Musobaqa qatnashchilarining vazifalari va huquqlari Qatnashuvchi o’zi qatnashayotgan musobaqa to’rini o’tkazish qoidalari,
nizomi va barcha shartlarini bilishi lozim.
Qatnashuvchi nizomni bo’zsa va adabsizlikka yo’l qo’ysa
ogohlantiriladi.Agar bunday hol qaytarilsa, qatnashuvchi musobaqadan
chiqarilib yuborilishi mumkin. qatnashuvchi qo’pol va noo’rin
harakatlar qilganda ogohlantirilmasdan musobaqadan chiqarilib
yuboriladi.
Musobaqa qatnashuvchisining yengil atletikaning biror turidan
texnik jihatdan tayyorgarlik ko’rmagani ayon bo’lsa, shu sport to’rining
bosh hay`ati yoki katta hay`at qarori bilan u musobaqadan chiqarilib
yuboriladi.
Musobaqalar bo’ladigan joy qatnashuvchilar hay`at rahbarligida
gruppa-gruppa bo’lib, uyushgan holda keladilar. Musobaqalar
tugagandan keyin ham shu yo’sinda chiqib ketadilar. Agar dastlabki
musobaqa va final musobaqalari ketma-ket o’tsa, dastlabki musobaqalardan tushib qolgan qatnashuvchilar darhol (final boshlangunicha) maydondan chiqib ketishlari kerak.
Musobaqa qatnashchilari hay`atlar chaqirilgan chog’ida qatnashishga
tayyor turishlari lozim. qatnashuvchi sakrash va uloqtirish
musobaqalarida tayyor bo’lib turmasa, navbatdagi chiqishda mahrum
qilinishi mumkin.
Qatnashuvchi yugurish va sakrash yo yugurish va uloqtirish
musobaqalarida qatnashishga talabnoma bergan bo’lsa va bu musobaqalar
programmaga muvofiq aynan bir vaqtda o’tkazilayotgan bir vaqtda
o’tkazilayotgan bo’lsa, qatnashuvchi dastavval yugurish musobaqasida
jadvalda berilgan muddatda ishtirok etishi lozim.Sakrash yoki
uloqtirish musobaqalarida qatnashish uchun hakamlar kollegiyasi
qatnashuvchining oldindan bergan arizasiga muvofiq unga shu turning
grafigi asosida boshqa vaqtni belgilaydi.
ESLATMA: Balandlikka sakrash va shest bilan sakrash musobaqalarida, qatnashuvchi shu musobaqalarga kelgan vaqtida, boshqa qatnashuvchilar qaysi balandlikdan sakrayotgan bo’lsa, u ham o’sha erdan boshlaydi.
Ayrim musobaqa turlari final bilan o’tkazilayotgan hamma hollarda finalga chiqqan qatnashuvchi shu sport turi bo’yicha o’ziga muvofiq o’rinni egallash uchun finalda qatnashishi lozim.Ba`zi hollarda bosh hakam sakrash va uloqtirish musobaqalarida shaxsiy o’rinni olish uchun finalda qatnashmaslikka sportchiga ruxsat etadi. Sportchi kasal bo’lib (masalan, shikastlanib) qolib finalga qatnasha olmasa unga yo’l qo’yiladi. Bunday ruxsat faqat shu musobaqa vrachining yozma xulosasiga. asoslanib beriladi. Finalda bo’shab qolgan o’rinni qatnashuvchilardan birortasi band qilishi mumkin emas.
8. Musobaqaning ma`lum nomerini o’tkazishga oid masalani hal qilib berish uchun qatnashuvchisi shu nomerni o’tkazayotgan katta hakamga murojaat qilishi mumkin. Bu holda masalani katta hakamning o’zi hal qiladi yo musobaqa qatnashuvchisiga bosh hakam yoki uning o’rinbosarlariga murojaat qilishga ruxsat etiladi. Musobaqa o’tayotgan vaqtda faqat vakil yoki komanda kapitaniga e`tiroz berishi mumkin.
1. Qatnashuvchilarning kiyimi mayka, trusik (trikotajdan bo’lmasligi kerak) va tuflidan iborat bo’ladi.
ESLATMA: Sakrash va uloqtirish musobaqalarida mashg’ulotga shimlarda qatnashish ruxsat etiladi.
2. Musobaqa qatnashuvchisining sport kostyumi ozoda va o’ziga kelishgan
bo’lishi kerak.To’siqlar osha 3000 metr masofaga chopadigan
qatnashuvchilarning trusiklari yupqa materialdan bo’lmasligi kerak.
Komanda musobaqalari o’tkazilayotgan bo’lsa, musobaqa qatnashuvchilari shu tashkilotga berilgan yagona maxsus emblemali sport formasida bo’lishlari kerak.
3. Shaxsiy nomerlar qatnashuvchilarga (raqamlari aniq, ravshan yozilgan bo’lishi va kattaligi kamida 20 sm bo’lishi lozim) musobaqa o’tkazayotgan tashkilot tomonidan beriladi. Nomer maykani ko’krak va orqa tomoniga puxta qilib tikib qo’yiladi. Katta musobaqalarning ishtirokchilari mashg’ulot kostyumlariga ham nomer tikib olishlari kerak.