badiiy obrazning ham, voqelikning ham aniq-tiniqligi, ko`rimliligi.
Bu xususiyat
bolalar tafakkurining predmetliligi, aniqligi va ko`rimlilikka asoslanishi natijasidir.
K.Chukovskiyning «Ikkidan beshgacha» kitobida keltirilgan tubandagi misol,jumladan,
xarakterlidir: Dashtni ilk bor ko`rgan bola uning qanday atalishini so`rasa, otasi «pusto`nya»
deb javob beribdi. «Hech vaqosiz, ship-shiydon maydon» ma`nosidagi bu tushunchani bola
idrok qilolmabdi. Chunki bu mavhum tushuncha bo`lganligidan bola uni anglashga qodir
emasdi. Har qanday mavhumlik bola idrokiga, tasavvuriga sig`maydigan hodisadir. Buning
ustiga otasi dasht deb atagan maydon har xil o`simliklar bilan qoplangan, ularning butalari
yo erga yopishgan, yo erdan tikkasiga ko`tarilgan. Bola ularni ko`rib turibdi, shu zahotiyoq
o`z tushunchasiga moslashtirib, analogiya usulida o`zicha so`z yasab, ko`rib turgan
maydonini «kusto`nya»-«butazor», deb atabdi. Bola fikrlashiga xos bunday aniqlik va
predmetlilik badiiy obrazning ham aniqligini, predmetlilik asosida ko`rimli va ko`zda
chalinarli bo`lishini taqozo etadi. K. Chukovskiy e`tirof etganidek, bolalar uchun yozilgan
har bir satr mazmuni asosida rasm chizish mumkin bo`lmog`i shart. G‘afur G‘ulomning
«O‘ylashni o`rganamiz» she`rida eng mavhum hodisa ham o`yin shaklida o`ziga xos
ko`rimlilik kasb etgan, shu vajdan bu she`r har bir kichkintoyni zavqlantira oladi, eng
muhimi,
tushunarlidir.
S.Jo`ra,
Q.Muhammadiy,
A.Muxtor,
Sh.Sa`dulla,H.Nazir,
X.To`xtaboev, T.Adashboev, S.Barnoev, M.A`zam, A.Obidjon va boshqalarning bolalarga
atagan aksariyat asarlari ana shunday fazilatga ega.
b
)Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi
.
V.G.Belinskiy bolalar
adabiyotining asosiy xususiyati-uning emotsionalligi, deb ko`rsatib, bolalar kitobi «samimiy
hislarga to`lib-toshmog`i» lozimligini qayta-qayta ta`kidlagan edi. Hissiyotning samimiyligi
faqat lirika uchungina emas, balki yumorga ham xos fazilatdir. Zotan, «quvnoq yumor»,
«beozor yumor» iboralari zamirida yumorga xos samimiyat tuyg`usi zuhur topgandir.
N.G.Chernishevskiy ana shularni hisobga olib, bolalarga mo`ljallangan badiiy asarda «O,
qanday dahshat?!» yoki «Bay-bay, muncha yaxshi!» YOinki, «Ey, muncha kulgili!?»
kayfiyatlarini qo`zg`ovchilik alomatlari bo`lmasa, yosh kitobxonlarni to`lqinlantira olmaydi,
deb hisoblar edi. Ruhshunos olimlar o`tkazgan tajribalar ham bugungi kunda bolalar
xotirasida lirik ko`tarinkilik yoki quvnoq yumorga sug`orilgan holda tasvirlangan voqealar
mustahkam muhrlanishini, uzoqroq yashay olishini tasdiqladi. Zotan,hikoya qilishda lirizm
qancha chuqur yoki yumor qancha yorqin va quvnoq bo`lsa, estetik ta`sirchanligi,
hayajonbaxshligi ham shuncha chuqur va samimiy bo`ladi. G‘. G‘ulomning «Shum bola»
asarini kulmay turib, o`qib bo`lmasligi siri shundadir. H.Nazirning «Yonar daryo»,
X.To`xtaboevning «Besh bolalik yigitcha» asarlarida lirik mayl ustun bo`lsa, «Sariq devni
minib» va «Sariq devning o`limi» dilogiyasida, «Sehrgarlar jangi, yoxud, «shirin qovunlar
mamlakati» romanida, shuningdek, Anvar Obidjonning quvnoq she`rlari, qissalari va
pesalarida yumoristik ruhning ustuvorligi sezilarlidir.
v)
Do'stlaringiz bilan baham: |