Komanda vakili va kapitani Agar nizomda musobaqada qatnashayotgan har bir tashkilotning vakili
bo’lishi nazarda tutilgan bo’lsa, o’sha tashkilot o’z vakilini ajratishi
kerak.
Vakil komanda rahbari hisoblanadi.U qatnashuvchilarning intizomi
uchun javobgar.Ularning musobaqa o’tadigan joylariga o’z vaqtida etib
kelishlarini ta`minlashi lozim.
Agar hakamlar kollegiyasining majlisi vakillari bilan birgalikda
o’tkaziladigan bo’lsa vakil bunday majlislarda qatnashishi kerak.
Vakillarning hakamlar va musobaqalar o’tkazayotgan shaxslar buyrug’iga
aralashishi man etiladi.
Vakilning musobaqa o’tkaziladigan joylarda bo’lishiga haqqi yo’q.
Agar komandada maxsus vakil bo’lmasa, shu komandaga qatnashuvchilari
orasidan belgilangan kapitan uning vazifalarini bajaradi.
Hakamlar kollegiyasi Hakamlar kollegiyasining sostavi. 1. Musobaqalar uchun hakamlar kollegiyasi tashkil etiladi. Bu kollegiyani musobalarni o’tkazayotgan tashkilot uyushtiradi. Musobaqani bosh hakamini tegishli sport jamiyatlari va tashkilotlari musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tasdiqlaydi.
2. hakmlar kollegiyasining qarorini tegishli sport jamiyatlari yoki hakamlar kollegiyasini tasdiqlagan tashkilot qaytadan ko’rib chiqishi va o’zgartirishi, faqat hakamlar kollegiyasi musobaqa qoidalarini bo’zgan taqdirdagina mumkin.
3.hakamlar kollegiyasi quyidagicha to’ziladi. (jadvalga qarang)
4.Musobaqaning muayyan bir to’rini o’tkazish uchun hakamlardan brigada
to’ziladi va bunday brigadaga katta rahbar hakamlik qiladi.
5.Bosh hakam, uning o’rinbosari va bosh sekretar oldinroq belgilanishi
lozim, toki ular musobaqa tayyorgarligiga oldindan hozirlik
ko’rsinlar.
ESLATMA:
1. Boshqarmalar musobaqalari tegishli teritoriya musobaqalariga tenglashtiriladi.
2. Bunday musobaqalarda brigada va hakamlar soni programma hajmiga, o’tkazish grafigiga va musobaqaning ayrim turlarida qatnashuvchilar soniga qarab belgilanadi.
3. Programmada maydondan tashqarida Yugurish bo’lsa, hakamlar kollegiyasiga qo’shimcha ravishda distantsiyalardagi va ovqatlanish punktlaridagi hakamlar kiritiladi. Bu hakamlarni distantsiya boshliqlari va ularning yordamchilari boshqaradi. hakamlar soni distantsiyalarning uzun va qisqaligiga va xususiyatiga bog’liq bo’ladi.
14. Musobaqalarda elektromexanik apparatlar (fotofinish, avtoxronometraj, elektor ko’rsatgichlar va q. k) ishlatilsa tegishli brigadalar zarur miqdorda hakamlar va texnik xodimlar bilan tugatilish kerak.
№
Hakamlar lavozimlari
Musobaqa masshtabiga muvofiq hakamlar soni
Butun ittifoq Respublika musobaqasi
o’lka, oblast’ musobaqa
Shahar , rayon musobaqasi
Fizkul kollekt. musobaqa
1
Bosh hakam
1
1
1
1
2
Bosh hakam o’rinbosarlari
4-7
2-4
1-3
1
3
Bosh sekretar’
1
1
1
1
4
Bosh sekretar yordamchilari
6-10
3-5
2-4
1
5
Startyorlar
2-3
1-2
1-2
-
6
Startyorlar yordamchilari
1-2
1-2
5-6
3-4
7
Marradagi hakamlar
6-9
5-7
8-10
3-5
8
Distantsiyalar estafeta etaplari va to’siqdagi hakamlar
12-18
8-12
9
Sekundametrist hakamlar
6-9
5-7
4-6
3-4
10
Yurish musobaqasi hakamlari
10-12
8-10
6-8
2-4
11
Yurish musobaqasi sekretari
1-2
1-2
1
1
12
Sakrash bo’yicha hakamlarning bitta brigadasi
5-7
4-5
3-4
3-4
13
Uloqtirish bo’yicha hakamlarning bitta brigadasi
5-8
4-6
3-5
3-4
14
qatnashuvchilar qoshidagi hakamlar
3-5
2-3
1-2
=
15
Informatsiya hakamlari
4-6
3-5
1-2
1
16
Jihozlar va inventar bo’yicha hakamlar
2-3
1-2
2-3
-
17
Musobaqalar vrachi
2-3
1-2
1
1
Musoboqa bosh hakami Bosh hakam musobaqa rahbari hisoblanib, hakamlar kollegiyasi ishini
boshqaradi.
Bosh hakam:a) musobaqa joyinig to’g’ri tayyorlanganligiga javob beradi.Musobaqa joyini tayyorlash va uning sifatli bo’lishi stadion
direktsiyasi va shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan
ta`minlanishi lozim.
b) musobaqa boshlanguncha musobaqa o’tkazish uchun ajratilgan
joylarning hammasini, stadiondagi yugurish yo’llarini qay ahvolda
ekanligini va stadiondagi tashqaridagi yugurish distantsiyalarni,
yugurish yo’li va distantsiyalarini o’lchanganlik haqidagi aktni tekshirib
chiqadi, musobaqa o’tkazish uchun zarur inventar’ va asbob-uskunalarning
saranjomligini (ularning yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini va musobaqa
qoidalariga muvofiq yoki muvofiqligini) tekshiradi, qatnashuvchilar va
hakamlar uchun ajratilgan binolar qay ahvolda ekanligini ko’rib chiqadi:
s) hakamlarni musobaqa programmasining ayrim turlari bo’yicha taqsimlab chiqadi:
d) musobaqalarning to’g’ri va o’zluksiz borishiga qarab turadi,
musobaqa davomida vujudga keladigan masalalarni va
tushunmovchiliklarni hal qiladi:
e) agar birorta qatnashuvchining qoidani bo’zishi boshqa
qatnashuvchilarning natijalariga ta`sir qilgan bo’lsa va bosh hakamning
fikricha ular qaytadan musobaqalashishga haqli bo’lsalar, bunday qatnashuvchilar uchun yangidan musobaqa tayinlaydi:
e) barcha rekord natijalarni to’g’riligini tekshiradi va tasdiqlab
beradi;
j) musobaqa boshlanishi oldidan shuningdek tugaganidan so’ng (yoki
ayrim musobaqa turi uchun) musobaqani va natijalarini tasdiqlash
hamda muhokama qilish uchun hakamlar kollegiyasi kengashi o’tkaziladi;
z) musobaqa tugaganidan so’ng 3 kun ichida shu musobaqani o’tkazgan
tashkilotga va hakamlar kollegiyasiga prezidiumiga musobaqa haqida yozma
hisobot beradi.