Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

tugal yoki to‘liq oila 
deyiladi. Ularning biri oilada yashamasa yoki 
vafot etgan bo‘lsa, bunday oila 
tugalmas 
yoki
noto‘liq oila 
deyiladi. Oila 
a’zolarining qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga ko‘ra 
ishchilar, xizmatchilar, 
ziyolilar, tadbirkorlar oilasi 
va hokazolar bor. Oila a’zolarining miqdoriga ko‘ra 
oilalar shartli ravishda uch turga bo‘linadi: 
1. Kichik oilalar (2-4 kishi). 
2. O‘rta oilalar (5-6 kishi). 
3. Katta oilalar (7 va undan ortiq). 
Garchi har taraflama ta’rif murakkab konseptual va siyosiy masalalarni qo‘ysa-
da, oila bilan ishlash odamlarning o‘zlaridan kelib chiquvchi yoki oilaning ko‘p 
narsani qamrab olgan fenomenologik ta’rifiga asoslanadi va bu kontekstda tor ta’rif 
ham inobatga olinmog‘i darkor, deb hisoblaymiz. Agar ikki (yoki bir necha) odam oila 
sifatida qaraydigan, o‘zlari uchun mavjud bo‘lishning, odatda, umumiy hayotiy 
borliqni, Ikkinchi turdagi oila barcha odamlarda bor. Bu oila unda yaqin aloqalarga 
amal qilinishidan qat’iy nazar psixologik jihatdan muhim. Inson shunday oiladan 
paydo bo‘ladi. Oila a’zolari qondosh (yoki qondoshga yaqin), tik (avlodlar 
qarindoshligi) bo‘lganidek, yotiq qarindoshlik bilan ham bog‘liqdirlar; bunday oila 
barcha: tirik va o‘lik, yaqin va uzoq, mashhur va noma’lum qarindoshlarni 
birlashtiradi. Biz “qondosh(qarindosh)ga yaqin” deb gapiramiz, chunki turli oilalar 
va etnik guruhlar oilaning chegarasini o‘zlaricha belgilaydilar. Ba’zida odam 
birdan ortiq oiladan chiqadi, masalan, farzand qilib olish yoki ota-onalarning takror 
niqohdan o‘tishlari hollarida. Bugungi kunda oila tuzilmasi o‘zgardi va xiyla 
murakkab bo‘lib qoldi: bu qarindoshlik aloqalari va avlodlar orasidagi aloqalarga 
yoyiladi. 
Oila va bolalar bilan olib boriladiagan ijtimoiy ish majburiyatlar, turli-tuman 
rollar va vazifalar – oilaviy hayotning bir qismi deb hisoblash qabul qilingan 
barcha narsani bo‘lishadigan iliq dilkash muhitini yaratgan bo‘lsalar, oila mavjud, 
deb hisoblaymiz.
Oila muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy ishchi garchi “shaxs – 
muhit” ning bor majmuyi e’tiborga olinsa-da, biroq vaziyatni baholash jarayoni va 
aralashuvda birinchi o‘ringa oila yoki mijozning yaqin ijtimoiy muhiti qo‘yiladi. 
Ta’kidlanganidek, oila muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy xizmatchilar-
ning rollari va vazifalari “inson – oila – muhit” majmuyining qaysi tomoniga 
asosiy e’tibor qaratilishiga bog‘liq. Ko‘rinadiki, ijtimoiy ishchilar qandaydir 
muayyan bir “maktab”ning o‘ziga xos tarafdori emaslar, chunki yordam 
ko‘rsatishda ishning barcha usullari potensial foydalidir. Har qanday oilada tarixiy, 
tuzilmaviy, ekologik, kommunikativ va hatto afsonaviy jarayonlar bir vaqtning 
o‘zida sodir bo‘ladi. Ijtimoiy ishchilar ba’zi mezonlarga asoslangancha ushbu aniq 
holatda qaysi aspektlarga e’tibor qaratish lozimligini va oila bilan ishlash 
jarayonida bir aspektdan boshqasiga urg‘u berishni qachon ko‘chirishni tanlashlari 
mumkin. Biroq ijtimoiy ishchi muntazam ravishda o‘z ishining sifati va izchilligini 
kuzatib borishi zarur. 


407 
Bugungi kunda oila bilan ishlashning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud 
emas. Ko‘pchilik uni oilaviy terapiyaga tenglashtiradi va hatto oilaning barcha 
yoki bir necha a’zolarini bir butun holda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadigan alohida 
usullar bilan cheklaydi. Biroq oilalar bilan keng qamrovli ma’noda amaliy ish olib 
borish kelajak nuqtayi nazaridan belgilanadi. 
Oila bilan ishlashni insoniy mavjudotga ularning yaqin va ancha keng muhiti 
bilan munosabatlari doirasida yondashish, ularning yordamga bo‘lgan ehtiyojlari 
nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish sifatida ifodalash mumkin. Bunday yondashuv 
diqqat markaziga oilani qo‘yadi va uni “qiziqishning yagona predmeti” sifatida 
ta’kidlaydi. Bu aslo alohida inson nimagadir bo‘ysunishi kerak degani emas, bu 
hatto ijtimoiy ishchi butun oila bilan shug‘ullanishi lozim degani ham emas. Bu 
insonni tushunish va unga shu insonning o‘zi bir bo‘lagi bo‘lgan yaqin 
insonlarining hiyla umumiy tizimi kontekstida yordam ko‘rsatish mumkin, 
deganidir. Bunday tizimning eng muhimi, odatda, oila bo‘ladi. Bu yana shuni 
ko‘rsatadiki, oila insonni doimo uning yaqin muhiti bilan ko‘rib chiquvchi ijtimoiy 
ish qiziqishining an’anaviy doirasida turadi. Oila bilan ishlash na oila va uning 
a’zolari, na oilaviy turmush tarziga ta’sir ko‘rsatuvchi ancha keng muhiti bilan 
cheklanmaydi. U nafaqat oddiy odamlar uchun, balki oila mansub bo‘lgan hiyla 
yirik ijtimoiy kuch va tizimlar uchun ham ahamiyatli bo‘lgan odam, oila va 
yaqinlarining o‘zaro munosabati birmuncha muhim ekanligini ko‘zda tutadi. 
Shuning uchun u umumiy xarakter kasb etadi. 
Oila bilan ishlovchi mutaxassis katta miqdordagi rollarni ijro etishi va turli 
kattalikdagi tizimlar bilan ishlashi mumkin. U dastur muallifi ham, ijtimoiy 
analitik ham, agentlikda boshqaruvchi ham bo‘lishi mumkin. Biroq u diqqatni 
asosan alohida inson, oila yoki guruhga bevosita xizmat ko‘rsatishga jamlaydi. 
Oila bilan ishlash sog‘liqni saqlash, psixik salomatlik, bolalar farovonligi, 
gerontologiya, huquqiy tizim, mehnat faoliyati va albatta, oilaviy agentliklarni 
kiritgan holda ijtimoiy ishning turli sohalarida ham olib borilishi mumkin. 
Ba’zi amaliyotchi mutaxassislar oila bilan ishlashda asosiy e’tibor hozirgi 
vaqtga qaratilishini talab qilib turib olsalar, boshqalari aksincha, asosiysi avlodlar 
orasidagi aloqani o‘rganish, deb hisoblaydilar. Biroq ularning ko‘pchiligi doimo, 
hatto eng kam darajada bo‘lsa ham tarixga murojaat qiladilar, bu esa ularga oilaning 
ichki olamini tushunishda yordam beradi. Oilalar bilan muayyan kontekst va aniq 
maqsad asosida ishlaydigan ijtimoiy ishchilar ulardan kelib chiqib, avlodlar orasidagi 
aloqalar rolini tadqiq etishga qanday o‘rin ajratishni hal qiladilar. 
Ba’zi vaziyatlar o‘zgarishning asosiy maqsadi bo‘lishi mumkin bo‘lgan oilada 
tug‘iladigan munosabatlarni o‘rganish asosi deb hisoblanadi. Er-xotin juftligi, oilalar 
yoki odamlarning bir butun guruhi bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar ularga tadqiqotchi, 
ba’zida esa o‘z shaxsiy oilalari genealogiyasining haqiqiy eksperti bo‘lishlariga 
yordamlashadilar. Ular afsonalar, rivoyatlar, o‘z oilasining sirlarini o‘rganadilar, tarixiy 
xatolarni fosh etadilar va h.k. Bu turdagi tadqiqotlar natijasida mijozlar oila ichidagi 
mavjud munosabatlarni qanday o‘zgartirishni o‘rganadilar. Ijtimoiy ishchi mijozlarga 
axloqning turli imkoniyatlarini o‘rganishda yordamlashadi, oila a’zolari bilan 
munosabatni o‘zgartirishning turli strategiyalarini taklif qiladi, qo‘llab-quvvatlashni 


408 
ta’minlaydi va natijasini kuzatishga ko‘maklashadi. Hatto oila tarixini bunday 
chuqur o‘rganish talab etilmaydigan hollarda ham u bilan ba’zi tanishuvlar foydali 
bo‘ladi, agar oila kritik vaziyatga tushib qolsa yoki agar ijtimoiy ishchi muammoga 
duch kelgan ko‘pgina boshqa vaziyatlarda ham tezda hal bo‘ladi. 
Muayyan e’tiborni talab qiluvchi uchinchi yo‘nalish oila tizimining 
zamonaviy holati hisoblanadi. Aniq vaziyatdan chetga chiqqancha ijtimoiy ishchi, 
uning fikricha, oila bilan ishlashning diqqat jalb qilinishi zarur bo‘lgan aspektini 
tanlashi mumkin. Mijozning muammosini aniqlash uchun uning ehtiyoji, tajribasi, 
shuningdek, ijtimoiy ishchining tajribasi va nazariy asosi, uning muammolar, 
ularni yechish lozim bo‘lgan muddatlar, madaniy darajasi, oilaning qandaydir 
sinfga mansubligi, ijtimoiy xizmatlar bilan muloqotdagi ilgarigi tajribasi, oilaning 
tuzilmasi va boshqa ko‘plab tasavvurini inobatga olish zarur. Oiladagi o‘zgarishlar 
zaruriy hisoblanadi, agar: 
1) oila yomon uyushgan; 
2) oila va atrof olam yoki oila a’zolari, turli avlod, turli jins vakillari orasida 
kerak bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri chegaralar mavjud;
3) oilada iyerarxiyaning parchalanishi kuzatiladi; 
4) xato uchburchak yoki ittifoq yaratilgan, masalan, agar bola er-xotinlik 
tizimida kattalardan birining o‘rnini bosayotgan bo‘lsa. 
Ko‘pchilik oila va er-xotin juftligiga agar oilaviy muloqot jarayonida 
yetarlicha e’tibor ajratilsa, yordamlashish mumkin. Qat’iy tartibli yoki oila 
a’zolaridan biri ekstremal yoki shafqatsiz axloqli bo‘lgan oilani o‘zgartirish uchun 
asos yaratishda hiyla murakkab yondashuvlar zarur. 
Oila tizimining tuzilmaviy, tashkiliy va kommunikativ tomonlari kuzatish va 
boshqa usullar yordamida baholanadi. O‘z faoliyatining asosiy sohasi oila deb 
hisoblovchi ijtimoiy ishchilar mijozlar bilan muloqotda oilaviy aloqalarning 
stereotipiga ta’sir ko‘rsatishga urinarkanlar mijozlar bilan rasmiy uchrashuvlarda 
bo‘lganidek, uyga tashrif buyurishda ham faol va insoniy bo‘lishga intiladilar. 
Ijtimoiy ishchi oilaning o‘zligi kabi, atrof olamni ham yangicha his qilishiga muhit 
yaratishga harakat qiladi. Oilani tashvishga soluvchi muammoga yangicha 
yondashuv yordamida uning a’zolari o‘zlari va o‘z muammolariga yangicha 
qarashni boshlaydilar. 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish