Bosh jurnal birinchi qatorida barcha schyotlar bo’yicha 1 yanvarga bo’lgan qoldiqlarning yozuvi bilan ochiladi. Kredit bo’yicha qoldiqlarning umumiy yakuniga teng bo’lgan debetli qoldiqlarning umumiy yakuni «Memorial-orderlar bo’yicha summa» ustuniga yozib qo’yiladi.

So’ngra bir oydagi barcha operasiyalar aks ettiriladi. Oyning oxirida barcha schyotlar bo’yicha bir oylik oborot summalar va kelgusi oyning birinchi kuniga qoldiqlar hisoblab chiqiladi. Bir joyda yig’ib chiqilgan bunday ma’lumotlarning mavjudligi sintetik schyotlar bo’yicha oborot vedomostlarni tuzishdan ozod qiladi.
Bu shakldagi analitik hisob odatda daftarlarda yuritiladi. Sintetik hisobning analitik hisob bilan solishtirib tekshirish oborot vedomostlar yordamida amalga oshiriladi, hisobotni tuzish uchun esa ma’lumotlarni tanlab olish va qo’shimcha hisob-kitob qilinadi. Shunday qilib, Bosh daftar shaklidagi hisob yuritish texnikasi memorial-order shaklidan sintetik hisob registrining tuzilishpdan tashqari, qyech narsa bilan farq qilmaydi.
Hisobning bu shaklining asosiy afzalligi - xronologik hisob bilan tizimli hisobning bir martalikda olib boriladigan bosh schyotlari daftarining tarkibiy tuzilishidir.
Bu daftarda schyotlar bir varaqning betida joylash-tirganligi tufayli juda yaqqol va osonlik bilan kuzatiladi.
Bu daftarda schyotlar bir varaqning betida joylash-tirganligi tufayli juda yaqqol va osonlik bilan kuzatiladi.
Hisobli ro’yxatga olish texnikasi uncha katta malakani talab qilmaydi. Shu afzalliklarning barchasi bu shaklning, ayniqsa, yuqori malakali hisob xodimlariga ega bo’lmagan fermer xo’jaliklarilarda keng tarqalishiga olib keladi.
Lekin Bosh jurnal kitobi ba’zi kamchiliklarga ham egadir. Schyotlar ko’p bo’lgan holda u axborotni qo’lda ishlash sharoitida beso’naqay va noqulay bo’lib qoladi.
Qo’shimcha varaqlardan foydalanish operasiyalarini qiyinlashtiradi va summalarni tegishli bo’lmagan boshqa schyotlarga yozib qo’yishdan iborat bo’lgan xatolarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun Bosh jurnal daftarini yuritish uchun mumkin bo’lgan schyotlarning soni 20 - 25 tadan oshmasligi lozim. Bosh jurnal shakliga kelsak, memorial - order shaklida qanday kamchiliklar bo’lsa, unga ham shu kamchiliklar bo’lishi mumkin.