Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Nikolay Alekseyevich Nekrasov
Peterburg] - rus shoiri. Yaroslavl gimnaziyasida taʼlim 
olgan (1832—37), Peterburg universitetida erkin tinglovchi boʻlgan (1839— 40). "Orzular va 
sadolar" (1840) nomli ilk sheʼrlar kitobi tanqidchilar tomonidan takdidiy sheʼrlardan iborat 
toʻplam sifatida baxrlangan. 1841 yilda "Literaturnaya gazeta" va "Otechestvennie zapiski" 
jurnali bilan hamkorlik qilib, ularda hikoya va qissalardan tashqari tanqidiy maqolalar ham 
eʼlon qilgan. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning "Vatan", "Yoʻlda" (1845) sheʼrlari va 
"Ayoz" dos-toni (1863) da boylar va kambagʻal deh-qonlar hayoti aks etgan.V. G. Belinskiy 
va uning maslakdosh doʻstlari Nikolay Alekseyevich Nekrasovning dunyoqarashida 
xalqparvarlik qarashlarining paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. Bu hol Nikolay 
Alekseyevich Nekrasovning "Sovremennik" jur. noshiri va muharriri boʻlgan vaqtda (1847—
66), ayniq-sa, yorqin namoyon boʻlib, mazkur jur. inqilobiy-demokratik tafakkur minbariga 
aylandi. N.ning shu davrda yaratgan sheʼrlarida xalqning ogʻir turmushi manzaralari, 
ziyolilarning ruhiy qayotidagi charchokdik ohanglari oʻz ifodasini topdi. "Sheʼrlar" toʻplami 
nashr qilingan (1856). Qishloq mavzuidagi "Oʻy", "Kalistrat" sheʼrlari, "Dehqon bolalari" 
(1861), "Gazlamafurushlar" (1861) dostonlarida shoirning rus dehqoniga muhabbati aks 
etgan.N. hayotining soʻnggi oʻn yili "Otechestvennie zapiski" jur. bilan bogʻliq. Nikolay 
Alekseyevich Nekrasovning shu davrda "Rusiyada kim yaxshi yashaydi" (1866—76) dostoni 
ustida ishladi, dekabristlar va ularning xotinlari toʻgʻrisida dostonlar yezdi ("Bobo", 1870, 
"Rus ayollari", 1871—72). N.ning soʻnggi sheʼrlarida doʻst-yorlarining olamdan oʻtishi, rus 
jamiyatidagi tanazzul va oʻzining ogʻir xastalikka yoʻliqqanligi bilan bogʻliq mungli ohanglar 
ustuvorlik qiladi. Ammo shu bilan birga uning ayrim sheʼrlarida Rossiyaning kelajagiga umid 
tuygʻulari ham yoʻq emas. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning ijodida rus ozodlik 
harakatining V. G. Belinskiy, A. I. Gersen nomlari bilan bogʻliq inqilobiy-demokratik 
bosqichi oʻz tajassumini topdi. Xalqning mushkul ahvoli, uning ham ijtimoiy tuzum, ham 
shafqatsiz mulkdorlar tomonidan ezilib, kaddi dol boʻlgani tas-viri Nikolay Alekseyevich 


111 
Nekrasovning butun ijodi osha "kizil ip" boʻlib oʻtadi. Uning lirik qahramoni xalqning 
ayanchli ahvolda turmush kechirayotganini koʻrib iztirob chekadi, bu xalqni baxtsaodat 
manzillariga olib borishga, milliy taraqqiyot dovonlari sari yetaklashga ojizlik kilishini se-zib, 
yanada eziladi. Lirik qahramon kechinmalaridagi ana shu ojizlik ohangi shoirning xastaligi 
ogʻirlashgan sayin tobora kuchayib borgan. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning rus mumtoz 
sheʼriyatining boshqa buyuk namoyandalaridan birinchi navbatda xalqchilligi, ijodida 
xalqning umumlashgan obrazi ustuvorlik kilishi bilan farqlanadi. U xalq deganda dastavval 
mulkdorlar zulmi tufayli xorzor yashayotgan mujiklarni nazarda tutadi, ular hayotining 
noxush man-zaralarini tasvirlaydi. Ammo shu bilan birga 19-asr oʻrtalarida shakllana 
boshlagan ilgʻor rus ziyolilarining ijtimoiy qarashlarini ham asarlariga singdirishga, bu 
ziyolilarni shu xalqning kamchil, ammo peshqadam qismi ekanligini koʻrsatishga 
urinadi.Sovet davrida Nikolay Alekseyevich Nekrasovning ijodida, bir tomondan, 19-asrdagi 
rus jamiyati hayotidagi salbiy tamoyillar —"turmush prozasi" tasviri ustuvorlik qilgani
ikkinchi tomondan, dekabristlar va ular xotinlarining obrazi katta mexr bilan yaratilgani 
uchun shoir hayoti va ijodiy faoliyatini oʻrganishga alohida eʼtibor berildi. Ayni paytda na-
faqat rus, balki qardosh xalqlar sheʼriyatida ham Nikolay Alekseyevich Nekrasovning 
anʼanalarining davom ettirilishi va rivojlantirilishi talab etildi. Oʻzbek shoirlari shunday 
sharoitda Nikolay Alekseyevich Nekrasovning ijodiga xos faqat bir fazilat — xalqchillikdan 
ibrat olishga harakat qildilar. Nikolay Alekseyevich Nekrasovning asarlarining oʻzbek tiliga 
asosiy tarjimoni Mir-temir shu masalada rus shoiri anʼanalarini rivojlantirib, oʻzbek 
sheʼriyatining milliy oʻziga xosligini taʼminlashga ulkan hissa qoʻshdi. Nikolay Alekseyevich 
Nekrasovning asarlari oʻzbek tiliga Mirtemir, Zulfiya va boshqa shoirlar tomonidan tarjima 
qilingan
.
Taniqli rus shoiri Nikolay Alekseevich Nekrasovning bolalik yillari Volga bo‘ylarida – o‘zi 
tug‘ilib o‘sgan joylarda o‘tgan edi. Shoirning yoshlik tarbiyasida oqila onasining roli katta 
bo‘lgan. Shu bois u keyinchalik “Ona” poemasini onasiga bag‘ishlab yozgan edi. O‘g‘lining 
dehqon bolalari bilan o‘ynashi, yayrab yurishini xohlagan ona – Yelena Andreevna bo‘lajak 
shoirning xalqparvarlik ruhida tarbiyalanib o‘sishiga munosib hissa qo‘shgan edi. 
Bugina emas, Nekrasovning enagasi ham hayot va xalq ijodi ruhi bilan sug‘orilgan ajoyib 
ertaklar aytib, bo‘lajak shoir xayolotini qanoatlantirar edi. Shu-shu Nekrasov ertaklarni 
juda sevib qoldi. O‘z Vatanining dala va o‘rmonlariga, qor va sovuqlariga, bahorgi “yashil 
shovqiniga” muhabbat bog‘ladi. 
Nekrasov dehqon bolalari bilan hamisha hamnafas bo‘lganligi uchun dovyurak, botir va 
jasoratli bola bo‘lib o‘sdi. Bo‘lajak shoir 10 yoshga to‘lganda uni Yaroslavl gimnaziyasiga 
o‘qishga berishadi. O‘qituvchilar bilimga havasmand, iste’dodli bolaga durust saboq bera 
olmadilar. Natijada u gimnaziyani tashlab, mustaqil o‘qishga berilib ketadi. Otasi uning 
ofitser bo‘lib yetishishini istar edi. Shuning uchun ham uni Peterburgdagi kadetlar korpusiga 
o‘qishga yuboradi. Lekin ilm-fan cho‘qqilarini egallashga intilgani tufayli Peterburg 
universitetiga o‘qishga kiradi. Ammo otasi o‘g‘lining o‘zboshimchaligidan tajang bo‘lib, 
moddiy yordam bermay qo‘yadi. Biroq maqsad yo‘lida sobitqadam Nekrasov moddiy 
mahrumliklar sharoitida yashash va olg‘a harakat qilishga intiladi. Ana shu yillarda oddiy 
odamlar turmushi og‘ir ekanligini sezadi va umrining oxirigacha ular haqida to‘lib-toshib 
kuylaydi.Nekrasov dehqonlar to‘g‘risida, ayniqsa, ko‘p she’rlar yozadi. Bu she’rlarni o‘qir 
ekansiz, go‘yo dehqonlarning o‘zlari o‘z og‘ir mehnatlari va qayg‘u-alamlari haqida so‘zlab 
berayotganday tuyuladi. Nekrasov ularning hayotini shunchalik yaxshi bilar, ularni o‘ziga 
shunchalik yaqin tutardi. Nekrasovning she’rlari go‘zal, ohangdor, juda boy va ayni 
zamonda juda sodda tilda yozilgan edi. Bu tilni u Yaroslavl gubernasidagi qishloqda 


112 
o‘tkazgan bolalik yillarida o‘rgangan edi. U dehqonlar tilini juda yaxshi bilardi, bu uning 
she’rlarida ham shunday oddiy, tabiiy va ravon jaranglaydi. Biz uning: 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish