Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet69/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

XX asr axloq konsepsiyalari.
Hayotni e’zozlash” etikasi, gumanistik etika
Insoniyat jamiyati hech qachon XX asr darajasidagi yuksaklikka ega bo‘lgan emas, tafakkurda ko‘p va xilma-xil yo‘nalishlar vujudga keldi. Ular uchun umumiy bo‘lgan o‘ziga xos ikki jihat alohida diqqatga sazovor: birinchisi ‒ ularning hammasi, asosan, insonni bevosita o‘rganishga qaratilgani, ya’ni ma’lum ma’noda, antropologik xususiyatga egaligi; ikkinchisi ‒ falsafiy bo‘lmagan va falsafiylikdan “chiqib” ketgan fanlarning asos nuqtayi nazaridan falsafiylik kasb etishi yoxud falsafaning tadqiqot quroliga aylanishi. Shuningdek, Ovro‘pa mutafakkirlarining qadimgi va o‘rta asrlar Sharq falsafiy tafakkurini inson omili nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishi, uning asosiy yo‘nalishlari va metodlarini yangicha sharoitda qo‘llashga intilishi ro‘y berdi. Eng yangi davr faylasuflari uchun o‘z tafakkuri iskanjasida qolgan, o‘z buyukligidan, ishbilarmonligidan kibrlanib, o‘z mohiyati-ning asl ma’nosini yodidan chiqarib qo‘ygan, mohiyatiga mos kelmaydigan mavjudlik bilan o‘ralishib kun kechirayotgan insonni mohiyatga qaytarish va unga oliy axloqiy mavjudot sifatida munosabatda bo‘lish masalalari muhimdir. Zero, bir emas, ikki jahon urushini amalga oshirgan, o‘z nafsi-ixtiyoriga berilib, o‘zi va o‘zi yashab turgan sayyoraning halok bo‘lishi mumkinligini anglayotgan insonni bilish, uning ichki dunyosini ilg‘ash yengil yumush emasligi ayon bo‘lib qoldi.
Eng yangi davr tafakkurining, shu jumladan, axloq falsafasining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning ba’zi muhim yo‘nalishlariga o‘z davridan ilgarilab ketgan mutafakkirlar asos soldilar. Ularni davrlashtirish nuqtayi nazaridan emas, balki ma’naviy-ruhiy jihatdan Eng yangi davrga nisbat berish mumkin.
Mazkur yo‘nalishlarning eng muhimlari sifatida hayot falsafasi, ruhiy tahlil, falsafiy antropologiya, ekzistensiyachilik, falsafiy hermenevtika, fenomenologiya, sinergetika singari ta’limotlarni keltirish mumkin. Ular orasida hayot falsafasi yo‘nalishi noodatiyligi, qamrovliligi va g‘oyat teranligi bilan alohida ahamiyatga molik.
Ruhiy tahlil usulining vujudga kelishi juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. XX asr arafasidan to bugungi kungacha bu shov-shuvlar goh kuchayib, goh susayib davom etmoqda. Ular bejiz emas. Zero, ming yillardan buyon o‘qitilib va amaliyotda qo‘llanib kelinayotgan ruhshunoslik fani bir zarb bilan taxtdan tushirildi. Ana shu zarb egasi avstriyalik olim Zigmund Froyd ‒ Zigismund Shalomo (1856-1939) edi.
Gap shundaki, akademik ruhshunoslik tabiiy fanlar laboratoriyasining usullarini qo‘llab, vijdon, qadriyatli mulohazalar, ezgulik va yovuzlikni bilish ‒ruhshunoslik muammolari tizimiga kirmaydigan metafizik tushunchalar, deb hisoblab, asosan, odatdagi “ilmiy usul” bo‘yicha qabul qilingan mayda masalalar bilan shug‘ullanib kelardi; u o‘zining asosiy obyekti ‒ qalbni nazardan qochirib, umumiy, yoshga, kasbga doir ruhiy holatlar hamda reaksiyalar va tabiiyotlarning shakllanishiga, ya’ni ruhiy “murvatlar”ga e’tiborni qaratib, yuqorida aytganimizdek, inson uchun nihoyatda muhim bo‘lgan muhabbat, aql, vijdon, qadriyatlar singari hodisalarni chetlab o‘tdi. Froyd esa kuzatuvlar, aql va o‘z kechinmalariga suyanib-gina axloqiy muammolarga murojaat qilmasdan ruhiy kasallikni muvaffaqiyatli davolash muammosini hal etib bo‘lmasligini aniqladi va bemor o‘z qalbi ehtiyoj-larini hisobga olmagani uchun kasallikka chalinadi, degan xulosaga keldi.
Froyd inson ruhiy hayotida uch bosqichni ajratib ko‘rsatadi: ong, ongoldi, va ongtubi yoxud onglanmagan, ya’ni, ongga aylanmagan holat. Onglanmagan holat va ongoldi ongdan nazorat (tsenzura) degan o‘rta bosqich orqali ajralib turadi. Nazorat ikki vazifani bajaradi: birinchisi, shaxs o‘ziga maqbul ko‘rmagan va qoralagan his-tuyg‘ular, fikrlar, tushunchalarni onglanmagan holat hududiga siqib chiqaradi; ikkinchisi, ongda o‘zini namoyon etishga intilgan faol onglanmagan holatga qarshi kurashadi. Onglanmagan holatdagi fikrlar, his-tuyg‘ular umuman yo‘qolib ketmay-di, biroq xotiraga chiqishi uchun yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bois ular ongda bevosita emas, balki bilvosita ‒ bilmay gapirib yuborish, xato yozib yuborish, tush, nevrozlar singari g‘alati harakatlar orqali namoyon bo‘ladi. Shuningdek, onglanmagan holat-ning sublimatsiyasi ‒ taqiqlangan intilishlarning ijtimoiy jihatdan maqbul harakat-larga aylangan tarzda ko‘rinishi ham ro‘y beradi. Onglanmagan holat g‘oyat yashovchan, vaqtga bo‘ysunmaydi. Undagi fikrlar, istaklar, his-tuyg‘ular nazorat tufayli, hatto o‘n yillardan so‘ng ongga chiqsa-da, o‘z ehtiros quvvatini yo‘qotmaydilar. Ongoldi holatini muvaqqat onglanmagan holat, deyish mumkin, uning ongga aylanish imkoni bor, u onglanmagan holat bilan ong o‘rtalig‘ida bo‘lib, ongning kundalik ishida xotira ombori vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, qalb qa’rida yotgan, tiyiqsiz ehtiroslar hisoblangan onglan-magan holat intilishlariga diqqatni qaratib, Froyd inson qalbining “qora” tomonlarini tahlilga oladi. Bu tahlil, insonning qanchalik zohiriy axloqiylashuviga qaramay, unda tabiiy jinsiy aloqada o‘zini namoyon qiladigan uyatsiz, aksilaxloqiy, “yomon” tomonlar mavjudligini isbotlab beradi. Bu tomonlarni Froyd tushlarda aks etishini ko‘rsatadi, zero, tushda ongning nazorati g‘oyatda zaiflashishi tufayli ular o‘zlarini ramziy tarzda namoyon etadilar.
Shuni aytish kerakki, Froyd insondagi ezgu ibtidoni, olijanob intilishlarni inkor etmaydi. Uning axloqiy qarashlarini tushunmaganlarga, uni yovuzlikni mutlaqlashtirishda ayblaganlarga qarshi Froyd, bizning insondagi barcha yovuzliklarni ta’kidlab ko‘rsatishimizga sabab shuki, boshqalar ularni inkor etadi; bu ta’kidlashdan insonning ruhiy hayoti yaxshilanmasa ham, har holda u tushunarli bo‘ladi; agar biz bir tomonlama axloqiy baholashdan yuz o‘girsak, u holda, shubhasiz, inson tabiatidagi ezgulik va yovuzlikning o‘zaro munosabati shaklini aniqlashimiz mumkin, degan fikrni bildiradi. Haqiqatan ham Froyd axloqiy qarashlarining o‘ziga xosligi aynan ana shunga asoslangan. Biroq, Froyd barcha illatlarning va vijdon, qo‘rquv, aybni his qilish, tazarru singari fazilatlarning kelib chiqishini, faoliyatini, deyarli barcha axloqiy hodisalarni, asosan, “Edip kompleksi”ga olib borib taqab qo‘yadi.
Zigmund Froydning o‘zi bir o‘rinda: “Yangi harakatni to‘xtatib bo‘lmasligiga dushmanlarim ishonch hosil qilganlari kabi, menga ham bundan buyon uni o‘zim chizib bergan yo‘ldan olib ketish mumkin emasligiga ishonishimga to‘g‘ri keldi”, – degan edi.213 Darhaqiqat, ruhiy tahlilning keyingi taraqqiyoti – froydchilik va yangi froydchilik boshqacha yo‘ldan, ruhiy tahlil asoschisi nazariyalarini tanqidiy o‘rga-nish hamda rivojlantirish yo‘lidan ketdi. K.Yung, A.Adler, E.Fromm singari tahlil-chi-faylasuflar inson qalbini o‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Imkon nuqtayi nazaridan faqat ulardan biri-Frommning axloqiy qarashlariga to‘xtalamiz.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish