Aforizm
–(yun. ta’rif, ixcham ifoda) – muallifi ma’lum bo‘lgan, ixcham
shaklda va ta’sirli ifoda etilgan umumlashma fikr.
Badiiy tahlil
– (ar. tekshirish, hal qilish) – adabiy asarning mazmun
mohiyatini idrok etish, uning yaxlit estetik hodisa sifatidagi mavjudliginiturli
aspektlarda o‘rganib, o‘ziga xosligini ochib berish va qimmatini belgilashga
qaratilgan hissiy-intelektual faoliyat.
Badiiy to‘qima
– (ruscha kalka-xud.vim.)– yozuvchining ijodiy tasavvur
va taxayyuli mahsuli, voqelikda real asosi yoki to‘liq o‘xshashi mavjud
bo‘lmagan badiiy obrazlar, hayotiy holatlar, voqealar yaratishda namoyon
bo‘luvchi bad. Ijodning muhim komponenti.
Band –
she’rning ritmik ritmik – intonatsion va mazmuniy jihatdan nisbiy
mustaqillikka ega bo‘lagi.
Gimn –
(yun. madhiya) –qadimgi yunon adabiyotida ilohlarni ulug‘lash,
maqtash uchun kuylangan qo‘shiq. Mas. yunonlar Appolonni madh etgan.
Keyinchalik tarixiy voqealar, qahramonlar madhetiluvchi tantanovar qo‘shiqlar
ham gimn deb yuritilgan.
Mazmunan dasturiy xarakterdagi she’r asosidagi tantanovar qo‘shiq,
muayyan ijtimoiy harakat, uyushma, davlat va shu kabilarning atributlaridan
biri, madhiyasi.
Detektiv adabiyot
– ( yun. izquvar ) –sarguzasht adabiyotining bir
tarmog‘I, sujeti asosida sirli jinoyatlarni ochish bilan bog‘liq voqealar yotuvchi
asarlarning umumiy nomi.
Didaktik adabiyot
–(yun. o‘rgatuvchi, ta’limiy) – muayyan ta’limiy,
tarbiyaviy maqsadlarda yaratilgan adabiy asarlarning umumiy nomi. Mas.
sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Kaykovusning “Qobusnoma” asari.
Improvizatsiya
–(lot. kutilmagan, birdan)–badiiy ijodning alohida bir
ko‘rinishi bo‘lib, bunda asar bevosita ijro jarayonida yaratiladi.
I
nterpretatsiya
– (lot. tushuntirmoq) – talqin;adabiy asar mazmunini
idrok qilish, uning mazmuni, badiiy konsepsiyasini anglash, tushunish.
Insenirovka
– (lot. sahna) – aslida sahnaga mo‘ljallab yozilmagan
asarlarni (ko‘proq, epic asarlarni) sahnalashtirish uchun qayta ishlash. I.
sahnalashtirilishi mo‘ljallangan asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini qayta
yaratishni taqozo etadi.
Intonatsiya –
(lot.-kuchli talaffuz etaman) – jonli nutqning ifodaviyligini
ta’minlovchi asosiy omil, tipning fonetik vositalari ( tovush toni, talaffuz
tempi, tembr, pauzalar, melodika, mantiqiy va so‘z urg‘ulari) majmui. U estetik
emotsional ta’sir o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega.
Remarka
– (fr. - izoh) – dramatik asarlarda muallif tomonidan sahna
voqeasining boshlanishi oldidan beriluvchi yoki uning kechishi davomida qavs
ichida berib boriluvchi izohlar. Remarka parda yoki ko‘rinish oldidan berilgan
hollarda vopqea kechayotgan joy, vaqt, ishtirok etuvchilar va sh.k.lar haqidagi
zarur ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
183
Epigraf
–(yun. – bitik.sarlavha) – asarning boshlanishida sarlavhadan
keyinoq yoki uning bo‘lim (bob.fasl)lari boshida keltiririluvchi qisqa, odatda,
e’tiborli manbalardan (xalq ijodi, mashhur kishilarningpurhikmat so‘zlari va
sh.k) olingan ko‘chirma, sitataning bir ko‘rinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |