Memorial-orderlar ro’yxatga olingandan keyin operasiyalarni Bosh daftarga yozish uchun ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa qaralsin) har bir schyotni har bir korrespondensiyalanuvchi schyot bo’yicha oborot summalarni yozish uchun ajratiladigan ustunlarga bo’lingan holda, ya’ni shaxmat tamoyili bo’yicha tuziladi.

Unda faqat joriy oborotlar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha saldo chiqarilmaydi. Bosh daftar asosida sintetik hisob schyotlari bo’yicha oborot vedomost tuziladi. Bunda Bosh daftarni tarkibiy tuzilishi shaxmatli oborot vedomostni tuzishni yengillashtiradi, chunki shaxmatli vedomost bevosita har bir schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi.
Hisob rsgistrlariga, ayniqsa sintetik hisob registrlariga yozuvlarni tayyorlashni ko’p martalik va guruhlovchi vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi.
Hozirgi paytda hisobni memorial - order shaklida yuritishda PEHMdan keng miqyosda foydalansa bo’ladi.
Memorial - order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning registrlari o’zining tarkibiy tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish osonlik bilan belgilanadi. Hisob yozuvlarinint texnikasi uncha qiyin emas va tez o’zlashtiriladi. Shu munosabat bilan bu shakl yuzaga kelgan birinchi yillarda u hisobchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzalliklarga ega bo’lgan.

Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muammolari bo’lgan analitik hisobning qo’polligi, uning sintetik hisobdan orqada qolishi, hisobotni hisob registrlari ma’lumotlari bo’yicha bevosita (qo’shimcha hisob - kitoblar va tanlab olishsiz) tuzish, yozuvlarini yuritishning ishchi amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik operasiyalarini aks ettirishni tartibga solish (reglamentasiya) kabi masalalarini yecha olmadi. Bu kamchiliklarning barchasn deyarli jurnal - order shaklida bartaraf qilingan edi.
Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh jurnal» shaklidir. «Bosh jurnal» shaklining memorial - order shaklidan birgina farqi shundaki, sintetik hisob registrining tarkibida bitta ochilgan varaqning betida ham xronologik, ham tizimli (sistematik) yozuvlar bir martalikda olib boriladi. Bu registr, odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi.