Samarqand davlat universiteti “Inson resurslarini boshqarish” fakulteti 203-guruh talabasi Boltayeva Marjonaning Jahon iqtisodiyoti va XIM fanidan taqdimoti Germaniya… - Germaniya (nemischa: Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nemicha: Bundesrepublik Deutschland) — Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 83,149,300 kishi (2019-yilga koʻra). Poytaxti — Berlin shahri. Maʼmuriy jihatdan 16 yer (shtat) ga, yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga boʻlinadi.
Gerb
Bayroq
Germaniya xaritasi
Mustaqillik va aholisi - Rasmiy til(lar) Nemis tili
- Hukumat Parlamentlik Respublika
- Prezident Frank-Walter Steinmeier
- Kansler Angela Merkel
- Mustaqillik
- Germaniya imperiyasi birlashishi 18-yanvar 1871
- Germaniya Federativ Respublikasi: Gʻarbiy 23-may 1949
- GDR: Sharqiy Harbiy zonasidan 7-oktabr 1949
- Gʻarbiy van Sharqiy Germaniya birlashishi 3-oktabr 1990
Maydon
• Butun 357,021 km² (62-)
• Suv (%) 2,24
Aholi
• 2018 roʻyxat 83,019,200 (17- oʻrin)
• Zichlik 232/km²
YaIM (XQT) 2019- yil roʻyxati
• Butun $4.117 trillion (4-)
• Jon boshiga $49,692
Pul birligi Yevro (EUR)
Shior: Einigkeit und Recht und Freiheit
(Germancha: „Birlik va Huquq va Ozodlik“)
Madhiya: Das Lied der Deutschen, 3rd stanza
(Einigkeit und Recht und Freiheit)
Sanoati - Mashinasozlik nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qoʻngʻir koʻmir (dunyoda birinchi oʻrin), toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlik gʻoyat rivojlangan. Germaniya sanoati asosan oʻrta korxonalardan iborat. Sanoatda band boʻlgan barcha xodimlarning 32 % dan koʻprogʻi (2,2 million kishi) yirik firmalarda ishlaydi
Qishloq xo`jaligi - Germaniyada qishloq xoʻjaligiga yaroqli 36 million ga yer bor. U moʻl-koʻl yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi. Qishloq xoʻjaligining asosiy mahsulotlari: bugʻdoy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sabzavot va boshqalar. Chorvachilikda mol goʻshti, choʻchqa goʻshti, tovuq goʻshti va sut yetishtiriladi.
- Germaniya dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi boʻyicha AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Germaniya chetga asosan avtomobillar, stanoklar, mashinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr texnika va toʻqimachilik mahsulotlari oladi. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandlar, Belgiya, AQSh, Rossiya, Lyuksemburg. Pul birligi — nemis markasi.
Thank you for your attention!
Do'stlaringiz bilan baham: |