119
Davlat spirtli mahsulotlarga monopol ―aksiz‖ narxlarini va transport
tariflariga,
xizmatlarga, aloqaga boshqa qator tovarlarga narxlarni, bojxona
tariflarini belgilaydi.
Davlatning narxga ta‘sir etish shakllaridan biri —
bu davlatning ishlab
chiqarish xarajatlariga va u orqali narxga ta‘sir etishidir. Bunga tezlashtirilgan
amortizasiya xarajatlari usulini misol qilib keltirish mumkin. Davlat narx
shakllanishiga, ishlab chiqaruvchi yoki xaridorga
davlat tomonidan maxsus
qo‘shimcha to‘lab berish yo‘li bilan narxlarni pasaytirishi nazarda tutiluvchi narx
subsidiyasi orqali ham ta‘sir ko‘rsatadi. Narxni tartibga solishda davlatning qat‘iy
o‘rnatgan narxlari, davlat tomonidan buyurtma qilingan ishlab chiqaruvchilar
mahsulotiga narxlar muhim o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarishni narx, dotasiya va subsidiya orqali tartibga solishda davlatning roli juda
yuqoridir. Davlat narx darajasi va narx barqarorligi mutanosibligini qo‘llab-
quvatlaydi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda bozor
tebranishini yumshatish
maqsadida davlat tomonidan anchagina resurslar agrar sohaga yo‘naltiriladi.
Narxlar,
qo‘shimcha to‘lovlar orqali mahsulot ishlab chiqaruvchilarni
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishlarini amalga oshirishlari darajasida davlat
fermerlik narxlarini qo‘llab-quvatlaydi. Shu yo‘l bilan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi va hajmi tartibga solinadi.
Yevropa mamlakatlarida narxlarni davlat tomonidan
tartibga solish tizimi
juda ham bir-biriga yaqin. Bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining alohida turlariga
narxlarni tebranishining yuqori va quyi chegaralarini o‘rnatish hisoblanadi.
Ko‘pgina korxonalarning mutaxassislari o‘zlari ishlab chiqargan mahsulot
(ish, xizmat)lar uchun narxni mustaqil ravishda belgilaydilar. Bozor munosabatlari
sharoitida narxlashtirish juda murakkab jarayon bo‘lib, tashqi (kichik
korxona
faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan) va ichki (kichik korxona faoliyatiga bog‘liq
bo‘lgan) omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
– mamlakatdagi siyosiy barqarorlik;
– iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmi;
– turli axborotlarning ochiqligi va foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
– talab inflyasiyasi va xarajatlar inflyasiyasi;
– o‘xshash mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasidagi
raqobat;
– erkin bozor sharoitlarida kichik korxonalar uchun zarur bo‘lgan moddiy,
mehnat, axborot, moliyaviy va shu kabi resurslar taqchilligi;
– mahsulot (ish, xizmat) iste‘molchilari xarid qobiliyatining pastligi.
Ichki omillarga quyidagilar kiradi:
– ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish xizmat)larning xususiyati – qanchalik
sifatli, qayta ishlash darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning narxi ham shunchalik
yuqori bo‘ladi;
– ishlab chiqarishning texnik, tashkiliy,
iqdisodiy va boshqa jihatlari, ya‘ni,
mahsulot yakka tartibda va mayda seriyali ishlab chiqarishga xos bo‘lsa, tannarxi
yuqori, aksincha ommaviy ishlab chiqariladigan bo‘lsa past bo‘ladi;
120
– mahsulot (ish, xizmat)larning hayotiylik davri (alohida olingan tovarlarning
bozorga kirib kelishdan chiqib ketishigacha bo‘lgan davrda bozor tendensiyalarini
ifodalovchi model) ning davomiyligi;
– ishlab chiqarish jarayonining harakatchanligi yoki moslashuvchanligi;
– ishlab chiqaruvchining nufuzi;
– reklama, u qanchalik mukammal, yorqin va muvaffaqiyatli amalga oshirilsa,
tovarning narxi yuqori bo‘lishi mumkin;
– ishlab chiqaruvchining bir yoki bir necha bozor segmentlarida bozor
taktikasi va strategiyasi;
– mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqaruvchidan iste‘molchiga
qadar
siljitishning davomiyligi.
Kichik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat)lar uchun
mustaqil narxlashtirish uslubiyati ishlab chiqilishi lozim. bunda mutaxassislar
tomonidan taklif qilinayotgan quyidagi rasmga asoslanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: