Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari



Download 1,06 Mb.
bet71/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

4. Din va axloqiy muammolar
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, diniy ta’limotlarda madad berish bilan ifodalanadi. Uning ma’naviy-kognitiv konseptlari tahlili quyidagi yondashuvlar mavjudligini qayd etadi:
Buddizmda dana konsepti;
Iudaizmda idaki konsepti;
Xristianlikda rahm-shafqat konsepti;
Islomda sadaqa va zakot konsepti.
Saxovatga amal qilish va chorlash Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan, “qo‘li kalta” aholi guruhiga jamoaviy shaklda, ya’ni hashar orqali uy qurib berish, to‘y, ta’ziya va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda ko‘maklashish kabi o‘ziga xos shakllarda ko‘rinadi. O‘zaro yordam ko‘rsatishni, islom dini bilan bog‘liq amallarda, jumladan, sadaqa, zakot, fitr, bechoralarga ko‘mak berish singari ijtimoiy xizmatning nokasbiy faoliyat turi sifatidagi tarixiy ildizlarida ham ko‘rish mumkin. Buni ikki sabab bilan izohlash mumkin. Birinchidan, hech bir ijtimoiy tizim bo‘shliqda paydo bo‘lib qolmaydi. Ya’ni, mavjud resurslarning hisobidan yaratiladi. Ikkinchidan, dastlabki shart-sharoitlar asosida u yoki bu sohadagi ijtimoiy tuzilmalar tizimlashtiriladi, uchinchidan, ma’lum bir tarixiy bosqichlarda aholining turli guruhlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish amaliyoti turli shakllarda umumlashtirilib, institutsional mazmun kasb etadi. Jumladan, Amir Temur davrida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish davlat darajasida amal qilgan bo‘lib “Faqiru miskin, biron kasb qilishga ojiz shol-ko‘rlarga nafaqa belgilangan”218. Tarixiy manbalarda Amir Temur tomonidan “turlik-turlik xayr-u ehsonlar qilinib, sinf-sinf sadaqalar mustahiqlarga yetkazilib, faqir va miskinlarga bisyor ob-u osh bergan”ligi219 keltirilgan. Shu tarzdagi faoliyatning natijasida, ijtimoiy xizmat tizimi ma’lum vaqt o‘tishi bilan jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida muhim hisoblangan alohida mustaqil sohaga aylanadi. Ushbu jarayonning ilmiy falsafiy jihatlarini o‘rganish boshlangan. “Insoniyat taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan har qanday fan o‘z predmeti va tadqiqot usullariga ega”220 bo‘lishi lozimligiga e’tibor qaratsak, ijtimoiy xizmat o‘z predmeti, nazariy va amaliy usullariga ma’lum tarixiy davr mobaynida erishdi. “Insoniyat o‘zining butun ongli hayoti mobaynida o‘zini va qurshab turgan olamni anglab yetishga intilgan. Ammo uning dastlabki bilimlari uzuq-yuluq, bir-biriga bog‘lanmagan fragmentar bilimlar yig‘indisidan iborat edi. Bora-bora inson o‘zi va atrofidagi intellektual kuchlar to‘plagan bilimlarni tartibga solishga, sistemalashtirishga, klassifikatsiya qilishga kirishib ketdi. Bu bilimlarning hammasini yagona tizimga solib umumlashtirilsa, insoniyatning borliq haqidagi bilimlar sistemasi vujudga keladi221.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish