Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


-bob. KASBIY AXLOQIY KODEKSLAR: XALQARO TAJRIBA. O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY VA AXLOQIY KODEKSI YARATILISHI TARIXI



Download 1,06 Mb.
bet99/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

7-bob. KASBIY AXLOQIY KODEKSLAR: XALQARO TAJRIBA. O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISHCHINING KASBIY VA AXLOQIY KODEKSI YARATILISHI TARIXI
Reja:
1. Axloqiy kodekslar taraqqiyotida ijtimoiy ish xodimlarining xalqaro va milliy uyushmalarining roli.
2. O‘zbekistonda ijtimoiy ish rivojlanishining mumtoz va amaliy yo‘nalishlari.
3. Ijtimoiy ish amaliyoti standartlarini rivojlantirish istiqbollari.
Tayanch so‘z va iboralar: ijtimoiy ish instituti, institutsionallashuv, xalqaro tajriba, xalqaro huquqiy asos, milliy qonunchilik, kasbiy standart va qadriyatlar, xalqaro kodekslar.


1. Axloqiy kodekslar taraqqiyotida ijtimoiy ish xodimlarining xalqaro va milliy uyushmalarining roli
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida “axloqiy qadriyatlar”, “axloqiy prin-siplar”, “o‘zini tutish standartlari” tushunchalarini hayotga joriy etish XX asrning 30-yillaridan boshlab Yevropaning ko‘plab mintaqalarida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish muassasalarining xodimlarini amaliyotga tayyorlashda foydalanilgan. Jumladan, Belgiya va Norvegiyada 1920-yilda, Italiyada 1928-yilda, Ispaniyada 1932-yilda, Isroil va Irlandiyada 1934-yilda, Lyuksemburg va Portugaliya 1935-yilda, Gretsiya va Daniya 1937-yilda ijtimoiy xizmat turlaridan foydalanilgan. Chunki ijtimoiy yordamga muhtoj inson va davlat ijtimoiy siyosati o‘rtasidagi munosabatlarda bu qatlamga alohida e’tibor qaratilgan. Ijtimoiy xizmat, davlat ijtimoiy siyosatining takomillashuvi Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Misrda ham amal qila boshlandi. 1936-yilda Hindiston hayotida sanoatning keng miqyosda rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan “Tata” guruhi tashkil etilib, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy fanlar orasidagi aloqadorlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratgan. Misrda esa shu yili birinchi marotaba ijtimoiy xizmat xodimlarini tayyorlovchi kurs tashkil etildi289. Bunda xodimlarning axloq me’yorlari islomiy axloq asosida belgilab qo‘yildi.
Ijtimoiy xizmat, davlat ijtimoiy siyosatini institutsional tarzda amaliyotga tadbiq etilishida muhim omil hisoblanib, bunda aholining muhtoj qismi va davlat munosabatlari muvozanatini ta’minlash uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5308-sonli “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonida, “Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘ligini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash”290 kabi masalalar davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.
Shu sababli, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyotida axloqiy qadriyatlarni tadbiq etilishidan nafaqat fuqarolar, balki jamiyat va davlat ham manfaatdordir. “O‘zbekiston davlati o‘z siyosatini ‒ mamlakatda yangicha boshqaruv tizimini rivojlantirish va bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan mos ravishda, uning sotsial munosabatlarining negizini tashkil etuvchi guruhlar va qatlamlarga alohida e’tibor qaratib, ularning maqsad, manfaatlari hamda muammolarini hisobga olgan holda amalga oshirmoqda”291. Bu o‘z navbatida jamiyatda ijtimoiy birlik hissini shakllantirish uchun amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga, innovatsiyalarni qo‘llash masalasiga e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, yigirmanchi asrning dastlabki yillarida ijtimoiy ish shakllangan kasb sifatida tushunilmagan. Aniqrog‘i, u o‘z faoliyatlari roli va vazifasi bo‘yicha turli qarashlarga ega bo‘lgan uchta turli yo‘nalish vakillaridan iborat bo‘lgan.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish