Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi


Tilning aniqligi, ravonligi, tushunarliligi va emocionalligi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Tilning aniqligi, ravonligi, tushunarliligi va emocionalligi

Bolalarga atalgan 
badiiy asarning tili umumbadiiy tilning normalariga va grammatik qurilishiga amal qilgani 
holda bolalarcha tafakkur qilishning o`ziga xos ifodaviy vositasi bo`lmog`i, shu bilan birga, 
bola nutq boyligini muttasil oshirib borishga xizmat qilmog`i shart. Bunda nuqul bolaga 
moslashib qolmay, balki uni ergashtirib borishga intilib, bolaga notanish so`z va iboralarni 
izohtalab qilib qo`ymay, kontekstdayoq anglashilarli etib ifodalashga e`tibor bermoq lozim. 
Eng muhimi, N.G.Chernishevskiy ta`kidlaganidek: «Bolalarga juda ko`p narsalarni osongina 
qilib tushuntirish mumkin, bunda avvalo o`sha tushuntiruvchining o`zi nimani 
gapirmoqchiligini o`zi anglab etkan va uni inson tilida ravshan ifodalay ololsin». Yozuvchi 
qaysi yoshdagi bolani mo`ljallab asar yozayotganini hisobga olib, o`sha yoshdagi kichkintoy 
lug`at boyligi imkoniyatlarini ko`zda tutgan holda ish tutmog`i lozim. Aks holda uning asari 
adresatini tayinlash mumkin bo`lmay qoladi. Chunonchi, Sh.Sa`dullaning «Yil fasllari» 
she`ridagi: 
Milt etib chiqdi quyosh, 
Dedi:-Do`stlar, qish odosh,- 
satrlariga boqqan zahoti-ularning maktabgacha yoshdagi bolalarga mo`ljallanganini sezish 
qiyin emas. Chunki mazkur satrlardagi so`zlar maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga xos 
lug`at aks etgan. Shoir bunday ekspressiv nutq zamirida bahor faslining shu yoshdagi 
kichkintoylar hali sezishga ulgurmagan ikki xususiyatini-bahor qishdan so`ng kelib, qishga 
xotima («qish odosh») yasashini hamda endilikda haroratli kunlar («quyosh chiqishi»ni) 
boshlanishini, aniqrog`i, bahor fasli tabiatining belgili xossalarini saviyaga muvofiqlashtirib 
ma`lum qilmoqda. Bolalar lug`at boyligi-ular saviyasining mezoni. Bolalar ulg`aygani sayin 
voqelikni o`zlashtirish imkoniyatlari ham kengaya boradi, binobarin, ular so`zni 
o`zlashtirish evaziga ularning saviyalari ham ko`tariladi,didlari o`sa va dunyoqarashlari 
shakllana va to`lisha boradi. So`zni tushunish va o`zlashtirish bolalarda tasavvurni 
chuqurlashtiradi, narsa va hodisalar haqida o`z fikrini tug`diradi. Bolalar uchun ijod 
etuvchilar ana shu holat bilan hisoblashmoqlari shart. Zotan, bolaga atalgan asarning tili 
qancha aniq, ifodalari teran, qisqa va obrazli bo`lsa voqea ham, ifodasi ham ixcham, yorqin 
va sodda bo`lsa asar shuncha ta`sirchan bo`ladi, unda ilgari surilgan g`oya xotiraga 
mustahkam o`rnashgan syujetni idrok qilish asosida yosh kitobxonning intellektual dunyosi 
mahsuliga aylanadi. 
Bolalar murakkab qurilmali gaplardagi mazmunni ilg`ashga qiynaladilar, xususan, 
bunday gaplarda izohtalab arxaik so`zlar qalashib kelsa-taqatlari toq bo`ladi. Binobarin, 
gaplar ham sodda, mantiqdor, jonli, hayajanbaxsh va savodli qurilmog`i, g`ashga teguvchi 
qaytariqlar va mavhum iboralardan xoli bo`lmog`i lozim. Poetik obrazlar mavhum yoki 
qalashib ketgan sifatlashlar (epitetlar) asosida qurilmasligi darkor, bolalar kitobida har bir 
ifoda tabiiy, yorqin ma`noli va zavqovar bo`lishi-uni tushunib o`qish va uqib olishning 
muhim sharti hisoblanadi. 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish