70
Basillalar noqulay sharoitga tushishi
bilan hujayraning ichki
strukturasida o‗zgarishlar hosil bo‗lib, ma‘lum bir qismidagi protoplazma
quyuqlasha boshlaydi va spora oldidagi membrana hosil bo‗ladi, so‗ngra
shu
joy mumsimon, zich bir necha qavatli qobiq bilan o‗raladi.
Hujayraning qolgan qismi esa asta sekin emiriladi va spora etiladi. Shunda
uning hajmi, vegetativ shakli mikroorganizmning hajmiga ko‗ra o‗n
baravar qisqaradi. Bakteriya noqulay sharoitda 18-20 soatda sporaga
aylanadi.
Bo‗yalmagan sporalar mikraskopda yaxshi ko‗rinmaydi, buo‗yoqlar
esa qobiq ichiga nihoyatda qiyinchilik bilan o‗tadi.
Shuning uchun
sporalarni bo‗yashda maxsus usullar qo‗llaniladi. Sporalarning qobig‗i
zich, tarkibida suvning kam, kalsiy lipoid va pikolin kislotaning ko‗p
bo‗lishi ularning tashqi muhitning noqulay ta‘siriga
chidamliligini,
ba‘zilarining esa bir necha o‗n yilgacha shu sharoitda hayot faoliyatini
saqlashga imkon beradi. Sporalar –253
0
sovuqda o‗z
hayotini saqlab
qoladilar.
Sporalar bakteriya hujayrasining turli yerlarida joylashishi mumkin.
U hujayraning o‗rtasida o‗rnashsa, markaziy spora, bir uchida bo‗lsa –
terminal spora, uchiga yaqin joylashsa subterminal spora deyiladi. Sporalar
sharsimon, cho‗ziq oval shakllarda bo‗lishi mumkin.
Sporalar ustki –ekzina va ichki –intina qavatlardan iborat bo‗lib,
ekzina qavati sitoplazmani tashqi faktorlar ta‘siridan
saqlaydi, intina esa
sporaning o‗sib chiqishiga yordam beradi.
Sporalar qulay sharoitga tushgach o‗sishni davom ettiradi. O‗sish
davriga o‗tishda sporaning bir qutbidan yoki markazidan hujayra o‗sa
boshlaydi. Hujayra sporaning bir qutbidan chiqsa ekvatorial o‗sish deb
ataladi.
Sporadan o‗sib chikkan bakterial
hujayra uning ichki intina
qavatiga o‗ralgan bo‗ladi. Basillalar zaharli moddalarga uchrasa noqulay
sharoitga
tushib qolsa, bitta sun‘iy oziq muhitida qayta qayta o‗stirilsa
spora hosil qilish xususiyatini yuqotadi. Bunday organizmlar
asporogenli
irq
deb ataladi.
71
Sporaning o‗sishi. Bakteriya sporasi
yaxshi sharoitga tushsa, u 70
trofii 70ta bakterial hujayraga aylanadi. Spora suvni 70 trofii 70ta shimadi
va bo‗kadi. Qobig‗i bosim ostida yirtiladi va sporaning o‗sish trubkasi
hosil bo‗ladi. Keyinchalik ozod bo‗lgan bakterianing uzayishi va o‗sha
uzaygan hujayraning bo‗linishi kuzatiladi.
Bakteriya hujayrasi 10, 100, 1000 yillar davomida tinch holatda tirik
saqlanishi mumkin.
Bazi bir mikroorganizmlarda temperatura, kislota, kislorod va boshqa
moddalarning etishmasligidan ularning hujayralarida sistalar paydo bo‗ldi.
Bular spora emas. Masalan, azotobaktyer shunday sistalar hosil qilsa Ular
temperatura va quritishga chidamli bo‗ladi..
Shu xil tashqi sharoitdan o‗zini muxofaza qilish, sianobakteriyalarda
akinetlar,
miksobakteriyalarda
miksosporalar,
aktinomisetlarda
endosporalar hosil qilish bilan boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: