Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik-professional qadriyatlari


Marginal guruhlar tushunchasi. Marginallik sabablari



Download 1,06 Mb.
bet156/195
Sana26.05.2022
Hajmi1,06 Mb.
#609477
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195
Bog'liq
482ff6f206f655cf36983dc977bb9b82 IJTIMOIY ISHNING ETIK-PROFESSIONAL QADRIY

1. Marginal guruhlar tushunchasi. Marginallik sabablari
2. Marginal guruhlarning jamiyatdagi holati
3. Turli yosh, moddiy maqom, madaniyat, jinsdagi va boshqalar bilan ishlashda axloqiy qadriyat va prinsiplar.
Tayanch so‘z va iboralar: marginallik, marginal guruh, turli yosh, maqom, madaniyat, jins, prinsip.


1. Marginal guruhlar tushunchasi. Marginallik sabablari
Kishilar o‘z hayot faoliyati jarayonida birlashib, tashkil etadigan guruhlar muammosi sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyaning muhim masalasi hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar amalda har doim ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar sifatida namoyon bo‘ladi, shu bois mazkur tuzilmalar mavjudligining barcha jihatlarini bilish talab etiladi. Eng avvalo, ijtimoiy guruh nimaligini bilish muhimdir. Bu masala xususida fanda turli fikrlar ilgari surilgan. Masalan, demografiya, statistika, psixologiyada shartli guruhlar tushunchasi ishlatiladi. U tadqiqotchi tomonidan kishilarning o‘rganilayotgan muayyan belgiga ko‘ra birlashtirilishini anglatadi.
Ijtimoiy fanlar doirasida ijtimoiy guruh deganda amalda mavjud bo‘lgan shunday bir birlik tushuniladiki, unda kishilar birgalashib muayyan faoliyatni amalga oshiradilar yoki o‘xshash hayot sharoitlarida kun kechiradilar va shu bois o‘zlarini mazkur birlikka mansub deb hisoblaydilar. Sotsiologiya uchun guruhlarni ajratishning obyektiv mezonini ajratish muhimdir. Mazkur mezon asosida sotsiologiya har bir guruhni, uning jamiyat va o‘z tarkibidagi shaxslar bilan munosabatlarini tadqiq etadi. Ijtimoiy psixologiyaga boshqacha yondashuv xos: u guruhning inson ongi va xulq-atvoriga ta’sirini o‘rganadi. Bu yerda guruh jamiyatning shaxsni kamol toptiradigan real bo‘g‘ini sifatida o‘rganiladi. Umumiy psixologiya doirasida eng avvalo, mazkur shaxsning boshqa kishilar hozirligidagi xulq-atvori xususiyatlari tadqiq etiladi.
Bu borada Forobiy o‘zining “Fazilat, baxt-saodat va kamolot haqida” kitobida fozil shahar mohiyati va unda fuqarolarning bir-biriga nisbatan munosabatlarining mazmun-mohiyati haqida shunday deydi: “Fozil shahar o‘ziga tayangan, tabiati sog‘lom bo‘lgan insonlar guruhidan iboratki, ularning har biri baxt-saodatga yetkazishi mumkin bo‘lgan tushunchalarni qabul qilib, bu yo‘lni bir-birlariga hamkorlik qilish ila mushtarak ravishda bosib o‘tadilar. Bunday shahar aholisi umumiy qondoshlik, yashash makoni, irqi va urf-odatlarining mushtarakligi asosidagina bir yerga to‘plangan emas. Zero, Fozil shaharda bu aytilgan omillardan hech biri yo‘q yoki ularning bo‘lishi shaharning afzalligi yoxud biror imtiyozi borligini belgilamaydi. Fozil shaharda insonlarning o‘zaro aloqasi uchun vosita va ularni birlashtiruvchi narsa “umumiy ashyolar” to‘g‘risidagi “umumiy qarash” bo‘lib, mazkur qarashning o‘zi “umumiy faoliyat”ga aylangan, ya’ni, yagona ashyoga nisbatan ilm va amal shahar aholisining umumiy xususiyati bo‘lib qolgandir”411.
Sotsiologiya va ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy guruhga faoliyat subyekti sifatida yondashish odat tusini olgan. Faoliyat mazmunining birligi uning xususiyatlari birligiga sabab bo‘ladi. Guruhning psixologik xususiyatlari qatoriga manfaatlar, ehtiyojlar, me’yorlar, qadriyatlar, guruh fikri va guruh maqsad-lari kabi gruppaviy omillarni kiritish mumkin. Guruh tarkibidagi individ o‘zining unga mansubligini (ijtimoiy identifikatsiya) eng avvalo, mazkur xususiyatlarni qabul qilish orqali, ya’ni mazkur guruhning boshqa a’zolari bilan o‘zining psixologik jihatdan ma’lum darajada birligini tushunish orqali anglab yetadi.
Ijtimoiy guruhning rivojlanish jarayonini va uning kishilik jamiyati tarixidagi rolini tahlil qilish natijasida “biz-tuyg‘u”ning mavjudligi guruhning asosiy xususiyati hisoblanishi aniqlangan. Bu guruh a’zolari uchun “biz”ni “men”dan ajratish birlikning ruhiy shakllanishi universal prinsipi hisoblanishini anglatadi. “Biz-tuyg‘u” muayyan birlikni boshqa birlikdan ajratishga bo‘lgan ehtiyojni ifodalaydi va shaxs o‘zining ayni shu guruhga mansubligini anglab yetishining o‘ziga xos mezoni hisoblanadi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish