Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga oid kitoblarning xususiyatlari.
Bola yetti
yoshga to`lguniga qadar atrofdagiyangiliklarni tez ilg`aydigan bo`lib o`sa baradi. Bu
jarayonni bolaning kelajakka tayyorlanishi tarzida tushunish kamlik qiladi, albatta. Negaki,
inson shaxsiyatidagi barcha ijobiy va salbiy xususiyatlar xuddi shu davrda shakllana
boshlaydi, xarakteriga singa baradi. «Axir men hozir nimalarda yashayotganimni o`shanda
kashf qilmaganmidim?,-deya xotirlagandi Lev Tolstoy yetmish yillik umriga sarhisob qila
turib.-Shuncha ko`p, shuncha tez kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan
butun umrim davomida kashf eta oldimmi? Aslo! Besh yashar boladan mengacha-faqat bir
qadam, yangi tug`ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha-dahshatli masofa!» Chindan-da,
chaqaloq besh yoshga to`lguniga qadar til chiqaradi, ongi kurtak yoza boshlaydi, tuyg`ulari
shakllanish jarayoniga kiradi, oyoq chiqarib mustaqil yura boshlaydi-keyingi butun umri
davomida, asosan, shu jarayonlar takomillashadi. Shuning uchun bolalarni juda
kichkinaliklaridanoq, so`z san`ati sehrida tarbiyalash beqiyos ijtimoiy-estetik qimmatga
molik. Bu xalqning asriy tajribasida sinalgan haqiqatdir. Xalq ijodiyotidagi erkalash
motivlariga limmo-lim aytim-olqishlar, allalar, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar,
qaytarmachoqlar, ermaklar asrlar davomida ana shunday vazifani ado etib kelayotgani
barchaga ayon. Ularda xalqimizning bolalarparvarlik mehri tovlanib turadi, murg`akkina
jonlarni so`z ohanglarida ardoqlash an`analari yorqin namoyon bo`lgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar hali kitob o`qiy olmaydi, ular uchun olam noma`lumlik
sirlarini bilishga, o`zlashtirishga intilish, qiziqish kuchli bo`ladi. Yozuvchining vazifasi
uning xuddi shu intilishini hisobga olib, qiziqishini alangalatishga qaratilgan holda ish
tutishdan iborat. Bunda u maktabgacha yoshdagi kichkintoy tabiatiga xos taqlidchilik
xususiyatini ko`zda tutib, hayotdagi xarakterli voqea va hodisalarni uning tasavvuriga mos
badiiy obrazlarda ifodalovchi asarlar yaratmog`i lozim.
Ma`lumki, maktabgacha yoshdagi kichkintoylar tevarak-atrofidagi har bir narsaga taqlid
qilishdan charchashmaydi. Ular taqlidchilik vositasida hayotni o`zlashtiradilar. Shu boisdan
ularga atalgan asarlarning personajlari-hayvonlar, qushlar, hasharotlar, o`simliklar va boshqa
narsalar bo`lishsa-da, odamlarga taqlidiy sifatlarga ega: Odamlarday gapirishadi, fikr
yuritishadi. Shu taqlidda ularning har biri o`z xislatlari xususidagi oddiy ma`lumotlar bilan
kichkintoylarning intellektual dunyosiga aylanadi, ularda hayotga qarashning o`ziga xos
kurtaklari vazifasini o`tashga kirishadi.
Bunday intilish zamirida kichkintoy nutqida o`zgacha emotsionallashuv jarayoni sezila
boshlanadi. Bolalardagi bunday insoniy sezgirlikdan hayratlangan L.Tolstoy ayrim noshud
yozuvchilarning tildagi no`noqliklariga ta`na qilib: «Bola so`z yasash qonunlarini sizdan
ko`ra yaxshiroq anglaydi, chunki hech kim uningchalik tezlik bilan yangi so`z yasay
olmaydi,» –degan edi. Bolalar tilini uzoq kuzatgan K.Chukovskiy ham bu fikrni tasdiqlaydi:
«Ikki yoshidan boshlab har qanday bola qisqa muddat ichida «daho tilchi» darajasiga
ko`tariladi,» - deya e`tirof etgan edi. Bolalar uchun asar yozganda ana shu fazilatlarini
inobatga olib, ularga atroflarini o`rab olgan hayotni anglab olishlariga, hayotsevarlik
tuyg`ularini shakllantirishga, narsalar haqida o`z tushunchalarining qaror topishiga, shularni
imkoniyatlari ko`taradigan darajaga xizmat qiladigan so`z zaxiralarini muttasil boyitishga
ko`maklashish maqsadi ko`zlanmog`i shart. Shundagina asarni o`z vazifasini muvaffaqiyatli
bajargan deb hisoblash mumkin.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |