YUGURISH TEXNIKASINING ASOSLARI.
Yugurish dagadek, Yugurish da ham harakat sikli ikki qadamdan (qo’sh qadam) iborat bo’ladi, lekin Yugurish ham bir harakat siklida ikkita uchish davri bo`lishi bilan Yurishdan farq qiladi. Yugurish da harakat kengligi va tezligi kattaroq bo’ladi. Bu yugirish tezligi eng katta, o`rta, o’zoq masofalarda esa eng kichik bo’ladi.
Yugurish da ham Yurishdagidek, qo’l va oyoqlar bir-biriga moslashib harakat qiladi, (kesishma koordinatsiya) elka kamari bilan tosning qarama-qarshi harakatlari qadamni kengaytirishga yordam beradi.
Tayanch davri davomida tananing og’irlik markazi mutasil oldinga siljib borib amortizatsiyadan keyin tayanchdan olg’a tomon depsinishga yordam beradi.Yugurish da tananing vertikal bo’ylab siljish amplitudasi yugurish dagidan anchagina ortiq.Yerga bo`lgan bosimning ortishi natijasida tayanch reaksiyalari ham orta boradi. Yugirish tezligi ortishi bilan bu reaktsiya ham oshadi. Yengnl atletika yulkasida yugurayotganda poyafzaldagi temir tishlar oyoqni yerga mahkamroq yopishtiradi. Bu esa kuchliroq depsinishga va oyoqni yerga ertaroq jinslashtirishga imkon beradi-da, Yugurish tezligini oshirishga ko’maklashadi.
Past startdan keyin birinchi tana oldinga ko`proq oldinga egilganligi sababli oyoq umumiy og’irlik markazi (u.o.m.) proektsiyasidan orqaroq qo’yiladi. Yugurish ning shu paytidagi yerga tushishi momentida gorizontal tormoz kuchi bo’lmasligi mumkin.
Yugurish da oldingi tayanch vaqtidagi reaksiya, ogirlik kuchi ta`siri ostida tanani Yuqori nuqtasida boshlangan pasayishi davom etishiga tusqinlik qiladi. Bu fazada oldingi intiluvchi harakat pasayadi. Muskullar o’zilganda taranglasha borib, depsinish fazasidagi qisqarishga tayorlanadi.
Depsinish-ishining asosiy fazasi bo`lib har qadamdagi oldingi tayanch tormozidan keyingi tezlikni oshiradi. Depsinish muddati kamaysa, muskullar ayniqsa ko’proq taranglashadi. Tez Yugurish paytida oyoq oldinga ko’proq o’zatiladi, uchishda sonlar orasidagi burchak ham ko’payadi.
Qisqa masofalarga Yugurish da qo’llar tirsak bug’inida bukilgan bo’lib, yelka bug’imida oldingi-orqaga keng harakat qiladi. Yugurish tezligini pasayishi bilan qo’llarning harakat kengligi kamayadi va ularning yo`nalishi ham bir qancha o`zgaradi.
Yugurish vaqtida gavda sal oldinga engashgan yoki vertikal bo’ladi. Haddan ortiq oldinga engashib olish depsinishi Yengillashtiradi-yu, lekin oyoqni oldinga chiqarishni qiyinlashtiradi. Gavdani orqacha tashlab Yugurish oyoqni oldinga chiqarishni Yengillashtiradi-yu, lekin depsinish burchagini kattalashtirib yuboradi. Yugurish tezligi qancha Yuqori bo’lsa, gavdaning oldinga engashishi nisbatan shuncha ko’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |