238
resurs ta’minoti kabi masalalar manbalar asosida tadqiq etish lozimligini ko‘rsatib
o‘tgan
339
.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Mirzo Ulug‘bek
tomonidan amalga
oshirilgan bunyodkorlik ishlari va ilm-fan sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlari
xususida Zahriddin Muhammad Bobur o‘zining “Boburnoma”
340
asarida:
“Ulug‘bek mirzoning imoratlaridin Samarqand qal’asining ichida madrasa va
xonaqohdur. Xonaqog‘ning gunbazi bisyor ulug‘ gunbazdur, olamda oncha ulug‘
gunbaz yo‘q deb nishon berurlar...yovuq bir yaxshi hammom solibtur, Mirzo
hammomig‘a mashhurdur...Yana bir oliy imorati Pushtai Ko‘hak dominasida
rasaddurkim, zich bitmakning olatidur. Uch oshyonliqdur. Ulug‘bek mirzo bu
rasad bila Ziji Ko‘ragoniyni bitibturkim, olamda holo bu zich musta’maldur”, –
deya ta’kidlaydi.
Mamlakatimiz yangilanish va yuksalish davrini
boshidan kechirayotgan
bugungi kunda tarix saboqlaridan kelib chiqadigan murakkab savollarga javob
topish har bir ijtimoiy fan vakilining fuqarolik burchidir. Zero, endilikda xalq,
millat va davlatning taqdiri faqat moddiy boyliklar bilan belgilanmaydi, uning
ma’naviy kuch-qudrati va salohiyati ko‘p narsani hal qiladi
341
.
Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish jarayoni insonga xos faoliyat turi hisoblanib,
uning zamirida ma’naviy-kognitiv konseptlar ifodalangandir. Ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish hayotiy turli ko‘rinishdagi qiyinchiliklar,
iqtisodiy muammolar hamda
jismoniy sog‘liqning yo‘qolishi natijasida dolzarblashib boradi. Ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish bevosita ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq holda rivojlanib bormoqda. Bu
borada Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi
kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz
o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni
egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz
o‘zgaradi”
342
.
O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi Oliy ta’lim yo‘nalishlari va
mutaxas-sisliklari klassifikatoriga kiritilib, 2004-yilda
Abdulla Qodiriy nomidagi
Toshkent Madaniyat institutida (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat
instituti tashkil etilgunga qadar bo‘lgan davrgacha), 2005-yildan boshlab esa
Samarqand va Farg‘ona davlat universitetlarida, 2010-yildan O‘zbekisont Milliy
universitetida “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, mamlakatimizda ijtimoiy ishni nazariy jihatdan rivojlantirish
borasida ham bir qator ilmiy izlanishlar asta-sekinlik bilan bo‘lsada amalga
oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, 2018-yilda professor M.G‘aniyeva ilmiy
rahbarligida tadqiqotchi A.S.Alekseyeva “O‘zbekistonda ijtimoiy ishning institut
339
Raxmonov D.A. Cultural Aspects of Social Services // International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol.
24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192. -P.6468-6472. https://www.psychosocial.com/article/PR2020632/27915/
340
Заҳриддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома.-Тошкент, 1990. –Б. 44.
341
Жакбаров М. ва б. Миллий ғоя-хавфсизлик ва барқарорлик омили.-Тошкент: Turon zamin ziyo, 2014.-
Б.124.
342
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январдаги Олий Мажлисга
Мурожаатномаси - http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-25-01-
2020
239
sifatida shakllanishi” mavzusida sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi va 2019-yilda tadqiqotchi D.Rahmonov professor R.Samarov
rahbarligida “O‘zbekiston ijtimoiy xizmat tizimini rivojlantirishning etnomadaniy
xususiyatlari” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilishganligi ijtiimoiy ish sohasi ilmiy-
metodologik asosini ma’lum bir ma’noda boyitish uchun xizmat qilganligini
ta’kidlash o‘rinlidir.
Hozirgi vaqtda Toshkent, Samarqand va Farg‘onada
talabalar amaliyotini
o‘tkazishning yangi modeli ishlab chiqilgan va o‘qitish tizimiga tadbiq qilingan.
Umuman olganda, ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis nazariy bilim olib va amaliy
ko‘nikmaga ega bo‘lib, ijtimoiy ish sohasida tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik
va amaliy ish olib borilmoqda. Xususan, o‘tgan vaqt oralig‘ida ijtimoiy ish
sohasini rivojlanitirish, sohani ilmiy-uslubiy, nazariy-uslubiy va tashkiliy
masalalar borasida amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Respublikamizda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ijtimoiy sohani rivojlanishi
va ijtimoiy ish sohasini mutaxassislarini xalqaro talabga javob beradigan darajada
tayyorlash asosiy maqsad va vazifa qilib belgilandi.
2006-2008-yillar mobaynida ijtimoiy ish bo‘yicha Milliy komandaning
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va BMTning O‘zbekistondagi
YUNISEF Bolalar jamg‘armasi ko‘magida “Ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash
dasturlarini tarqatish va O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” kasbini rivojlantirish”
loyihasi doirasida barcha institutsional muassasadagi mutaxassislar jahon
tajribasida keng qo‘llanilayotgan ijtimoiy ish sohasiga dahldor bo‘lgan
zarur
bilimlar bilan boyitishga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda (2008-yil)
“O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimining samarali modelini
rivojlantirish va mamlakatning boshqa hududlarida oila va bolalarni qo‘llab-
quvvatlash pilot xizmatini ommalashtirish” loyihasi doirasida Toshkent va
Samarqand shaharlaridagi oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati ko‘magida
Andijon va Buxoro shahri, shuningdek, Guliston viloyatida pilot xizmat tashkil
etildi. Shuningdek, ijtimoiy ish bo‘yicha qayta tayyorlash dasturini tarqatilishi va
“O‘zbekistonda “Ijtimoiy ish” kasbining rivojlanishi”
loyihasi doirasida amalga
oshirilgan qayta tayyorlash kursida 3-4 nafar oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash
pilot xizmati mutaxassislari ijtimoiy ishchi diplomiga ega bo‘ldilar. Uchinchi
bosqich (2009-yil) amalga oshirilib, “O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash
samarali modelini ilgari surish – oila va bolalarni qo‘llab-quvvatlash xizmati
modelini tadbiq etish” loyihasi barcha hududlarda Oila va bolalarni qo‘llab-
quvvatlash xizmati samarali modelini omalashttirish va himoya qilish, shuningdek,
boshqa jarayonlarni samarali boshqarish modelini ishlab chiqishga qaratilgan
chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy ish institutlari rivojlanishining tahlili, mazkur
institut uzoq tarixga ega bo‘lib, milliy an’analar va o‘zbek xalqiga xos mehr-
shafqat tuyg‘ulari shaklidagi o‘zaro yordamning kuchli potensialini o‘zida
birlashtirgan-ligini
ko‘rsatdi. Aynan ushbu jihatdan manzilli yordam
240
mexanizmlarini rivojlan-tirishda foydalanish zarur.
Bundan kelib chiqqan holda,
ijtimoiy ish institutlarining jadal rivojlanishi hamda, tezkorlik bilan muayyan
maqom kasb etishi uchun uning shakllanishdagi sotsiomadaniy va milliy-tarixiy
xususiyatlarini nazarda tutish zarur
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatchilar kasbiy va axloqiy
kodeksini yaratish borasida bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi «Keksalar,
nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy
xizmatlar to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli, 2017-yil 1-dekabrdagi «Nogironligi
bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF5270-sonli, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi
faoliyatni tubdan
takomillashtirish
choratadbirlari
to‘g‘risida»gi PF-5325-sonli Farmonlari,
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan 2017-2020-yillarga
mo‘lljallangan amaliy ish rejasi «Yo‘l xaritasi» va boshqa soha rivojiga oid
me’yoriy-huquqiy hujjatlar shular jumlasidir.
Bugungi kunda Ijimoiy ish xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik
va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2019-yil 11-noyabrda
tasdiqlangan
Do'stlaringiz bilan baham: