Davlat byudjetining huquqiy asoslari



Download 389,18 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi389,18 Kb.
#794161
Bog'liq
Behruz Dilaro Tulieyeva


Davlat byudjetining huquqiy asoslari
Reja:

  1. KIRISH.

  2. Davlat byudjetining ijtimoyi- iqtisodiy mohiyati va ahamyati.

  3. Byudjet tuzulmasi byudjet tizimi va hususiyatlari.

  4. Davlat byudjetining daromatlari va harajatlari.

  5. Xulosa.

O’zbekiston respublikasi mustaqillikga erishgan dastlabki kunlardan


Boshlab ijdimoyi yo’nalgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byujeting o’rni va roli juda muximdir. Chunki , davlat daromatlarini va harajatlarini tartibka solishda aholi turmush darajasini oshirishda,isglab chiqarishni rag’batlantirishda bevosita byudjet tizmiga tayanadi.Byudjet siyosati har bir mamlakatning, jumladan MDH davlatlarining ijdimoiy iqdisodiy rivojlanishi istiqbollariga muvofiq, iqtisodiy o’sishni ta’minlash vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi.Davlat byudjetining to’ri va oqilona tashkil etilishi nafaqat mamlakat makro iqdisodiy barqarorligini ta’milashga, balki xo’jalik sub’ektlarining iqdisodiy faoliyatiga va aholi turmush darajasiga har tomonlama ta’sir etish orqali mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga hizmat qiladi.
Keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar bilan bir qatorda MDH mamlakatlari iqtisodiyotida ijdimoyi himoya masalalaring qishloq ho’jalik sub’ektlarini davlat tomonidan qo’llab quvatlash, sitrategik sanoat korhonalarini davlat mablag’lari hisobidan moliyalashtirish.
Davlat byujeti har yillik mamlakat Oliy majlisning sessiyasida ko’rib chiqadi va tastiqlaydi. Davlat byudjeti milliy daromatining kata qismi markazlashtiradi. U taqsimoti va ishlab chiqarish kengaytirish va boshqa ijdimoiy ehtiyijini qondirish uchun yo’naltiriladi. Bularning hammasi davlat budjeti daromatlari o’z vaqtida to’la kelib tushishi va davlat mablag’lari maqsadi sarflanishi taqazo qiladi. Buni to’g’ri tashkil qilingan davlat budjeti ijrosi jarayonining buxalterya hisobiga ta’minlash mumkin.
Byudjet hisobiga davlat budjeti ijrosining buxlaterya hisobidir.
Budjet hisobi davlat budjeti ijrosi bilan bo’liq bo’lagan hamma operatsiyalarni qamrab oladi va maskur ijri jarayonida budjetnining holatini tavsiyalanish ta’minlaydi. Byudjet hisobi orqali xalq xojaligi hamma tarmoqlarining davlat byudjeti bilan o’zaro aloqasi aks ettiradi.Buxalterya hisobi vositasida bank muassasalaridagi hisob varaqalaeida byudjetning pul mablag’lari daromatlari va harajatlari, hisob kitoblardagi mablag’lari, byujed ijrochisi jarayonida tashkil qilinadigan fondler va zaxiralar hamda byudjet tashkilotlarinning moddiy qiymatlari aks ettiradi. O’zbekiston Mustaqillikka erishgandan so’ng, xo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzulmasining shaklla­nishi va rivojlanishi mamlakat xo’jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan huquqiy asosni yaratishni talab etdi. Undan tashqari, jahondagi glaballashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan O’zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat byudjeti va byudjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so’nggi ijobiy natijalarni ko’zla­gan holda muvofiqlash­tirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish talab etilmoqda21.
Bizga ma’lumki, mamlakatda sodir bo’layotgan har qanday jarayonlar tegishli qonuniy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi. Bosh hujjat esa – bu O’zbekiston Ruspublikasining Konstitutsiyasidir. Byudjet munosabatlarini tartibga solib turuvchi asosiy qonuniy hujjat ham Konstitutsiya hisoblanadi. Davlat byudjeti bilan bog’liq bo’lgan barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar ham Konstitu­tsiya bilan belgilab qo’yilgan normalar asosida ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Davlat byudjeti va uning tuzilishi bilan bog’liq normalar Konstitutsiyaning XXV bobida “O’zbekistonning Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iborat” 22 ekanligi belgilab quyilgan.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mos huquqiy bazaga tayanishi lozim. Shu sababli yangi qonunlar turkumini ishlab chiqish zaruriyati tufayli O’zbekistonda iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qator qonunlar qabul qilindi. Bunday qonunlar avvalgi “markazlashtirilgan rejali tizim ruhi bilan sug’orilgan”, haddan tashqari mafkuralashtirilgan, xalqaro me’yorlar va qoidalarning talablarini inkor etuvchi sovet davri qonunlarining o’rniga keldi va yosh mustaqil davlatimizning huquqiy demokratik yo’ldan og’ishmay ravnaq topishi uchun xizmat qila boshladi.
O’zbekiston Respublikasi byudjet qurilishi, byudjet tizimining amal qilishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining barcha darajalaridagi (markaziy, hududiy va mahalliy) byudjet borasidagi vakolatlari byudjet qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
Byudjet qonunchiligi – byudjet munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solib turishga xizmat qiluvchi barcha qonuniy va me’yoriy-huquqiy hujjatlar yig’indisi. Huquqiy me’yorlarning mazmunidan kelib chiqqan holda, byudjet qonunchiligini bir necha darajaga ajratish mumkin:
1-daraja – O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi - byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2-daraja – O’zbekiston Respublikasi hukumatining (Vazirlar Mahkamasining) byudjet masalalaridagi qarorlari.
3-daraja – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyruqlari, farmoyishlari va byudjet sohalariga taalluqli bo’lgan boshqa me’yoriy hujjatlari (Nizomlar, Yo’riqnomalar, Qoidalar)
4-daraja – mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlari (Masalan, tegishli viloyat, tuman (shahar) mahalliy byudjeti parametrlarini tasdiqlash to’g’risidagi Xalq deputatlari Kengashlarining va hokimlarinig qarorlari).
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslangan va O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, “Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjet huquqlari to’g’risida”gi, O’zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan “Davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuni va byudjet masalalari bo’yicha boshqa qonuniy va normativ xujjatlardan tashkil topgan.
O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasini isloh qilish bo’yicha muhim qadamlardan biri 2004 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida”gi 664-II sonli Qonunining qabul qilinishi bo’ldi. Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalarining) va byudjet tashkilotlari byudjet­dan tashqari mablag’larining g’azna ijrosi sohasidagi munosabatlarini tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunda davlat byudjeti g’azna ijrosini tashkil etish va g’aznachilik faoliyati bilan bog’liq holatlar o’zining huquqiy asosiga ega bo’ldi.
Keyingi yillarda ham davlat byudjeti g’azna ijrosining me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 69-sonli (04.08.2009) buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2007-raqam (16.09.2009) bilan ro’yxatga olingan “Davlat byudjetining g’azna ijrosi Qoidalari”ning qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi. Mazkur “Qoidalar” O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna hisobvaraqlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Xususan, ushbu “Qoidalar” muqaddam amal qilib kelgan bir qator me’yoriy xujjatlarni o’zida mujassamlashtirdi va G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartiblarini belgilab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, mazmuni va ahamiyati

Davlat byudjetining daromatlari va harajatlari Davlat byudjetining daromatlari va harajat



O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat . 1.Byudjet tizimining yagonaligi printsipi – byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi.
2. Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi printsipi – byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Ushbu printsipga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o’z byudjetiga ega bo’lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo’g’inini tashkil qiladi.
3. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi printsipi – byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak. Bu printsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet(respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishini, shu bilan birga, byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya’ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun turli darajadagi byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish printsipiga ko’ra, byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
5. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan, yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko’zda tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
6. Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi printsipi har bir byudjet o’z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo’nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma’lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo’yilganligi bilan izohlanadi.
7. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi printsipi byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida o’z byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu printsip “natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish” talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo’lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiyiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka yo’naltirilganligi bilan izohlanadi
8. Kassaning yagonaligi printsipi byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Moliya vazirligi G’aznachiligining Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu printsipning amal qilishi davlat byudjeti mablag’larining hajmi va harakati to’g’risida tezkor axborotlarga ega bo’lish, byudjet mablag’larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.
9. Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida jamiyatning ko’pchilik a’zolari – yuridik va jismoniy shaxslar bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag’lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, ma’muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan tartibga solinadi.
10. Ochiqlik printsipi davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va 27 ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini), byudjet ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, mahalliy byudjetlar daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
1) Belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlaridan ajratmalar;
2) Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
3) Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) Bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) Boshqa daromadlar.
Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma’lumki, mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajadasining turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatining boshlang’ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o’z fuqarolari farovonligining barqaror o’sishini ta’minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash orqali erishiladi. O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining “Byudjetlararo munosabatlar” deb nomlangan alohida bobida byudjetlararo munosabatlarning huquqiy asoslari o’z aksini topgan. Davlat byudjetining mablag’lari turli darajadagi byudjetlar o’rtasida byudjet transfertlari shakllari asosida qayta taqsimlanadi. Byudjet transfertlarining Byudjet Kodeksi bilan belgilab berilgan quyidagi shakllari amalda qo’llaniladi: subvensiyalar - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari; o’tkazib beriladigan daromadlar - tegishli ma’muriy-hududiy birlikda (masalan, biror tuman, shahar yoki viloyat hududida) shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o’tkaziladigan, keyinchalik ular qayerda shakllangan bo’lsa, o’sha ma’muriy-hududiy birlik byudjetiga o’tkazib beriladigan daromadlar; dotatsiyalar - byudjet tizimi byudjetlariga ularning o’z daromadlari yetishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o’rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari; byudjet ssudalari - qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga ajratiladigan pul mablag’lari; Byudjetlararo munosabatlar turli darajadagi byudjetlar (masalan, respublika byudjeti bilan viloyat byudjeti) o’rtasidagi, shuningdek, davlat byudjeti bilan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari o’rtasidagi tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir. 30 o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar - moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o’zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o’rtasida yuzaga keladigan o’zaro pul munosabatlari. Respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet subvensiyalari va dotatsiyalari Byudjet Kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalarning miqdori quyidagilarga bog’liq:  hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o’z daromad bazalarining mustahkamligiga;  hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa umumdavlat vazifalari va dasturlari ko’lamiga;  hududlar bo’yicha tovar(ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;  hududlardagi aholi soniga;  ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning byudjet ajratmalariga bo’lgan ehtiyojiga;  hududlar o’rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun hisobga olinadigan boshqa omillarga. Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy byudjetlar rioya qilishi lozim bo’lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko’ra, balanslashgan daromadlar va xarajatlar tizimiga ega bo’lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning haqiqatdagi taqchilligiga yo’l qo’yilmasligi lozim. Bundan tashqari, Byudjet Kodeksi bilan mahalliy byudjetlar uchun quyidagi cheklovlar o’rnatilgan, ya’ni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda quyidagilarga yo’l qo’yilmaydi:  mablag’lar jalb qilishni amalga oshirish, bundan yuqori turuvchi byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno;  tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag’lardan ortiq xarajatlarni amalga oshirish;  tegishli byudjetlar mablag’lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berish;  yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari berish. Shunday qilib, “Byudjetlararo munosabatlar - byudjet mexanizmining muhim ajralmas elementi bo’lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o’rtasida markaziy boshqaruv tomonidan barcha moliyaviy oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida huquq va majburiyatlarni o’zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat byudjetida jamlangan pul mablag’larining bir qismini ushbu subyektlar o’rtasida qayta taqsimlanishini o’z ichiga oluvchi munosabatlarni anglatadi”
Davlat budjetining buxgalteri hisobi, budjetga daromadlar tushumi ustidan, har bir soliq to‘lovchi tomonidan budjetga to'lovlami o‘tkazishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi. Budjet daromadlari asosan bank muassasalariga tushadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya organlari bank muassasalari tomonidan daromadlar tushumlarini respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘g‘ri o'tkazayotganligini kuzatib boradi. Yil boshiga qadar moliya organlari bank muassasalariga har bir tuman yoki shahar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlaming ro‘yxati va ulardan undiriladigan to'lovlar ro‘yxati, bu toiovlar qaysi budjetga va budjet tasnifining qaysi bo‘limiga to‘lovlar o'tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi. Bir vaqtning o‘zida bank muassasalariga har yili umumdavlat soliqlari va daromadlarining taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy budjetlarga qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi. Moliya organlarida budjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya organining buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa soliq organlari olib boradi. Moliya organining buxgalteriya xizmati faqat mazkur budjetning daromadlarinigina hisobga olib boradi. Moliya organi fimksiyalariga barcha daromadlaming, qaysi budjetga kelib tushishidan qat’iy nazar, hisoblanishi, kelib tushishi, hisobga o‘tkazilishi va qaytarilishini hisobga olish kiradi. Soliq organi daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy schyotlar olib boradi, budjetga tushgan daromadlaming tezkor ma’lumotlarini aniqlaydi. Budjet daromadlari turli hujjatlarga asosan budjet tasnifi bo‘yicha hisobga olinadi. To‘lov hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming to‘lovchilarini aniqlash imkonini beradi. Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘i bo‘yieha bank muassasasining ko‘chirmasiga ilova qilingan to‘lov hujjatlari, mazkur budjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Mahalliy moliya organi faqat mazkur budjetga tushgan daromadlarinigina emas, balki respublika budjetiga o‘tkaziluvchi daromadlarni ham nazorat qiladi. Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi budjetga tushishidan qat’iy nazar barcha daromadlar hisobvaraqlari bo‘yicha ko'chirmalami ham mahalliy moliya organlariga jo'natadi. Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan ko‘chirmani bank muassasasi moliya organiga har kuni, rcspublika budjetining hisobvarag‘i ko‘chirmalarini esa-har hafta yoki undan uzoqroq muddat oralig‘ida va har oyning 1-kuniga jo ‘natishga majburdir. Moliya organining budjeti bo‘yicha buxgaltcriya xizmati bank muassasasining mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan olgan ko‘chirmalaming to‘g‘riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan hujjatlar ma’lumotlari bilan solishtirish yo‘li orqali tekshiradi. So‘ng, daromad turlari bo‘yicha hujjatlami gumhlab, mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'iga tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnomani tuzadi. Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. Daromadlar unga budjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy summalarda yoziladi. Ma’lumotnoma asosida memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari bo‘yicha «Boshjumal» kitobiga va analitik hisobning schyotlari bo‘yicha «Daromadlar» kitobiga yoziladi. Bundan so‘ng to‘lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari tegishli soliq organlariga daromadlar va soliqlar toMovchilar bilan hisobkitoblar hisobida qayd qilish uchun beriladi. Respublika budjetining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma to‘lov hujjatining ikkinchi nusxasi bilan moliya organiga kelib tushadi, so‘ng to'lovchilaming shaxsiy schyotlarida qayd qilish uchun tegishli soliq organiga yuboriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oylik hisoboti 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida respublika budjeti daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjetining buxgalteri hisobi, budjetga daromadlar tushumi ustidan, har bir soliq to‘lovchi tomonidan budjetga to'lovlami o‘tkazishi ustidan tizimli nazoratni ta’minlash vazifasini bajaradi. Budjet daromadlari asosan bank muassasalariga tushadi. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanib, moliya organlari bank muassasalari tomonidan daromadlar tushumlarini respublika budjeti va mahalliy budjetlarga to‘g‘ri o'tkazayotganligini kuzatib boradi. Yil boshiga qadar moliya organlari bank muassasalariga har bir tuman yoki shahar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tashkilotlaming ro‘yxati va ulardan undiriladigan to'lovlar ro‘yxati, bu toiovlar qaysi budjetga va budjet tasnifining qaysi bo‘limiga to‘lovlar o'tkazilishi kerakligi to‘g‘risida xabar beradi. Bir vaqtning o‘zida bank muassasalariga har yili umumdavlat soliqlari va daromadlarining taqsimlanish hajmlari va bu soliq va daromadlardan mahalliy budjetlarga qilinadigan ajratmalar hajmlari haqida xabar beradi. Moliya organlarida budjet daromadlarining buxgalteriya hisobini moliya organining buxgalteriya xizmati olib boradi, ulaming tezkor hisobini esa soliq organlari olib boradi. Moliya organining buxgalteriya xizmati faqat mazkur budjetning daromadlarinigina hisobga olib boradi. Moliya organi fimksiyalariga barcha daromadlaming, qaysi budjetga kelib tushishidan qat’iy nazar, hisoblanishi, kelib tushishi, hisobga o‘tkazilishi va qaytarilishini hisobga olish kiradi. Soliq organi daromadlar turlari bo‘yicha shaxsiy schyotlar olib boradi, budjetga tushgan daromadlaming tezkor ma’lumotlarini aniqlaydi. Budjet daromadlari turli hujjatlarga asosan budjet tasnifi bo‘yicha hisobga olinadi. To‘lov hujjatlari tushgan daromadlaming turlari va ulaming to‘lovchilarini aniqlash imkonini beradi. Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag‘i bo‘yieha bank muassasasining ko‘chirmasiga ilova qilingan to‘lov hujjatlari, mazkur budjet daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Mahalliy moliya organi faqat mazkur budjetga tushgan daromadlarinigina emas, balki respublika budjetiga o‘tkaziluvchi daromadlarni ham nazorat qiladi. Shuning uchun bank muassasasi unga qaysi budjetga tushishidan qat’iy nazar barcha daromadlar hisobvaraqlari bo‘yicha ko'chirmalami ham mahalliy moliya organlariga jo'natadi. Mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan ko‘chirmani bank muassasasi moliya organiga har kuni, rcspublika budjetining hisobvarag‘i ko‘chirmalarini esa-har hafta yoki undan uzoqroq muddat oralig‘ida va har oyning 1-kuniga jo ‘natishga majburdir. Moliya organining budjeti bo‘yicha buxgaltcriya xizmati bank muassasasining mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'idan olgan ko‘chirmalaming to‘g‘riligini uning ma’lumotlarini unga ilova qilingan hujjatlar ma’lumotlari bilan solishtirish yo‘li orqali tekshiradi. So‘ng, daromad turlari bo‘yicha hujjatlami gumhlab, mahalliy budjet mablag‘lari depozit hisobvarag'iga tushgan daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnomani tuzadi. Ma’lumotnoma har kuni tuziladi. Daromadlar unga budjet tasnifining har bir bo‘linmasi bo‘yicha umumiy summalarda yoziladi. Ma’lumotnoma asosida memorial-order tuziladi va sintetik hisob schyotlari bo‘yicha «Boshjumal» kitobiga va analitik hisobning schyotlari bo‘yicha «Daromadlar» kitobiga yoziladi. Bundan so‘ng to‘lov hujjatlarining ikkinchi nusxalari tegishli soliq organlariga daromadlar va soliqlar toMovchilar bilan hisobkitoblar hisobida qayd qilish uchun beriladi. Respublika budjetining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma to‘lov hujjatining ikkinchi nusxasi bilan moliya organiga kelib tushadi, so‘ng to'lovchilaming shaxsiy schyotlarida qayd qilish uchun tegishli soliq organiga yuboriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining oylik hisoboti 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida respublika budjeti daromadlarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjetiga kclib tushgan soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan Rcspublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda mahalliy budjetlarga o‘rnatilgan miqdorda ajratma qilinadi. Davlat budjeti daromadlari hisobiga kelib tushgan kunlik soliq va boshqa to‘lovlar hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar banklar tomonidan dasturiy ta’minot asosida belgilangan foiz miqdorida amalga oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda, mahalliy budjetga ajratmalar qo‘l yordamida amalga oshirilishi mumkin. Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar bo'yicha buxgalteriya o‘tkazmalari memorial orderlar bilan rasmiylashtiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga kunlik ajratmalar to‘g‘risidagi vedomost moliya organlariga hamda budjet hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga davlat soliq organlariga beriladi. Davlat budjeti daromadlari hisobidan Respublika budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga ajratmalar alohida har bir soliq va boshqa to'lovlar bo‘yicha, ulaming shaxsiy hisobvaraqlaridan ajratma qilinadi. Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan mahalliy budjetlarga ajratmalar respublika budjeti hisobiga o‘tkaziladi va bu budjetning xarajatlari ko‘rinishida ifodalanadi. Mahalliy budjetlarga umumdavlat soliqlari va daromadlaridan yuqori budjet tomonidan tasdiqlagan foizlar asosida ajratmalar qilinadi, moliya organiga bank muassasalari tomonidan tuziladigan ajratmalar 37 vedomosti beriladi. Bu vedomostga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qilingan ajratmalar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 020 - «Budjet xarajatlari» subschyoti; Kredit 010 - «Respublika budjeti m ablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti. Mahalliy budjetlami ijro etuvchi moliya organlarida bu summalar daromadga olinadi va bu operatsiya quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 011 - «M ahalliy budjet m ablag'lari depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 040 - «Budjet daromadlari» subschyoti. Mahalliy budjet daromadlariga yil mobaynida ortiqcha ajratmalar summalari tushganda, ular «Daromadlar» kitobida alohida qator bilan ajratiladi. Agar yil oxirida mahalliy budjetning «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘i»da mablag1 yo'qligi uchun respublika budjetiga qaytarilmagan, mahalliy budjetda umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ortiqcha olingan ajratmalar qolsa, bu summalar moliya organi tomonidan hisobdan chiqarilishi kerak. Bu operatsiya uchun mahalliy moliya organlarida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 040 - «Budjet daromadlari» subschyoti; Kredit 042 - «Vaqtincha m ahalliy budjet daromadlariga o'tkazilgan summalar» subschyoti. Kelgusi yili mahalliy budjetning «Mahalliy budjet mablag'lari depozit hisobvarag‘i»dagi birinchi tushumlaridan bank muassasasi mahalliy budjetni ortiqcha olgan ajratmalarini olib qo'yadi va respublika budjeti daromadlarini asliga keltirish uchun ulami qaytaradi. Mahalliy budjetlar daromadlari hisobvarag'iga tushuvchi, umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar hisobi, mahalliy sharoitlarga bog'liq holda o'matiluvchi shakllar bo'yicha hududiy moliya organlari tomonidan tizimsiz olib boriladi. Umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar bu shaklda har bir quyi budjet bo'yicha hamda mazkur budjetning quyidagi ko'rsatkichlariga binoan: soliq yoki daromadning nomi; ajratma uchun o'matilgan foiz; ajratilgan summa, hisobga olinadi. Shaklga yozuvlar bank muassasalaridan mahalliy budjetlarga ajratmalar vedomosti olingandan keyin amalga oshiriladi. Yozuv qilinishidan oldin hududiy moliya organining buxgalteriya xizmati, vedomostda ko‘rsatilgan ajratmalar summasini, tasdiqlangan budjet bo‘yicha o‘matilgan foizlarga mos kelishini tekshiradi. Har bir oyning tugashi bilan mazkur shakl bo'yicha oy uchun va yil boshidan buyon yakuniy jamlangan summalar hisoblab chiqiladi. Har bir budjet bo‘yicha umumdavlat soliqlari va daromadlaridan ajratmalar summasi, har oyda quyi budjetlar ijrosi haqidagi oylik hisobotlar bilan taqqoslanib boriladi. Bundan tashqari, umumdavlat soliqlari va daromadlaridan butun hududiy budjet bo‘yicha tushgan va qilingan ajratmalar summasi, bank muassasalarining oylik hisobotlari ma’lumotlari bilan o‘zaro solishtiriladi.
Byudjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni xaqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagi vazfilarni o‘z ichiga oladi

  1. Byudjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma’lumotlari xaqqoniyligini aniqlash;

  2. Byudjet ijrosi jarayonida muomalalarni to‘liq va to‘g‘ri xujjatlashtirilishini aniqlash;

  3. Davlat maqsadli jamg‘armalari Byudjeti daromadlari va xarajtlarini rejalashtirish hamda uni ma’lumotlarini xaqqoniyligini aniqlash

  4. Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to‘g‘riligini aniqlash;

  5. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to‘g‘riligini tekshirish.

Byudjet hisobida nazorat - bu keng tushuncha bo‘lib, maxsus kuzatish tizimidan iborat boshqaruv funksiyalarining biridir. Uning asosiy maqsadi malumotni taqqoslash, o‘zgarishlarni aniqlash va baholashdan iborat.
Nazorat subyektlari – nazorat funksiyalarini bajaruvchi maxsus tashkilotlardir. Nazorat obyektlari – moliyaviy - xo‘jalik - tijorat tashkilotlari, birlashmalaridir. Byudjet hisobida nazoratning uch turi mavjud: dastlabki nazorat, joriy nazorat va keyingi nazorat.
Dastlabki nazorat –smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Bunda reja, dastur va smetalarning tuzilishi nazoratdan o‘tkazilib, byudjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishining oldi olinadi
Joriy nazorat – byudjet ijrosi jarayonida maxsus organlar tomonidan tezkor amalga oshirilib, sodir bo‘lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag‘larini oqilona sarflanishi, mulkiy qiymatliklar bo‘yicha hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Masalan buxgalteriya hisobining asosiy funksiyalaridan biri nazorat bo‘lib, ko‘p jihatdan buxgalteriya hisobi tuzilmasini to‘g‘ri tashkil qilinishiga bog‘liq.
Keyingi nazorat – bu o‘tgan davrdagi faoliyatni tekshirish bo‘lib, umumlashtirish bosqichi uchun zarur hisob va hisobot axborotlarining qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Masalan byudjet tashkiloti faoliyatini kompleks taftish qilish yoki moliyaviy audit. Moliyaning qiymat xarakteriga ega bo‘lishi moliyaviy nazoratni taqazo etadi. Bu moliyaning nazorat funksiyasidan kelib chiqadi va doimiy davlat boshqaruvini talab qiladi. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruvining maxsus tizimidir. Uning usullari, ko‘rinishlari va o‘tkazish tartibi doimo takomillashib boradi.
Nazorat - funktsiyasi orqali byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo‘yicha sarflanishi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Moliyaviy nazorat – bu davlat tomonidan tashkil etilgan kuzatish tizimi bo‘lib unga davlat, mustaqil va jamoa tuzilmalari kiradi. Ular davlat xokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar faoliyati samaradorligini, saloxiyati zaxiralarini, davlat Byudjeti xarajatlarini, qonun va me’yoriy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishadi.
Moliyaviy nazorat tizimiga: Davlat nazorati, idoraviy nazorat va mustaqil audit kiradi. Davlat nazorati - tuzilmasi bir muncha murakkab bo‘lib, Davlat nazoratining subyektlari moliyaviy nazorat o‘tkazish huquqiga ega Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va boshqalar kiradi. Nazorat obyektlari bo‘lib mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar hisoblanadi.
Idoraviy nazorat – barcha vazirlik va qo‘mitalar boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi nazorat va taftish bo‘limlari yoki ichki audit boshqarmalari hisoblanadi. Bu nazorat bo‘g‘inining obyektlariga barcha davlat korxona va tashkilotlari yoki 50 foizdan ortiq aksiyalari davlatga tegishshli aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Mustaqil audit – mustaqil auditorlik firmalari va nodavlat sektori korxonalari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratni turlari, ko‘rinishlari, shakllari va o‘tkazish usullariga ko‘ra quyidagicha sinflashtirish mumkin. Zamonaviy axborot tizimi yangi turdagi nazorat usularini yaratishni majbur etmoqda. Bular avtomatlashgan dasturiy taminotga ega nazorat usullari bo‘lib hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanmoqda. Umuman olganda moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish usullari aksariyat audit yoki taftishda bir xil ko‘rinishni kasb etadi. AQSh, Fransiya va Germaniya kabi davlatlarda, agar ichki audit sifatini tekshirish mavjud standartlarga muvofiq amalga oshirilganliginini tasdiqlasa, ichki auditor hisob xujjatlarida “Ichki audit Xalqaro professional standartlariga muvofiq bajarilmoqda”, deb qayd qilishi mumkin. Ushbu standartlar va Axloq kodeksi talablari qisman bajarilmasa va mazkur holat amalga oshirilgan ishlar hajmi yoki siftiga ta’sir qilsa, bu haqida axborot ichki audit xizmatiga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raxbariyatiga ma’lumot uchun yetkazilishi kerak . Byudjet hisobi va nazoratining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag‘lari va ularni manbalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Byudjet hisobi va nazorati Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalari byudjeti ijrosi bo‘yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi. Byudjet hisobi va nazoratining uslubiy asoslarini byudjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy hujjatlar tashkil etadi. Davlat moliyaviy nazorati: respublika darajasida — O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining va respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan; mahalliy darajada — Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. 14 Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. Ayrim hollarda rejadan tashqari davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishga: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; davlat moliyaviy nazorat organiga byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushgan hollarda davlat moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo‘l qo‘yiladi. Davlat moliyaviy nazorat organlari: O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning tasarrufidagi vakolatli organlar davlat moliyaviy nazorat organlaridir. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazorati printsiplari. Davlat moliyaviy nazoratini o‘tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining printsiplaridir. Byudjet ijrosi jarayoni xaqida axborotlar Byudjet hisobini tashkil qilish va yuritish orqali shakllantiriladi. Bunda, belgilangan Byudjet tasnifi bo‘yicha Byudjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar amalga oshiriladi. Byudjet hisobini alohida xususiyatlaridan biri – Byudjet ijrosini to‘g‘ri tashkil etish, moliya Byudjet intizomiga rioya qilish va nazorat funksiyasini amalga oshirilishidir. Byudjet hisobi va nazoratini tashkil qilishning bir qator o‘ziga xos hususiyatlari mavjud. Bular, avvalo, byudjet tashkilotining mulkchilik asosiga, davlat byudjetini tuzish va ijro etish printsiplariga va boshqa bir qator omillarga bevosita bog‘liqdir. Mazkur asosiy omillarni sxematik ko‘rinishda quyidagicha keltirishimiz mumkin.
Download 389,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish