Samarqand davlat universiteti isoqjon negmatov ijtimoiy ishning etik


 Himoya qilish (advokatlik). Mijozni mahalliy jamiyatga



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/320
Sana26.01.2023
Hajmi3,6 Mb.
#903183
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   320
Bog'liq
544380b408b004544d7b8cdc14ddc379 Ijtimoiy ishning etik professional qadriyatlari

3. Himoya qilish (advokatlik). Mijozni mahalliy jamiyatga
(qonun-qoidalardan xabardorlik) kiritish prinsipi,
mijozga imkoniyatlar yaratib berish 
Ijtimoiy ish xodimi mijozlarga turli xizmatlarni taqdim etadi. U alohida 
mijozlar uchun maslahat berishdan to terapevtik xizmat ko‘rsatish, oila, guruh, 
tashkilot va jiddiy ijtimoiy aksiyalarda ishtirok etish va tashkillashtirish 
vazifalarini amalga oshirish bilan tugaydi. Ijtimoiy ishning amaliy faoliyati, juda 
keng ko‘lamli bo‘lib, ular turli tashkilotlar: maktab, psixologik maslahat, uyda 
384
 http://xs.uz/uzkr/post/pandemiya-fuqarolarni-izhtimoij-qollab-quvvatlashga-nisbatan-munosabatni-ozgartiradi 


288 
tajovuzga duch kelgan insonlar, uy-joy masalalari bo‘limi, qamoqxona, bolalar 
joylashtiriladigan muassasalar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi. Ijtimoiy 
ish xodim bevosita o‘z mijozining himoyachi-advokat ham sanaladi.
“Ijtimoiy himoya: atamalar izohli lug‘ati”da advokatga quyidagicha ta’rif 
keltirilgan.
Advokat
(lot. ‒ yordamga chaqirish) 
‒ oliy ma’lumotli huquqshunos-
yurist, maslahat yoki advokatlar hay’atining a’zosi, sudda himoya qilish orqali 
malakali yuridik yordam ko‘rsatuvchi
385
. Advokat maslahatlar va yuridik masalalar 
bo‘yicha tushuntirishlar beradi: 
- qonunchilik bo‘yicha og‘zaki va yozma ma’lumot; 
- huquqiy tavsifdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar tuzish; 
- himoyachi; jabrlanuvchining, fuqaroviy da’vochining, fuqaroviy 
javobgarning vakili sifatida jinoiy ishlar bo‘yicha sudda va dastlabki tergov 
jarayonida ishtirok etish; 
- sudda, hakamlar sudida va boshqa davlat idoralarida fuqarolik ishlari 
hamda ma’muriy qonunbuzarliklar bo‘yicha ishlarda vakillikni amalga oshiradi. 
Vakil yoki himoyachi sifatida namoyon bo‘lar ekan advokat quyidagilarga huquqli 
hisoblanadi: 
- tegishli masalalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan barcha davlat va 
jamoatchilik tashkilotlarida yuridik yordam so‘rab murojaat etgan shaxslarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini yoqlaydi; 
- yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriy ma’lumotlar, 
tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni yuridik maslahat orqali davlat va jamoatchilik 
tashkilotlaridan talab qiladi, bu tashkilotlar belgilangan tartibda talab etilgan 
hujjatlarni yoki ularning nusxalarini berishga majburdir
386
.
Advokat o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga og‘ishmay va aniq 
amal qilishi, o‘ziga yuridik yordam so‘rab murojaat etgan fuqarolar va 
tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, qonunda 
ko‘zda tutilgan vositalar va usullarning barchasidan foydalanishi kerak. 
Advokatning, agar u muayyan ish bo‘yicha manfaatlari ish olib borish haqida 
iltimos bilan murojat etgan, manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga yuridik yordam 
ko‘rsatishi kerak bo‘lsa yoki avval yordam ko‘rsatgan bo‘lsa yoxud sudya, 
prokuror, tergovchi, iqrorlantirishni amalga oshirgan shaxs, ekspert, mutaxassis
tarjimon, guvoh, shuningdek, ishni tekshirish yoki ko‘rib chiqishda advokat bilan 
qarindoshlik munosabatidagi lavozimdor shaxs qatnashadigan hollarda yuridik 
yordam ko‘rsatish haqidagi topshiriqni olishga haqi yo‘q. 
Iste’molchilarning muhim huquqlaridan biri tovar(ish, xizmat)ning xavfsiz 
bo‘lishiga talab qo‘yish huquqidir. Tovar(ish, xizmat)ning xavfsizligi deganda
avvalo, ushbu tovar (ish, xizmat)dan foydalanish natijasida iste’molchiga hech 
qanday zarar (moddiy ziyon, ma’naviy zarar) yetmasligi kerakligi tushuniladi. Bu 
huquq bir qancha xalqaro hujjatlarda, jumladan, BMTning iste’molchilar huquqlari 
himoyasiga oid Rezolyutsiyasida Yevropa Kengashi (Soveti) tomonidan qabul 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish