Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


qanday qilib ko‘proq lazzatlanish, qanday qilib



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

qanday qilib ko‘proq lazzatlanish, qanday qilib 
kamroq ishlash
– mana yo‘ldan ozgan inson tabiatining vazifasi... Toki inson bu 
tabiiy g‘aflat bilan kurashib, baxtli g‘olib bo‘lmas ekan, toki faoliyatda va faqat 
faoliyatda o‘ziga quvonch, o‘ziga lazzat topmas ekan, unga najot yo‘q”
197
.
Fixte inson ma’naviy taraqqiyotining uch bosqichi yoxud darajasini 
keltiradi; birinchisi – tashqi his-tuyg‘ular anglaydigan narsa-hodisalarni hissiy 
bilim nuqtayi nazaridan, haqiqiy, asl deb hisoblagan holda olamni idrok etish. U 
eng yuzaki idrok etish, dastlabki daraja. Ikkinchi darajadagi dunyoqarash nisbatan 
yuksak, undagi inson “hissiy bilim” nuqtayi nazaridan kechib olamni ma’lum 
qonun va tartib sifati-da anglaydi. Ana shu nuqtayi nazardan insonning ma’naviy 
hayoti boshlanadi. Bun-day nuqtayi nazar uchun qonun – birlamchi erkinlik va 
inson zoti-ikkilamchi. Chun-ki erkinlik qonuni erkinlik va erkin mavjudotlarni 
e’tirof etadi. Insonning ichki dunyosida namoyon bo‘lgan axloqiy qonun bu 
tizimda inson mustaqilligining yagona asosi hisoblanadi. Uchinchi bosqichda his 
etiluvchi dunyo bor-yo‘g‘i inson erkin harakatining doirasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Zero, u ‒ erkin harakat, shu harakat uchun obyekt zarurligini e’tirof etgani 
sababligina mavjud. Dunyoqarashning bu uchinchi xili haqiqiy va oliy axloqiylik 
nuqtayi nazaridir. Bu nuqtayi nazarning qonuni borini tartibga soluvchi emas, balki 
qandaydir yangilik yaratuvchi qonundir.
197
 Фихте. Несколько лекций о назначении учёного. Минск, Попурри, 1998. С. 57–58. 


154 
Olmon mumtoz faylasuflari orasida 
Fridrix Vilgelm Yozef Shelling
(1775-
1854) alohida o‘rin tutadi. Axloqiy masalalar asosan uning “Inson erkinligi va u 
bi-lan bog‘liq narsa-hodisalar mohiyati haqida falsafiy tadqiqot” (1809) asarida 
o‘rtaga tashlanadi. 
Shelling inson erki haqida fikr yuritar ekan, “Yovuzlik nima?” ‒ degan 
savol-ga to‘xtaladi. Qaysi diniga mansubligidan qat’iy nazar, odamlar ezgulikda 
komillikni, yovuzlikda esa cheklanganlikni, torlikni ko‘radilar. Biroq barcha 
dinlarda ham iblis hammadan cheklangan, tor, kenglikdan mahrum hisoblanadi, 
shu sabab uning faolligi va kuchi o‘ziga sig‘maydi. Bir xillar insonni tabaitan 
yovuz, boshqalar esa ezgulikka moyil deb hisoblaydilar. Shelling esa yovuzlikka, 
xuddi ezgulik kabi inson erkinligining mahsuli deb qaraydi. Barcha tirik 
mavjudotlar orasida faqat inson yovuzlik qilishga qodir. Ko‘pincha bu yovuzlikni 
u o‘z xohishi bilan, hammasini anglagan holda, mahorat bilan amalga oshiradi. 
Madaniyatli, o‘qimishli odam shunday yovuzlik o‘ylab topishi mumkinki, yovvoyi 
odamning u xayoliga ham kelmaydi, unga kuchi ham yetmaydi. Yovuzlik ibtidoiy 
jamoadan ko‘ra, zamonaviy jamiyatni kuchliroq dardga chalintirgan kasallik, 
yovuz kishilar miqyosi tobora kengayib, shakllari noziklashib borayotgani buning 
dalilidir. Xo‘sh, qanday qilib yovuzlikni yengish mumkin? 
Shelling insonning ma’naviy qobiliyatini uchga bo‘ladi: xulq, ruh, qalb. 
Xulq ruhiyatning mayllar va hissiyotlarni shakllantiradigan “qorong‘u”, 
anglanmagan tomoni. Ruh ongga bo‘ysinadi, bu o‘rinda aql hukmron. Qalb esa 
insonning eng oliy ruhiy iqtidori. San’at, falsafa, axloq va din ana shu qalbga 
taalluqli. Inson ikki tabiiy-lik ‒ zaminiy va ilohiy tabiiylikni ‒ moddiy va ruhiy 
dunyoni bog‘lab turuvchi halqa. Lekin u o‘ziga yuklatilgan vazifani bajarmadi; u 
tabiiyotini ruhga bo‘ysundirishi kerak edi, vaholanki, aksi ro‘y berdi – tabiiyotga, 
moddiyatga taaluqli ibtido inson ustidan hukmronlik qilmoqda, moddiyat Xudoga 
aylantirilmoqda. Barchasiga aybdor – insonning erkinligi. Insonning o‘z vazifasini 
bajara olmaganligini, eng avvalo, uning tabiat bilan bo‘lgan munosabatida ko‘rish 
mumkin; tabiiyot hayotining yaxlitligi buzildi. Ikkinchidan, yovuzlikning 
kuchaygani ham bundan dalolat beradi. Uchinchidan, o‘lim masalasi, inson 
tabiiyot bilan ruh orasida uyg‘unlik yo‘qligi uchun o‘limga mahkum. Insonda 
moddiy, jismoniy tabiiyot ustunligini, ayniqsa, davlatning mavjudligi ko‘rsatib 
turadi. To‘g‘ri, inson yolg‘iz yashay olmaydi. Lekin erkin mavjudotlarning haqiqiy 
uyushishi faqat Xudo dargo-hidagina amalga oshishi mumkin. Ularning tabiiyot 
nuqtayi nazaridan uyushuvi – davlat. Lekin oqilona davlatning bo‘lishi mumkin 
emas. Aflotun ideal davlati bor-yo‘g‘i shunchaki hazil. Toki odamlar haqiqiy 
ezgulikka yuz burmas ekanlar, urush bo‘laveradi. 
Shunday qilib, Shellingning fikriga ko‘ra, bilish, ilm-fan yovuzlikni yengishi 
uchun yetarli emas, ilmga axloqiy mo‘ljal zarur. Zero, u yovuzlikka ham xizmat 
qilishi mumkin.
Bu davrning mashhur axloqshunoslaridan yana biri buyuk mutafakkir 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish