Samarqand davlat universiteti I. X. Nasimov, I. Patterson, K. M. Ibodov hozirgi zamon raqobat



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/160
Sana04.08.2022
Hajmi3,36 Mb.
#846430
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160
Bog'liq
b585866d01caec27c77db26fd8b5f337 HOZIRGI ZAMON RAQOBAT NAZARIYALARI

Djoan Vayollet
Robinson
(1903–1983) – birinchi iqtisodchi ayol sifatida 
tanilgan italiyalik iqtisodchi olim hisoblanadi
24
. Uning makroiqtisodiy jarayonlarni 
tahlil qilishga qaratilgan yondashuvlari Dj.M.Keyns, A. Marshall va D. Rikardo 
ta‘limotlariga asoslangan edi. Dj.Robinson nomukammal raqobat nazariyasini 
ishlab chiqdi va bu orqali har bir ishlab chiqaruvchi o‘z masuloti bo‘yicha 
monopolist bo‘lgan holat uchun narxlarning shakllanish mexanizmini yoritib 
berishga harakat qildi. Bu nazariya monopolistik raqobat nazariyasidan farqli 
ravishda raqobatni monopol tuzilmalar o‘rtasida ko‘rib chiqmaydi, balki, monopol 
tuzilmalar va monopol bo‘lmagan yirik savdo-sanoat tuzilmalari o‘rtasida 
narxlashtirish va monopol foydaning shakllanishini nazarda tutadi. 
23
Pyero Sraffa (1898-1983) 

italiyalik iqtisodchi, postkeynsianslik oqimi asoschisi. 
24
Djoan Vayolet Robinson ( 1903-1983) 

ingliz iqtisodchisi, nomukammal raqobat nazariyasi asoschisi. 


26 
Dj.Robinson nomukammal raqobat sharoiti raqobat muhitida muvozanatning 
buzilishiga sabab bo‘lishi va yollanma ishchi mehnatining ekspluatasiya qilinishini 
ko‘rsatib berdi.
Nomukammal raqobat sharoitida mukammal raqobat sharoitiga nisbatan 
mahsulotlar kam ishlab chiqariladi. Natijada firmalar o‘rtasida o‘zaro kelishuv, 
bozorga boshqa firmalar kirib kelishiga to‘sqinlik qilish kuzatiladi va oxir oqibat 
narx oshadi. Dj. Robinsonning fikricha, narxlarning oshishini tartibga solish uchun 
iqtisodiyotga davlat aralashuvi zarur. Bunda soliq va byudjet siyosati dastaklari 
orqali ta‘sir ko‘rsatiladi. 
Ishchi kuchining ekspluatasiya qilinishiga doir tadqiqotlarida Dj. Robinson 
raqobat muhitining monopsoniya modelini tushuntirib berdi. Bu muayyan 
tovarlarga nisbatan yagona xaridor monopoliyasi mavjud bo‘lgan bozor 
tuzilmasidir. 
Dj. Robinsonning fikricha yollanma ishchi kuchidan foydalanuvchi har 
qanday yirik firma monopsonist bo‘lishi mumkin. Natijada u ish haqi marjinal 
mahsulot ishlab chiqarilgan taqdirda ham kam bo‘ladi. shu bois bunday 
sharoitlarda davlat tomonidan eng kam ish haqi miqdori kiritilishi zaruriyatga 
aylanadi. Boshqa tomondan kuchli kasaba uyushmalari shakllantirilgan taqdirda
ishchilarning o‘zlari mayda ish beruvchilarni ekspluatasiya qilishlari kuzatiladi.
Sof monopoliya nafaqat bozorga taalluqli, balki ishlab chiqarishning 
konsentrasiyalashuvi hamdir. Bu bitta firma yagona ishlab chiqaruvchi sifatida 
bozorda o‘xshashi mavjud bo‘lmagan tovarni ishlab chiqaradi. Firma-monopolist 
bozorda narxni belgilash bo‘yicha to‘liq nazoratni amalga oshiradi. Mutloq 
monopoliyaning vujudga kelishi tarmoqqa kirish yoki muayyan xom ashyolardan 
foydalanishga to‘siqlar mavjudligi bilan izohlanadi. Mutloq monopoliya 
shuningdek, mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan doimiy xarajatlar bo‘yicha ham 
alohida olingan mayda firmalardan ustunlikka ega bo‘ladi va bu xarajatlar ishlab 
chiqarish hajmi ortishi bilan kamayib borish xususitiga ega bo‘ladi. U mukammal 
raqobat va mutloq monopoliyaga nisbatan haqiqiy sharoitlarda oligopoliyaning 
keng tarqalganligini ham izohlab berdi. 
Monopolistik raqobat firmalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat hisoblanadi. 
Boshqacha qilib aytganda firmalar mahsulotlariga narx belgilashda boshqalarining 
javob reaksiyasini hisobga oladilar. Natijada ularning o‘zaro birlashishi, kelishib 
olishi kuzatiladi. O‘z-o‘zidan bozorda yoki tarmoqda narx siyosatini yuritish kam 
sonli gigant firmalar tomonidan amalga oshiriladi. 
Dj. Robinson narx diskriminasiyasi tushunchasini kiritdi va uni talabni 
shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish tizimi sifatida talqin qilgan. Monopolist 
narx elastikligiga bog‘liq holda bozorni turli segmentlarga ajralishini aniqladi. 
Monopolist bozorga yangi tovar kiritishdan oldin dastlab eng yuqori narxlardan 
foydalanib, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan iste‘molchilar yordamida o‘z foydasini 
maksimallashtiradi, keyinchalik esa doimiy ravishda narxni pasaytirib boradi va 
kam daromadli iste‘molchilar segmntini egallashga kirishadi. Monopolist narxni 
qanchalik pasaytirmasin uning foydasi saqlanib qoladi.
Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi (1933 y) nomli kitobida 
Dj.Robinson ―miqyos samarasi‖ erkin raqobatni sharoitiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. 


27 
Gigant firmalarning bozorni geografik va tarif bo‘yicha diskriminasiyalash orqali 
segmentlash va o‘ziga xos to‘siqni vujudga keltirishi monopolist firmalarning 
asosiy xususiyatidir. Masalan, transport xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar yuk 
tashishda ko‘mir va paxta uchun alohida tarif qo‘llashi buning yaqqol dalilidir. 
Dj. Robinsonning raqobat nazariyasiga qo‘shgan yana bir ulkan hissasi 
―Monopsoniya‖ va mehnatning ekspuatasiya qilinishi tushunchasining fanga 
kiritilishidir. Dj.Robinson Kembrij iqtisodiy maktabi vakili bo‘lishligi, angliyaning 
eng nufuzli kishilari oilasidan chiqqanligiga qaramasdan, neoklassiklar 
nazariyasiga qarshi chiqdi va K.Marksning mehnatning ekspluatasiya qilinishini 
monopsoniya bilan bog‘lashga erishdi va nomukammal raqobatga daxldor deb 
tushuntirdi. Monopolist-tadbirkor ishchi kuchini yollash natijasida marjinal tovar 
ishlab chiqarish hajmiga erishadi. Bunda uning masuloti bozorda eng yuqori 
narxda sotilsada, ishchilarning ish haqi o‘zgarmasdan qolaveradi. Yoki aksincha 
erkin raqobat sharoitida uyushmagan ishchi kuchini yollash natijasida ularga eng 
kam ish haqini to‘lash orqali mahsulot ishlab chiqaradi. Bunda ish haqi darajasi 
hatto ishchilarning ―iste‘mol savati‖ni ham qoplamasligi mumkin. 
Dj.Robinson ishchi kuchining ham monopsoniya sharoitida diskriminasiya 
qilinishi mumkinligini asoslab berdi. Haqiqatan ham bozor munosabatlari 
sharoitida ishchilarning ayrimlar kasaba uyushmalariga birlashadilar, ayrimlari esa 
yo‘q. Shu bois davlat tomonidan eng kam ish haqi miqdorini belgilash orqali 
mehnatning eksluatasiya qilinishini cheklash zaruriy chora hisoblanadi. 
Garvard universitetini professori Edvard Chemberlin (1899–1967) 1933 
yilda Dj.Robinsondan bexabar holda bir vaqtda ―monopolistik raqobat‖ nomli 
kitobini nashr ettirdi
25
. Uzoq vaqt E.Chemberlinning ushbu kitobi Dj.Robinsonning 
nazariy fikrlari bilan ziddiyatda bo‘lib keldi. Buning asosiy sababi 
Dj.Robinsonning nafaqat ijtimoiy yuqori mavqyeiga ega ekanligi, balki, neoklassik 
maktabning g‘oyaviy fikrlari ustunlik qilishi ham sabab bo‘ldi. Dj.Robinson 
fikriga qarama-qarshi holda E.Chemberlin kasaba uyushmalari va antimonopol 
qonunchilik, davlatning raqobatni tartibga solishdagi ishtirokiga qarshi chiqdi. 
E.Chemberlin ―har qanday tadbirkor uchun ekspuatatorlik imkoniyati zahira 
sifatida berilgan bo‘lib, undan birlashish yoki kelishish orqali osongina foydalanish 
mumkin. 
E.Chemberlin Dj.Robinsonning tarmoqdagi monopol muhit yoki tarmoq 
ichida muayyan firmaning monopol mavqyeiga asosiy e‘tibor qaratayotganligini 
izohlab berdi. U nomukammal raqobat modelini kelgusida firma o‘z tovari bilan 
tarmoqda yagona mavqyega ega bo‘lishi bilan ham izohlanishi mumkinligini 
tushuntirib berdi. Buning isboti sifatida E.Chemberlin mahsulot differensiasiyasi 
atamasini kiritdi, qaysiki firma o‘z tovarini tarmoqdagi boshqa tovarlardan ajralib 
turishiga harakat qiladi va unga talabni reklama orqali shakllantirishga harakat 
qiladi. Mahsulot differensiasiyasi sifat xususiyatlariga ega bo‘lib, qadoqlash, sifat, 
sotish va xzizmat ko‘rsatish shartlari, tovar xarid qilish chog‘ida qo‘shimcha xarid 
miqdoriga ega bo‘lishni ta‘minlash va iste‘molchilarga eng qulay bo‘lgan savdo 
25
Edvard Gastings Chemberlin (1899-1967) 

angliyalik iqtisodchi, monopolistik raqobat nazariyasi asoschisi. 


28 
nuqtalarini tashkil etish bilan izohlanadi. mahsulot differensiasiyasi lokomotiv 
tovarga asoslangan bo‘lib, monopolist firmalarning o‘z monopol ekanligini yaqqol 
ajratishga harakat qilishini ham bildiradi.
Aynan monopolistik raqobat E.Chemberlinning fikricha zamonaviy 
tadbirkorlik faoliyatining natijasidir. Bir turdagi mahsulotlarni ko‘pchilik firmalar 
sifat xossasi, iste‘mol xususiyatlarini mukammallashtirish orqali xaridorlar 
tomonidan afzal ko‘rishiga erishish E.Chemberlin tomonidan ―odatiy holat‖ deb 
qabul qilingan. E.Chemberlin monopoliya va raqobatning o‘zaro tutash va 
uyg‘unligini ilgari surgan. Bunda u monopoliyaning iqtisodiy muvozanatni 
beqarorlashtirishi, raqobatni bo‘g‘ib qo‘yishini e‘tiborga olmagan. 
E. Chemberlin an‘anaviy yondashuvga ko‘ra raqobat va monopoliya 
muqobil tushunchalar deb hisoblaydi. Shuningdek, u raqobatning erkinlashuvi 
iqtisodiyot subyektlarining o‘zaro kelishib olishi va hamkorlikda ish olib borishini 
ham rad etmaydi. Ammo gigant firmalarni ko‘p sonli mayda firmalarga bo‘lib 
tashlash ham monopoliyaning barham topishiga olib kelmaydi. Chunki atomistik 
raqobat 
mahsulot 
differensiasiyasini 
kuchaytirgan, 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarishning eng yuqori foyda va hajmini belgilab beradigan standartlardan 
chetlanib ketishni kuchaytirgan bo‘lardi. Shu bois E.Chemberlin monopol 
hukmronlik faqatgina mehnat bozori va kasaba uyushmalarida mavjud bo‘ladi deb 
tushuntirgan. 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish