Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

Barcha sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim 
lavozimiga quyidagi malakaviy talablar qo‘yiladi: 
483
 https://lex.uz/docs/4856349 


421 
oliy toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixo-
logik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan keyingi 
ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom 
va ijtimoiy sohada besh-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi; 
birinchi toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, 
psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat, magistratura yoki oliy ta’limdan 
keyingi ta’lim) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi 
diplom va ijtimoiy sohada uch-yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi; 
ikkinchi toifa – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, 
psixologik, yuridik) sohada oliy (bakalavriat) ma’lumot, ijtimoiy xizmat bo‘yicha 
qayta tayyorgarlik to‘g‘risidagi diplom va ijtimoiy sohada bir yildan kam 
bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi; 
toifasiz – ijtimoiy xizmat yoki muqobil (ijtimoiy, tibbiy, pedagogik, psixo-
logik, yuridik) oliy (bakalavriat) ma’lumotga ega bo‘lishi, ish staji talab 
etilmaydi
484

Ijtimoiy ishchilar vaziyatning ekspert baholash va aralashuvda birinchi o‘rinda 
e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgani – bular oila muhiti, oila va muhitning o‘zaro 
harakatda kelishganligi yoxud kelishmaganligini o‘rganishdir. Oila va ijtimoiy 
faoliyati sohasidagi E.Auersu-el’d (1968, 1971), K.Djermen (1973,1979), E.Xartman 
(1978), K.Meyer (1970) kabi mutaxassislar va boshqalar ishlab chiqqan ekologik 
tamoyillar hamda konsepsiyalardan o‘sib chiqqan bu yondashuv oila va uning atrof-
muhiti bilan o‘zaro aloqasi to‘g‘risida egiluvchan tasavvur yaratishga yo‘naltirilgan. 
Zaruriy bahoni ekologik xarita yordamida olish mumkin (E. Xartman, 1978). Ijtimoiy 
ishchi va oilaning asosiy maqsadi oila va uning muhitidagi kelishuvchanlikka erishish 
hisoblanadi, agar oilaga turli mahsulotlarga ega bo‘lish, xizmatdan foydalanish, 
ijtimoiy muhitga singib ketishida yordamlashilsagina erishish mumkin. Aralashuv 
strategiyasida e’tibor asosan atrof-muhitni o‘zgartirishga jalb etilishi kerak, ular 
orasida – mavjud imkoniyatlardan foydalanish va yangi imkoniyatlar, brokerlar xiz-
mati, oqlovchilar, shuningdek, oilalarga atrof-muhitdan eng yaxshi tarzda foydala-
nishga yordamlashadigan mutaxassislarni izlash kabi jihatlar muhim. Ijtimoiy 
ishchilarning ma’lumotlariga muvofiq (E.Pinderx’yuz, 1985; B.Solomon, 1976) 
oxirgi yillarda ko‘pchilik oilalar hayotidagi asosiy muammo himoyasizlik, zaiflik 
hisoblanadi. Oila bilan ekologik ishning asosiy maqsadi oila va uning muhiti orasidagi 
munosabatda o‘zgarish hosil qilish, ya’ni oila a’zolari o‘z hayotlarining asosiy 
sohalari ustidan nazorat va katta hukmronlikka ega bo‘lishlari hisoblanadi. Masalan, 
ba’zi yomon uyushgan oila ko‘pincha xuddi shunday – yomon uyushgan borliq va 
vaqtda yashay-dilar. Mutaxassis oila va uning muhiti orasida turg‘un o‘zaro 
munosabat mavjudligini aniqlab, oilaga uning atrofidagi tizimga quyidagi tarzda 
ta’sir ko‘rsatishda yordamlashishi mumkin: 
1) noteng yoki javobsiz munosabatni oshkor etib; 
2) mahsulot va xizmatlar to‘g‘risidagi muzokaralarni olib borib; 
484
 Ижтимоий ходимларнинг мақоми, вазифалари, функциялари ва малакавий талаблари тўғрисидаги 
Йўриқнома - https://lex.uz/docs/4856349 


422 
3) boshqa odamlar va ijtimoiy muhit bilan potensial tarzda murosa qilmaydigan 
zaif yoki noteng aloqalarni mustahkamlab; 
4) oilaga uni o‘rab turgan jamiyat va odamlarning afzalliklaridan 
foydalanishda yordam berib, masalan, vaqt va borliqni rejalashtirish yordamida; 
5) oila va oiladagi kelishuvni muayyan oilaviy tamoyillarni yaratish yordamida 
mustahkamlab. 
Bunday harakatlar muhitda bo‘lganidek, oilaning ichki olamini ham 
o‘zgartirishi mumkin (hiyla murakkab va qiziqarli namunalarni o‘rganish uchun 
E.Xartman va Dj.Leard kitobiga murojaat qilish kerak, 1983). 
O‘zgarishning ikkinchi juda muhim yo‘nalishi oilada ifodalangan avlodlar 
orasidagi aloqalar tizimi hisoblanadi. Inson va uning bugungi kundagi oilasiga 
ko‘p hollarda shunday aloqalar ta’sir ko‘rsatishidan kelib chiqilsa, bu ta’sirlarni 
o‘rganish oilaning bugungi holati va hayotini yuzaga chiqaradi. Keyin avlodlar 
orasidagi aloqalar, ularning imkoniyatlari ijobiy o‘zgarishga safarbar etilishi 
mumkin. Avlodlar orasidagi aloqalar to‘g‘risidagi axborot manbasi genogramma – 
oilaning bor tarixi aks etgan, qondoshlik aloqalari bilan oilaviy xarita hisoblanadi. 
Bunda xarita shu tarzda tashkil etilishi mumkinki, u bo‘yicha oila hayotidagi 
barcha asosiy hodisalarni kuzatish qiyin bo‘lmasin. 
Genogramma turli avlodlarning e’tiqodlari va qarashlari, hayotiy tamoyillari 
va oilaning atrof olamga qarashi tizimini aks ettiruvchi so‘rovnoma usuli bilan 
yaratiladi va kengaytiriladi. Etnografik tadqiqotlar usuliga o‘xshab so‘rovnoma 
usuli oila a’zolarini o‘zlari va o‘z olamlarini anglashlarida yordamlashuvchi 
oilaviy madaniyatni bilish va qo‘llab-quvvatlashga undashi lozim. Bunday 
so‘rovnomalar ushbu oilada ustuvor va hatto faqat bu oilaga tushunarli bo‘lgan 
muloqotning o‘ziga xos tili hisoblanuvchi oilaviy afsonalar, rivoyatlar, tamoyillar, 
ba’zi ramziy harakatlar, shuningdek, fikrlash tarzi va e’tiqodlarni diqqat bilan 
tadqiq etish imkonini berishi mumkin (Dj. Leard, 1984). Garchi tadqiqotning bu 
aspektlari har qanday oila uchun foydali bo‘lsa-da, ular ijtimoiy ishchi uchun 
alohida ahamiyatga ega. Chunki ular bu tadqiqotlar sharofati bilan hayotiy 
pozitsiyalar, har bir oilada deyarli turlicha bo‘lgan qadriyatlar tizimi to‘g‘risida 
ko‘proq bilib oladilar.
Ba’zi vaziyatlarda aniqlangan muammo ushbu oilaning yashab ketishini 
belgilovchi jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi mumkin (M.Selvini-
Palassoli va boshqalar, 1978). Bu sharoitda uni bartaraf etish bo‘yicha bevosita 
zo‘r berish oila a’zolariga uning butligiga xavf soluvchi bo‘lib tuyulishi mumkin. 
Bunday oilalar bilan ishlashda turli kuchlarni rag‘batlantirish uchun zaruriy 
o‘zgarishlarga olib keluvchi ijobiy konnotatsiyadan
(lotincha konnotatsiya ‒ con 
“birgalikda” + noto “belgi”)
foydalanish yetarlicha samarali hisoblanadi. Oila 
bilan ishlashda ko‘pgina mutaxassislar foydalanadigan va M.Selvini-Palassoli 
hamda uning hamkasblari tomonidan tasviriy san’atga kiritilgan ijobiy 
konnotatsiya oilani tizimni u qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga olib 
keladi. Ijobiy konnotatsiya yordamida oilaning qarshiligiga oson va tez barham 
berish mumkin.


423 
Mantiqqa mos kelmagan aralashuv turlicha amalga oshirilishi mumkin, 
biroq, odatda, u go‘yoki kontrparadoks bo‘ladi. Bu oila mutaxassisga mantiqqa 
mos kelmagan talab bilan murojaat etishi mumkin deganidir: “Simptomlarni 
o‘zgartiring, ammo bizning oilamizni o‘zgartirmang!”. Bu ikki o‘ta qarama-qarshi 
talab bo‘larkan, mutaxassis paradoksal vaziyatga tushib qoladi va uning javobi ular 
ifodalagan simptomlar oilaga qanday yordam berishi va uni qo‘llab-quvvatlashini 
ko‘rsatuvchi dalillar hisoblanadi, bunda mutaxassis o‘zgarishning ehtimoliy 
natijalari haqida ogohlantiradi. Oila paradoksalga qarshi vaziyatda turadi va 
yashashning noxush simptomlari hamda o‘zgarish xavfining muqarrarligi o‘rtasida 
tanlashi lozim. Bahsli vaziyatda doimo mavjud bo‘lgan uchinchi yo‘l shundan 
iboratki, unda mutaxassisning fikri tan olinmaydi, biroq bundan qochishga 
yordamlashuvchi ko‘plab strategiyalar mavjud.
Oila tizimi bilan ishlashda alohida e’tiborni tortuvchi masalalardan biri – 
hayotiy siklni o‘zgartirish hisoblanadi. Bunday har bir o‘zgarish oilaning 
uyushganligini izdan chiqaradi va qarshi harakatni chorlaydi. Bu ko‘pincha omonat 
hayotiy muvozanatni turg‘unlashtirish uchun mo‘ljallangan zaruriy o‘zgarishlarga 
qadam qo‘yishga qodir bo‘lmaslikdan sodir bo‘ladi. Dj. Xeyli (1980), masalan, o‘z 
yondashuvini yoshlari “uyni tashlab chiqib keta olmaydigan” oilalarga nisbatan 
qo‘lladi, E.Karter va M.Makgoldrik (1980) bu masalaga oilaviy hayot sikli 
to‘g‘risidagi o‘z ishini nashr etish bilan ulkan ilmiy hissa qo‘shdilar.
Italiyada birinchi marta oilaviy terapiya qo‘llangan. Mazkur ishning asosi 
patriarxal rol va majburiyat hisoblangan. Oila bilan tizim yoki yaxlit organizm 
sifatida ish olib borilgan. 
Qanday sinfga, irqqa va tuzilishga qarab turli oilaviy hayot turlicha qabul 
qilinadi. “Me’yor”dagi oila haqida gapirish qiyin, har bir oila o‘z muloqoti va 
qadriyatlari, xulqi o‘ziga xos namunaga ega. Shunda ekan, ijtimoiy ishchining 
vazifasi “Bu oila qanday yashayapti?” savolini tushunish. 
Ijtimoiy ish xodimi oilalar bilan ishlashda

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish