7.9.
Tuproq ekologik monitoringi.
Tuproqning ekologik monitoringini tashqil qilish va olib borishda
o‗zlashtirilgan yerlardan foydalanishning xususiyalari aniqlanadi va
nazorat qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonida yerning tabiy potensiali, tekis
foydalanish, eroziya va jarliklar xosil bo‗lishi, yer ustining yuvilishi
darajasi, siljishi, yomg‗ir va sel kelish natijasida loyqa bosishi, botqoq
yuzaga kelishi, tuproq sho‗rlanishi va cho‗llanish holatlar aniqlanadi.
Tuproq
holatini
boshqarish
chora-tadbirlarida
dexqonchilik
xududlari yerlaridan omilkorlik bilan foydalanish, uning tabiy potensialini
saqlashida tuproq melorativ, agrotexnik, agrokimyoviy uslublarni ishga
solish va eroziyaga qarshi kurashishdan iborat.
Tuproqning ekologik monitoringi quyidagi vazifalardan iborat:
-Suv va shamol eroziyasi rivojlanishidan tuproq yo‗qolishini aniqlash;
-Tuproqning nordon va ishqor holatlarining o‗zgarishini nazorat
qilish, yerga berilayotgan mineral o‗g‗itlar miqdori ortishi va sanoat
chiqindilirini ishlatish oqibatlarini aniqlash;
-Tuproqning suv – tuz rejimi va suv – tuz balansining o‗zgarishlarini
kuzatish;
-Qishloq xo‗jalik ekinlarini tuproqdagi oziqa balansining buzilishini
aniqlash, tuproqda gumus va azot – fosforning o‗simlikka tez o‗tadigan
formasining yo‗qolish sabablarini topish;
-Tuproqning og‗ir metallar bilan ifloslanishini nazorat qilish;
atmosfera yog‗inlari bilan tushadigan va atrofdagi sanoat korxonalari
hamda avtomagisterallar tasirini aniqlash va nazorat qilish;
-Aholi zich joylashgan xududlar tuproqini turli ditergentlar va
xo‗jalik chiqindilari bilan ifloslanishini nazorat qilish;
190
-Tuproq tuzilishi va unga o‗simliklarning ozuqa moddalari muqdori,
yer osti suvlarining joylanishivi va tarkibini fasllar bo‗yicha uzoq vaqt
nazorat qilish.
-Gidromelorasiya sistemalar qurilishidan keyin tuproq tarkibining
o‗zgarishini ekspertli baholash;
-Dexqonchilikda texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqarish
jarayonida ekin maydonlariga yaqin qurilayotgan sanoat korxonalari va
ob‘ektlar tasirini nazorat qilish;
Tabiiy sharoitning ko‗p xilligi va tuproq holatiga antropogen
omillarning
murakkab
tasiri
asosida
tuproqda
bo‗lib
o‗tadigan
o‗zgarishlarni aniqlash, nazorat qilish va chora – tadbirlar ko‗rish uchun
umumlashtirilgan tuproqning ekologik monitoring dasturi quyidagi
bosqichlardan iborat:
1.
Tuproq ekologik monitoringining birinchi bosqichida: tuproq va
tuproq qatlamaning holatini baholash, ularga antropogen omillarining tasir
qilish kuchi, yo‗nalishi aniqlanadi, nazorat qilinadi va choralar ko‗riladi.
2.
Stosionar bosqichi – tuproq parametrlari, suv, hovo, harorat rejimi,
ozuqa zaxirasi, tuproq organizmlari, tuproqning fizikaviy, kimyoviy
holatiga tasiri, tuproqning biologik xususiyati yaxshilanishiga olib kelishi
kuzatiladi.
3.
Bu bosqichda – marshurit yo‗li bilan tuproq va uning qatlami
holati nazoratga olinadi, bunga yerning melorativ sistemasi, agrosistemalar;
ularning tarkibi, hosildorlik darajasi aniqlanadi ―marshurit‘‘ yo‗lida muhit
agroekosistema yerlarida noqulay holatlar (suv, bosish, zovurlarni
o‗tbosishi, tuproq sho‗rlanishi, eroziya va boshqalar) aniqlansa, shu yerlar
uchun dalolatnoma harita tuziladi, haritaga olinadi, nazorat kuchaytiriladi,
muhitni yaxshilash choralari ko‗riladi.
4.
Xududni tekshirish – xudud to‗la tekshiriladi, tabiiy va suniy
holatlar inventrazizasiya qilinadi, kartografik haraktyeristika beriladi,
yerdan to‗g‗ri foydalanish uchun takliflar beriladi. Bu bosqichda yerni
haritalashtirish uslubi katta rol o‗ynaydi.
191
Tuproqning ekologik monitoriningni tashqil qilish va ish olib
borishda kuzatish sistemalari parametrlari quyidagi 2 ta guruxga bo‗linadi.
1.
Tuproq va tuproq qatlamining holatida sodir bo‗lgan noqulay
voqeylikning belgilari umumlashtiriladi, ya‘ni tuproq biotasining holati
yomonlashishi, fermentlar aktivligi, nafas olish, tuproqda azotning
to‗planishi, muhitda oksidlanish, tiklanish hamda nordonlik – ishkoriylik
jarayonlarini, tkproq zichligi va tuproq eritmasi minirelizasiyasi, yer osti
suvlari sathining o‗zgarishlariga nazorat qilinadi.
2.
Tuproqning turg‗un o‗zgarishlari, gumus miqdori va tarkibi tuproq
qoplamining tuzilishi o‗simliklar ozuqa moddalarining transformasiyasi,
tuproqdagi og‗ir metallar, uglevodlar va tabiiy va suniy biosenozlar
mahsuldorligining o‗zgarib turishiga oid holatlar kuzatiladi
3.
Tuproq xususiyatlarida yuzaga keladigan chuqur va barqaror
o‗zgarishlar ko‗rsatkichlari: tuproqning zarrachaligi, kimyoviy tarkibi,
tuproq qalinligi kabi ko‗rsatkichlar nazorat qilinadi.
Agroekologik monitoringning asosiy komponentlaridan biri – bu
o‗simliklar bo‗lib, ular vegetasiya oxiridagi hosil miqdori, sifati,
biomassaning hosil bo‗lishi, barglar yuzasi, agrosenoz tuzilishi, quyosh
energiyasidan foydalanish darajasi, o‗simliklar mahsuloti to‗planishi va
taqsimlanishi kabi holatlar inobatga olinadi. Agrosenozlarda bunday
kuzatishlarni olib borish orqali agrotexnik va agroximik tadbirlarni
o‗tkazish vaqtlari aniqlanadi va xosilning etilish jarayonlari nazorat
qilinadi.
Qishloq xo‗jaligining intensiv rivojlanishida tuproqqa ishlov berish,
dexqonchilik ekinlarini ekish, tuproqdan biogen elementlarning chiqib
ketishi, ekin maydonlariga kimyoviy moddalarining ishlatilishi, zararli
elementlar, og‗ir metallar qoldig‗ining tuproqda qolishi muhitning
ifloslanishiga olib keladi.
192
Do'stlaringiz bilan baham: |