Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Zo‘ravonlik sodir etilish ehtimolidan darak beruvchi alomatlar



Download 1,06 Mb.
bet96/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

Zo‘ravonlik sodir etilish ehtimolidan darak beruvchi alomatlar:
zo‘ravonlik tushunchasi va turlari haqida ma’lumotga ega emaslik;
xotira va aqliy faoliyat sustligi, nogironlik;
boshqa shaxsdan moddiy va boshqa qaramlik, qo‘rquv mavjudligi;
hech kim yordam bera olmasligi to‘g‘risidagi fikrning muqarrarligi;
kelib chiqishini tushuntirib berolmagan turli tan jarohatlarining mavjudligi;
qo‘l va yuz va tananing boshqa qismidagi shilinish, kesish, tilinish, kuyish, tishlangan joylar;
kiyim ostida yashirinayotgan tan jarohatlari;
yuqori xavotir, bosh og‘rig‘i;
spirtli ichimliklar/giyohvand moddalarga ruju qo‘yish.
Bolalar va keksa yoshdagi shaxslar xuddi ayollar singari zo‘ravonlikning qur-boni bo‘lish ehtimoli yuqoridir.
Ko‘p hollarda aynan oiladagi zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar o‘zlariga yetkazilgan zarar haqida ichki ishlar organlari yoki tibbiyot muassasalariga murojaat qilishmaydi. Bu ko‘pincha ayollarda kuzatiladi. Sud-tergov idoralaridan olingan ma’lumotlar o‘rganilganida, ayollarga nisbatan eri tomonidan zo‘ravonlik ishlatil-gan taqdirda ham bu haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka, shunday holatlarni yashirishga yoki tibbiyot muassalariga murojaat qilgan taqdirida ham olgan tan jaro-hatini o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida olganligi bilan izohlashga harakat qilishadi. Buning asosiy sababini, ayollarning oilaning buzilib ketishidan qo‘rqishi, oila sirini tashqariga chiqarmaslikka intilishi deb izohlash mumkin.
Oilada yuzaga kelgan nizoni bartaraf etishda jabrlanuvchining ojiz ahvolda ekanligi uning jabrlanishiga sharoit yaratadi. Ko‘p hollarda jabrlanuvchilar o‘zining salbiy xulq-atvori, axloqi, ma’naviyatsizligini namoyon qilib, jinoyatning jabrlanuv-chisiga aylanadi. Buning asosiy sababi jabrlanuvchining viktim (ig‘vogar) xulq-atvoridir.
Zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvoriga xos psixologik xususiyatlar:
zo‘ravonning tajovuzkor xulqi darhol yuzaga kelib, o‘z talablarining baja-rishlarini xohlaydi;
o‘z jahlini boshqara olmaydi, psixologik zo‘riqish paytida o‘zini nazorat qil-maydi;
xavotirlik va asabiylik holatini boshqara olmasligi, tajovuzkor xulq-atvoriga sababchi bo‘ladi;
o‘z aybini tan olmasdan, boshqalarga yuklaydi va o‘zini “jabrlanuvchi” deb e’tirof etadi. Sodir etgan qilmishining oqibatlarini anglamaydi;
har qanday tanqidni ko‘tara olmaydi va o‘zi sodir etgan qilmishni huquqbu-zarlik ekanligini tan olmaydi, o‘zini oqlashga harakat qiladi;
muloqot davomida hech kimga mehr-shafqat ko‘rsatmaydi va muloqotdan o‘zini olib qochadi;
spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste’mol qilishi uning tajovuzkorligini yanada oshiradi;
begonalar oldida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib berishga harakat qiladi.
Zo‘ravonlikni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar quyidagilardan iborat:
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan notinch oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, nizo kelib chiqish xavfi bo‘lgan oilalarga ijtimoiy profilaktika ishini tashkil etish;
huquqbuzarlik yoki jinoyatlardan jabrlanishga moyilligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularning zo‘ravonliklardan jabrlanish ehtimolini kamaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
ma’muriy hududda g‘ayri ijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarliklar sodir etish-ga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni aniqlash, ularning hisobi-ni yuritish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish;
ijtimoiy mavqeyi, fiziologik holati, xulq-atvori, hayot tarzi bilan bog‘liq holda huquqbuzardan jabrlanuvchiga aylanishi xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan viktimologik profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llash;
huquqbuzarliklarning sodir etilishida jabrlanuvchilarning tutgan o‘rnini hamda jabrlanishning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;
notinch oilalarda yashayotgan shaxslarning zo‘ravonliklardan jabrlanish ehti-molini kamaytirish maqsadida tushuntirish ishlarini olib borish;
oiladagi zo‘ravonliklardan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar toifa-larini aniqlash;
huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning individual va ijtimoiy psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda profilaktika tadbirlarni ishlab chiqish;
oiladagi zo‘ravonlik bilan bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga doir dasturlar ishlab chiqishva amalga oshirishda ishtirok etish;
oiladagi ziddiyat va nizolarni aniqlash, tahlil qilish hamda mavjud kuch va vositalardan foydalangan holda ularni hal etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
huquqbuzarliklarning sabablari va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish;
zo‘ravonlik holatlari, ularni sodir etgan shaxslarni va undan jabrlanganlarning profilaktik hisobini yuritish hamda bunday ma’lumotlarning tahlilini amalga oshirish;
zo‘ravonlik va uning bog‘liq huquqbuzarliklarning profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi organlar va muassasalar bilan hamkorlik qilish;
zo‘ravonlik va unga bog‘liq huquqbuzarliklarning sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oilada farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmayotgan va ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchishaxslarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishto‘g‘risida sud va prokuratura organlariga taqdimnomalar kiritish;
oiladagi zo‘ravonlik va uning bilan bog‘liq huquqbuzarlik sodir etgan, ulardan jabrlanganlar bilan ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini ko‘rish.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatda sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlarini aniqlash, tegishli chora-tadbirlarni tegishli tashkilotlar hamkorligida amaga oshirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirish sodir etilayotgan zo‘ravonlikning kamayishiga olib keladi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish