Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

486
 https://doi.org/10.1111/j.1536-7150.1954.tb02147.x; https://en.wikipedia.org/wiki/Robert_H._Jackson 


425 
b) patsiyentni kasalxonaga yotqizib davolash yoki alohida qilib qo‘yish 
ko‘pincha uning ahvoli yomonlashishiga olib kelgan, garchi uning kasallik 
simptomlari aynan oilada o‘zaro harakatning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan 
bo‘lsa-da, qarindoshlarining tashrif buyurishi bilan esa yaxshilangan;
d) ko‘pincha oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar aynan patsiyent 
yaxshi bo‘la boshlaganida yomonlashgan, chunki uning kasalligi oilaning 
birgalikda harakat qilishiga asos bo‘lgan.
7. Bu kuzatuv ko‘pgina shaxsiy-yo‘naltirilgan psixiatrlarini davolash 
tamoyilini qayta ko‘rib chiqish va tekshirishga undadi.
a) ular ta’kidladilarki, oilada patsiyentni qurbon sifatida qabul qilganlarida, 
ularga davoni belgilash va patsiyent holatini prognoz qilish osonroq bo‘lgan. 
Bunga quyidagilar imkon bergan:
♦ oilaning barcha a’zolari unga qurbon sifatida munosabatda bo‘lganlar;
♦ patsiyent o‘zini bemor, baxtsiz, azoblanuvchi rolida tasdiqlashga 
ko‘maklashgan.
b) ular patsiyent holatining ijobiy o‘zgarishiga to‘sqinlik qiluvchi 
ko‘chirmani yengib o‘tishdagi qiyinchiliklarni belgiladilar. Bunda ko‘chirma deb 
nomla-nuvchilar aslida patsiyentning sun’iy va xavotirlanuvchi sharoitda 
terapevtning axloqiga reaksiyasi bo‘lgan. Buning ustiga terapevtik vaziyat 
patsiyentga uni eski muammolardan xalos etib, biroq yangilarining paydo 
bo‘lishini qo‘zg‘atgancha zarar yetkazishi xavfi mavjud. Agar patsiyentning 
muayyan axloqi o‘zida ko‘chirmani aks ettiradi (ya’ni onasi va otasi bilan 
munosabatda unga xos bo‘lgan fe’l-atvorni yuzaga chiqarish), unda ehtimol 
terapevt uning oilasiga murojaat etgancha katta muvaffaqiyatga erishishi mumkin; 
d) ular s’yezdilarki, terapevt davolash jarayonida patsiyentning real 
hayotidan ko‘ra tasavvurlari olamiga ko‘proq qiziqadilar, u patsiyent hayotining 
shaxsiy versiyasini yaratadi va undan bu versiyaga mos tushuvchi axborotni 
olishga intiladi; 
e) ular bir patsiyentning turmush tarzini o‘zgartirishga intilgancha 
mohiyatan chidamli oilaviy o‘zaro munosabatlarning bor majmuyini o‘zgartirishga 
intiladilar.
Barcha bu dalillar patsiyentning o‘z holatini o‘zgartirishga emas, balki 
prinsipial tarzda uning butun oilasida yangi munosabatlarni o‘rnatishga intilishi 
zarurligi haqida so‘zlayapti. Aynan patsiyent birinchilardan bo‘lib oilaning 
turmush tarzini o‘zgartirishga uringan, biroq uning barcha kuchlanishlari oila 
tomonidan uning o‘ziga hiyla tanqidiy munosabatga olib keldi, xolos. Bu esa unda 
shaxsiy kuchiga ishonchsizlikni tug‘dirdi.
8. Bu yondashuv vakillarining fikriga ko‘ra, qachonki terapevtlar oilani bir 
butun yaxlitlikda ko‘rib chiqsalar, unda oilaviy hayotdagi og‘riqli simptomatikaga 
sabab bo‘layotgan aspektlarni (birinchi qarashda sezilmaydigan) ko‘ra olgan 
bo‘lardilar. Warren Brodey
487
er-xotinlarning “me’yoriy” qarindoshlar va simptom 
namoyon bo‘lganlar bilan turlicha muloqot qilishlari haqida gapiradi. 
“Me’yordagi” bola ishtirokida ota-onalar erkin, yengil va xavfsiz munosabatni 
487
https://dash.harvard.edu/handle/1/41127186 


426 
qo‘llashlari mumkin, biroq buni axloqida u yoki bu simptom namoyon bo‘lgan 
boshqa bola bilan ularning o‘zaro harakatlarini kuzatib, takrorlashlariga ishonish 
qiyin. Munosabat-larning patologik chizig‘i oilaning bundan birmuncha azob 
chekuvchi a’zolari bilan muloqotda kuchayadiganga o‘xshaydi. Va hodisalarning 
bunday keskin o‘zgarishi paradoksal bo‘lib tuyuladi.
9. Biroq psixik kasalliklarning shaxslararo tabiati nafaqat oilaviy terapiya 
tarafdorlari tomonidan ta’kidlandi, Sullivan
488
va From-Reicomano
489
kabi muta-
xassislar ham bu muammoga e’tibor qaratdilar. Oilaviy terapiya tamoyillarini 
ushbu kitobda taqdim etilgan shu ko‘rinishda ishlab chiqishda “Bolalar tarbiyasi” 
harakatining qatnashchilari faol ishtirok etdilar. Ular ham terapiyani oilaning bitta 
a’zosi bilan emas, balki butun bir oila bilan o‘tkazish zarurati haqidagi g‘oyani 
qo‘llab-quvvatlaydilar: 
a) ushbu yo‘nalish terapevtlari ikkita jarayondan iborat: ona va bola, va 
terapiyaning barcha seanslari shu ikkita patsiyentning birgalikdagi ishtirokida 
o‘tadi;
b) shuningdek, keng ko‘lamdagi tadqiqotlar natijasi terapevtik jarayonga 
otani ham jalb etish zaruratini aniqladi. Shunday bo‘lsa-da, bu tamoyil muayyan 
qiyinchiliklarni tug‘dirdi, chunki otaning terapiyaga qiziqishi shubha ostida edi.
Terapevtlar otaning ota-onalik tuyg‘usi onaning shunday tuyg‘usidan 
zaifroq, va agar bolaning axloqida og‘ish aniqlansa, unda xotin – bu oilaning 
yordamiga umid qilish mumkin bo‘lgan yagona a’zosidir. Otani o‘z farzandining 
psixik salomatligi uchun mas’ul ekanligiga ishontirish murakkablik kasb etadi. 
Ushbu yo‘nalishning klinik amaliyotida uning “onalik”ka yaqqol 
ifodalangan yo‘nalishiga qaramay, psixoterapevtik jarayonga doimiy ravishda 
“otalik”ni jalb etish zaruriyati yuzaga keladi. Biroq hatto terapevt bilan ishlashga 
ota jalb qilingan taqdirda ham bu yondashuv vakillari er va xotinni ularning er-
xotinlik munosabatlarini nazardan qochirgancha faqat bolaning ota-onasi sifatida 
ko‘rib chiqadilar. Er-xotinlik munosabatlarining keskinlashuvi ota-onalik 
munosabatlarida aks etishi haqida yuzakigina eslab o‘tilgan, xolos. Demak, Murray 
Boweo
490
so‘zlariga ko‘ra: Amaliyot ko‘rsatdiki, bunday ota-onalar hissiy jihatdan 
yopiq, patsiyentdan ko‘ra e’tiborni ko‘proq bir birlariga jamlaganlar, biroq ayni 
vaqtda patsiyent ularga muhtoj. Qachonki ota-onalardan qay biridir e’tiborini 
patsiyentga qaratsa, patsiyent tez va avtomatik tarzda inqirozga yuz tutadi. Ota-
onalar hissiy jihatdan yopiq bo‘lganlarida patsiyent ustidan o‘z “boshqaruv”larini 
muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Uni mumkin bo‘lgan axloq, jazo, o‘g‘il yoki 
istalgan har qanday “boshqaruvchi” ta’siri doirasida belgilangan qat’iy muomala 
vositasida nazorat qiladilar. Qachonki ota-onalar hissiy jihatdan tarqoq bo‘lsalar, 
ularning barcha “boshqaruvchi” ta’sirlari teng darajada samarasiz bo‘ladi.
10. Oilaviy terapevtlar otani individualdan ko‘ra oilaviy terapiya bilan 
qiziqtirish osonligini aniqladilar: 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish