko‘rsatdim, deya ko‘kragiga urib
maqtanish o‘rniga, tezgina odamlar orasiga kirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Bu qahramonni
keyinchalik barcha qidiradi. Lekin hech kim topa olmaydi.Hozir ham o‘quvchilar o‘rtasida
maktab jihozlarini asrabavaylab tutmaydiganlari topilib turadi. Bunday bolalarga shoir
o‘zining “Stol kelgan qayerdan?” degan she’rida maktab jihozlari o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib
122
qolmaganligini, buning uchun kattalarning qanchadan qancha vaqtlari, mehnatlari sarf
etilganligini tushuntirib beradi.“Marshak bizning bolalar adabiyotimizning asoschisi va
bilimdoni,” – deb yozgan edi M. Gorkiy. Bunday yuksak maqtovga S. Marshak halol
mehnati, kichkintoylarni astoydil sevishi, ardoqlashi sababli erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |