Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat


 Inson salohiyati rivojlanishi indeksi va uni hisoblash uslubiyoti



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

6.2. Inson salohiyati rivojlanishi indeksi va uni hisoblash uslubiyoti 
Iqtisodiy o‘sishga erishish inson va butun jamiyatning rivojlanishga olib 
kelishi, ishlab chiqarish daromadlarni ko‘paytiradi, yuqori daromad esa, o‘z 
navbatida, iqtisodiy farovonlikni oshirishi haqidagi fikrlar ko‘plab chqtisodchilar 
tomonidan uzoq davr mobaynida ta‘kidlab kelindi. Iqtisodiy o‘sish nafaqat 
rivojlanishni ta‘minlash vosita, balki rivojlanish maqsadiga aylandi. Iqtisodiy 
o‘sish iqtisodiy rivojlanishning sinonimi emasligini anglagan holda jahonda ro‘y 
berayotgan iqtisodiy-siyosiy beqarorlik, aholining kambag‘allashuvi chuqur tahlil 
qilina boshlandi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarning amaliyoti shuni 
ko‘rsatdiki, ishlab chiqarish rivojlanib borayotgan sharoitlarda ham aholining 
turmush darajasining pasayib borishi kuzatilgan. Ushbu mamlakatlarda iqtisodiy 
o‘sish sur‘atlari yuqori bo‘lishiga qaramasdan tengsizlik, aholining ish bilan to‘liq 
band bo‘lmasligi va ommaviy qashshoqlikkuzatildi. Shu bilan bir vaqtda ayrim 
mamlakatlarda milliy daromad miqdori past bo‘lishiga qaramasdan, turmush 
darajasining o‘sishiga erishildi. 
Zamonaviy iqtisodiy konsepsiyalarda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishning o‘zaro 
bog‘liqligi, daromad va moddiy ne‘matlarni taqsimlash muammolariga e‘tibor 
kuchaydi. Ushbu konsepsiyalarning maqsadi birinchi navbatda aholining nochor 
qatlamlarining turmush sharoiti oshirish, mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab 
chiqarishni kengaytirish orqali YaIM, ish xaqi va aholi daromadlarini oshirish, 
davlat tomonidan ijtimoiy sohani keng qo‘llab-quvvatlashni ta‘minlashga qaratildi. 
1970-yillarning o‘rtalarida 
―asosiy ehtiyojlar konsepsiyasi‖
ham ilgari surildi. 
Unda asosiy e‘tibor davlatning barcha fuqarolariga tirikchilik zarur bo‘lgan 
ovqatlanish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, oliy ta‘lim kabi uchun eng oddiy sharoitlarni 
yaratib berish uchun mas‘uliyatiga alohida e‘tibor qaratildi. 
Biroq bu konsepsiyalar keng ommalashmadi. Asosiy extiyojlar sifatida inson 
turmushining sifat ko‘rsatkichlari emas, balki tovarlar va xizmatlar taqdim etish 
tushunilishi davom etdi. Shu bilan bir qatorda asosiy e‘tibor davlat imkoniyatlariga 
qaratilgan, aholi esa rivojlanishni ta‘minlash bo‘yicha faol ishtirokchiga emas, 
balki tovar va xizmatlarni iste‘molchisi sifatida olib qaraldi. Bunday choralar 
natijasida iqtisodiy faollikning pasayishi, ayni paytda davlatning ijtimoiy sohaga 
xarajatlarining ortib ketishi kuzatildi. 
XX asrning 80-yillari boshlariga kelib iqtisodiy o‘sish qadriyat deb e‘tirof 
etila olmasligi to‘g‘risidagi xulosaga kelindi. Ushbu davrda ko‘pgina 
mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur‘atlari pasaydi va tarkibiy inqiroz yuz berdi. 
Shuning uchun rivojlanish siyosatida davlat qarzi va xarajatlarini qisqartirish, 
iqtisodiy o‘sish sur‘atlari pasayishiga barham berish kabi sifat jihatdan yangi 
ustuvorliklar birinchi o‘ringa ko‘tarildi. ―Tarkibiy qayta qurish‖ va iqtisodiyotning 
liberallashtirilishi avvalroq ilgari surilgan inson kapitali nazariyasiga e‘tiborni 
kuchaytirdi. Yuqorida qayd qilinganidek, ushbu nazariyani asosiga ta‘lim, 
sog‘liqni saqlash, kasbiy tayyorgalikka investisiyalar kiritishning iqtisodiy jihatdan 


92 
maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan, insonga ishlab chiqarishning eng muhim 
omili sifatida qaralardi. 
Bunday yondashuvning asosiy prinsipi ijtimoiy himoya choralari tarkibiy 
qayta qurish strategiyasiga qo‘shimcha vosita sifatida qaralmasligi zarurligiga 
qaratigan edi. Shu bilan birga inson ehtiyojlariga yo‘naltirilgan, uzoq muddatli 
istiqbolga mo‘ljallab tuzilgan yangi kompleks rivojlanish mexanizmini ishlab 
chiqish taklif etildi.
1987 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanishni rejalashtirish 
bo‘yicha qo‘mitasi o‘zining 1988 yildagi ma‘ruzasida tarkibiy qayta qurishning 
insonga chiqimlarini qarab chiqish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ana shu qaror 
Mahbub ul-Haq, shuningdek K.Griffin va J.Nayt raxbarligida tadqiqotlar o‘tkazishi 
uchun rag‘bat bo‘ldi. Bu tadqiqotlar natijalari 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish