Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Ijtimoiy ish xodimining 
quyidagi majburiyatlari belgilandi

1. Mijoz shaxsining sha’ni va noyobligini hurmat qilib uni harakatga, ijodga 
undash; 
2. Mijozga quloq tuta bilish, sabr-toqat ko‘rsatish, muammo va vaziyatni 
tushunish, uning o‘rniga o‘zini qo‘ya bilish, nazokat va odob ko‘rsata bilish; 
3. Muloqotmand bo‘lish, ochiq bo‘lish, mijozni gapirtira bilish, birgalikda 
muammolarning echimini aniqlash, atrofdagilar uchun kerakli va qiziqarli bo‘lish; 
4. Mijoz va uning atrofidagilar o‘rtasida vosita, bog‘lovchi halqa bo‘lish, 
mijozga ko‘rsatilayotgan xayriya yordami orqali uning sha’ni pastga urilishiga yo‘l 
qo‘ymaslik; 
5. Mijoz bilan ishlashda norasmiy bo‘la bilish, mijozning o‘z muammolarini 
hal qilishda maslahatchi, ko‘makchi vazifasini bajarish, o‘zaro munosabatlarni 
tenglik asosida qurish; 
6. Doimo insonparvarlik va mehribonlik nuqtayi nazaridan yondashish. 
Mijozni muhokama qilmaslik va unga tanbeh bermaslik; shaxs yoki odamlar 
guruhiga g‘ayriinsoniy va diskriminatsion yondashuvlarning oldini olish; mijozni 


300 
jismoniy yoki ruhiy o‘ng‘aysizlikdan, asabiylashishdan, xavfdan va hatarlardan 
himoya qilish; 
7. O‘z hulq-atvorining yuksak axloqiy andozalarga mosligini saqlash, har 
qanday makrlar, birovlarni aldash, nopok xatti-harakatlarni istisno qilish. Doimo 
faqatgina mijoz manfaatlarini yo‘lida harakat qilish; 
8. O‘ziga ko‘makchilarni topa bilish, ijtimoiy ishni rivojlantirishda 
jamoatchilik ko‘magini ta’minlash; 
9. Faqatgina o‘zi vakolatli bo‘lgan doirada ish yuritish, o‘z ishining sifati 
uchun shaxsan mas’ul bo‘lish; tashqi ta’sir va bosimlarga berilmasdan, mijozni 
qo‘llanilayotgan tadbirlar, unga ko‘rsatayotgan yordam xarakteri, yozuvlar
to‘planayotgan ma’lumotlar haqida xabardor qilish; 
10. O‘zining kasbiy munosabatlaridan shaxsiy maqsadlar yo‘lida foydalan-
maslik, vaziyatlarni muhokama qilish va baholashda faqat kasbiy maqsadlar bilan 
ishtirok etish, mijoz ishonib bildirgan sirni hurmat qilish va uni fosh etmaslik. 
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haqni faqat qonuniy asoslarda olish. Bajarilgan ish 
uchun qimmatbaho sovg‘alar olmaslik; 
11. Kasbiy bilimlari, mahorati, malakasini uzluksiz oshirib borishga intilish. 
O‘z amaliy faoliyatini kasbiy bilimlar asosida tashkil etish
12. Kasbning obro‘si va pokligini himoya qilish va orttirishga intilish. 
Kasbiy o‘zaro munosabatlar va o‘zaro ta’sir jarayonida hamkasblar ishonchiga 
hurmat bilan qarash, nazokat va adolatni saqlash. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, 
hamkasbi axloqqa zid harakat qilsa, unga qarshi choralar ko‘rish
392

Odatda, sovuqqonlik deb baholanadigan kasbiy me’yorlarni buzish yoki 
xatolar “beg‘amlik, malakasizlik yoki oldindan o‘ylangan niyat tufayli kasbiy 
me’yorlarni buzish” sifatida baholanadi. Ijtimoiy soha xodimlari maxfiylikni 
buzganlari, bolalar bilan yomon munosabatda bo‘linayotgani haqidagi shubha 
to‘g‘risida habar bermaganlari, suistemolliklar, so‘z bilan haqoratlar yoki jismoniy 
zo‘ravonlik tahdid singari holatlarga befarqlik, xatti-harakatlar yordamida 
haqoratlash, davolash yoki axloq tuzatish muassasasiga hatar natijasida yotqizish 
tufayli erkinlikni cheklagani uchun sud tomonidan ta’qib qilinishi mumkin. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish