359
3. Turli yosh, moddiy maqom, madaniyat, jinsdagi va boshqalar bilan
ishlashda axloqiy qadriyat va prinsiplar
Har bir kasb o‘zining rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, jamiyatda
ifodalangan
muammoni yechimini topishi natijasida yuzaga kelb, insonni umumiy va xususiy
tayyorgarliklari hamda aniq harakatlarni amalga oshirish uchun o‘zlashtirgan bilim
va orttirilgan tajribalarining natijasida egallagan amaliy ko‘nikmalarining
yig‘indisi hisoblanadi. Bu jarayonda bajariladigan har bir harakat o‘z mazmuniga
ega bo‘lib, ijtimoiy muammoni bartaraf etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan,
ijtimoiy munosabatlar tizimida
turli xil nizoli vaziyatlar, inqirozlar, hissiy
muammolar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yganlar, giyohvandlar, zo‘ravonlik
natijasidan majruhlanganlar, doimiy ish joyini yo‘qotganlar, nogironlar, uy-joysiz
qolganlar va hakozolarga amaliy yordam berish uchun ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
mutaxassislari shug‘ullanadi. Ijtimoiy ixizmat ko‘rsatishning tizimlashuvi,
inson
va jamiyat hatida tutgan o‘rni haqida fikr yuritishdan oldin ijtimoiy ish tushunchasi
haqida tuxtalib o‘tish lozim. Bu tushunchani vujudga kelishiga oid turlicha
yondashuvlar mavjud bo‘lib
420
, S.Teterskiy “Ijtimoiy ishga kirish” (“Введение в
социальную работу”) nomli qo‘llanmasida Gretsiyada ijtimoiy ish “filantropiya”
(yunon tilidan “insoniyatga nisbatan muhabbatni ifodalash”), Rimda esa “xalq
an’anasi” deb yuritilganligini ko‘rsatib o‘tgan
421
. Bu mavzuga bag‘ishlangan
manbalar ko‘p, masalani, aniqrog‘i, tushunchaning genezisini belgilab olish uchun
manbaning yaratilgan makoniga, maqsadiga va
muddatiga qarab yondashish
maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy ishni avtonom tarzda vujudga kelishi va rivojlanishiga aholining
joylashishi, uy qurilishi va jihozlash hamda milliy kiyim-kechak tikish va kiyish
tarzi, pazandachilik va mehmonnavozlik an’analari
hamda oilaviy va maishiy
turmush tarzi kabi omillar qatori iqtisodiy – ijtimoiy jarayonlarning kechishi
alohida ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, “Avesto” davrida ham ijtimoiy ehtiyoj va
manfaatlar inobatga olingan holda maishiy
turmush tarzi tashkil etilgan, ya’ni
uning shartlari, talablari mavjud bo‘lgan. Sug‘d viloyatining Mug‘ tog‘idan
topilgan tarixiy yozma hujjatlarda ham bu masala alohida aks ettirilgan bo‘lib,
yozilishicha erkaklar oila qurishda barcha mas’uliyat va javobgarlikni bo‘yinlariga
olishlari bilan birga,
ayollar bilan shartnoma tuzib, ularning haq-huquqlarini
ta’minlash uchun (ajrashishda tavon to‘lash) kafolat berganliklarini keltirish
mumkin
422
.
Bugungi kunga kelib jamiyatda ijtimoiy ish mutaxassislariga
talab ortib
bormoqda va garchi G‘arb mamlakatlarining bu yo‘nalishda qo‘lga kiritgan ijobiy
yutuqlarini aynan qabul qilib bo‘lmasada, ammo uni funksionalligini o‘rganish
amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin. Aniqrog‘i, mutaxassislarni tayyorlash
tizimini takomillashtirish uchun amaliy mazmunga ega) S.Teterskiy
423
o‘zining
asarida V.Bocharova tomonidan tavsiya etilgan ijtimoiy pedagogning funksional
modelini
asos sifatida qabul qilib, uni oltita funksiyasini keltirgan. Tadqiqot
420
История социальной работы. - М., 2002.
421
Тетерский С. В. Введение в социальную работу. - М., 2003.
422
«Авесто»: аёл ва оила масаласи // Ж. Ўзбекистон иқтисодий ахборотномаси. 1999, 8-сон. – Б. 58-60.
423
Тетерский С. В. Введение ва социальную работу. - М., 2003.
360
maqsadidan kelib chiqqan holda ijtimoiy ishni funksional-strukturaviy tahlilining
natijasi sifatida muhimlari qatorida quyidagi funksiyalari
mavjudligini keltirish
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: