Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov



Download 32,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/111
Sana30.01.2023
Hajmi32,89 Kb.
#905485
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

7.8.
 
Tuproq muhofazasi 
Tuproq qatlami umum sayyora hosilasi - pedosfyeradan iborat bo‗lib, 
u litosfera, gidrosfyera va atmosferat singari tirik mavjudodlar bilan birga 
sayyoraning biosferasini tashqil etadi. Tuproq qatlami umumzamin 
bioenergetika va biogeokimyoviy tizim bo‗lib, o‗simliklar, hayvonot va 
mikroorganizmlarning yashashini hamda tirik modda biomassasi takroran 
ishlab chiqarilishini ta‘minlaydi. Tuproq qatlamining ayni mana shu 
xususiyatlari biosferaning unumdorligini vujudga keltiradi. 
Yerdan oqilona foydalanish va tuproqni muhofaza qilish, tabiiy 
resurslarni qo‗riqlash hamda ulardan foydalanish umumiy muammosida 
alohida o‗rin tutadi. Olimlarimiz qayd etganidek, bunday alohida o‗rin eng 
avvalo shu bilan belgilanadiki, insoniyat oziq-ovqat mahsulotlarining 88 
foizini tuproq qatlamiga ishlov berish natijasida oladi; chorvachilik 
mahsulotlarini hisobga olganda, bu raqam 98 foizga etadi. Xolbuki, 
tuproqning qiymati oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom ashyo 
etishtirishdagi favqulodda muhim ahamiyati bilangina emas, balki u 
umuman biosfera hayotida o‗ynaydigan buyuk ekologik roli bilan ham 
belgilanadi. (Kovda, 1978) 
Tabiashunos olimlar, ekologlar, biologlar, tuproqshunoslar
agronomlar, melioratorlar tuproq qatlamining tez ortib 
va ba‘zida o‗rnini to‗ldirib bo‗lmaydigan 


186 
talofatlardan, shuningdek keng tarqalayotgan tuproq inqirozi holatlaridan 
chuqur tashvishga tushib qolishgan. Bu hol tuproqning amaldagi ehtimol 
tutilgan hosildorligini pasaytiradi, tez-tez sodir bo‗layotgan qurg‗oqchilik 
va toshqinlarning og‗ir oqibatlarini keskinlashtiradi, hosildorlik o‗sishini 
va zarur oziq-ovqat zahiralarini vujudga keltirilishini mushkullashtiradi. 
Bu, shuningdek, tabiatda moddalarning biokimyoviy aylanishi hamda inson 
yashaydigan muhit sifatida biosfera holatining buzilishiga sabab bo‗ladi. 
Ekologik sohadagi zamonaviy bilimlar, sayyoramiz tabiatida biosferada, 
atrof- muhitda tuproq qatlamining mutlaqo almashtirib bo‗lmaslik 
to‗g‗risidagi xulosaga olib keladi, hatto biosferada tuproq qatlamini 
almashtirib bo‗lmaslik qonuni to‗g‗risida ham gapirish mumkin. 
Sayyoramizning tuproq zahiralari o‗z maydoni va sifatiga ko‗ra 
cheklangandir, quruqlikning 70 foizga qadari yaxshilanishni talab etadi va 
meliorasiyaga muhtojdir. Keyingi 75-100 yil mobaynida sayyoraning 
tuproq 
qatlami 
tez 
kamayib 
borganligi 
ham 
muammoni 
keskinlashtirmoqda. Bu muommaga avvalari unch e‘tibor berilmagan edi, 
chunki tuproq qatlami eng avvalo dehqonchilik va o‗rmon xo‗jaligida 
mahsulot etishtirish uchun bir manba sifatida "shaxsiy talab" nuqtai 
nazaridan qabul qilib kelingan. Ammo kislorod, azot va uglekislotaning 
jahon balansida ehtimol tutilgan o‗zgarishlar, toza suv zahiralarining 
kamayishi, suv havzalarining evtrofikasiyasi tufayli yuzaga kelgan tashvish 
tuproq qatlamining ahamiyatiga e‘tibor berishga majbur qildi. Bugungi 
kunda tuproq qatlami emirilmoqda, kamayib bormoqda, tobora jadallik 
bilan tanazzulga yuz tutmoqda. Tarixiy davr mobaynida 2 milliard gektarga 
yaqin yerdan mahrum bo‗lingan (shaharlar, manzilgohlar, inshootlar, 
yo‗llar bilan band bo‗lgan, eroziya emirgan, sho‗r bosgan, ifloslangan va 
hokazo). Hozirgi vaqtda V.A.Kovda ma‘lumotlariga ko‗ra butun sayyorada 
1,5 milliard gektar yerga qishloq xo‗jalik ekinlari ekiladi, har yili jahonda 
6-7 million gektargacha yerdan mahrum bo‗linadi. Yer kurrasi aholisining 
uchdan ikki qismi qashshoqlik va ochlik sharoitida yashayotganligini 
hisobga oladigan bo‗lsak, hozir sayyoramizning har bir aholisiga haydalgan 
yer 10-20 yil ilgariga nisbtan kamroq to‗g‗ri kelishini nazarda tusak, tuproq 


187 
unumdorligini oshirish, qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligini ikki 
karra, uch karra ko‗paytirish dehqonchilikning asosiy vazifasi lozimligi 
yaqqol namoyon bo‗ladi. Yer resurslaridan har tomonlama oqilona 
foydalanmay, tuproq qatlamini turli emirilish va ifloslanishlardan 
muhofaza qilish choralarini kuchaytirmay, qishloq xo‗jaligi bilan aloqador 
bo‗lmagan maqsadlar uchun yerlarni tejab-tergab ajratmay turib, bu g‗oyat 
mushkul vazifani hal etishning iloji yo‗q. Insonning noto‗g‗ri tashqil etgan 
turli xil faoliyati ta‘sirida tuproq qatlami eroziyaga duchor bo‗ladi, 
ikkilamchi sho‗rlanadi, agroximikatlar, og‗ir metallar va boshqalar bilan 
ifloslanadi, kimyoviy va biologik toksikozga uchraydi va hokazolar. 
Agrokimyoviy pestisidlar bilan ifloslangan tuproqlar unumdorligini 
oshirish va uni saqlab qolish maqsadida qishloq xo‗jaligini jadal yuritishni 
o‗g‗itlarsiz tasavvur qilish qiyin. 
Mineral va organik o‗g‗itlardan foydalanish amaliyoti yildan yilga 
kengayib, takomillashib bormoqda. 
Biroq dehqonchilikni ximizasiyalash-o‗g‗itlardan to‗g‗ri va oqilona 
foydalanishni taqozo etadi. Azot o‗g‗itlarining ortiqcha miqdori paxtaning 
(o‗simliklarning) genyerativ organlari hisobiga vegetativ organlarini 
ko‗proq o‗sish va rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Azotning ortiqcha 
miqdori, ayniqsa uning nitrat formasi xavfli, chunki u tuproqda 
sorbsiyalanmaydi, engil harakatlanadi va tuproq osti suvlariga etib boradi. 
Azotning 
ammoniyli 
birikmalari 
tuproqni 
va 
tabiiy 
suvlarni 
ifloslantirishning manbai bo‗lib xizmat qiladi. Ma‘lumki, ammiak 
nitratlargacha oksidlanib, ammoniyli azot kislorodni biriktiradi va 
gidrobiotalarni kislorod etishmovchiligiga va suvlarning buzilishiga olib 
keladi. Tuproqda ammiakli azotning ortiqcha miqdorining manbai bo‗lib, 
chorvachilik, parrandachilik chiqindilari va shahar oqar suvlari xizmat 
qiladi. 
Fosfor o‗g‗itlari va boshqa ko‗pchilik fosfor birikmalarining kam 
eruvchanligiga qaramasdan, global katta aylanishda asosiy geokimyoviy 
yo‗nalishlar ko‗llar, daryo o‗zanlari, dengiz, okeanlarga qaratilgan. Har 
yili 3-4 mln. tonna 


188 
fosfatlar quruqlikdan okeanlarga borib tushadi. Fosfatlarning tuproqlardagi 
birikmalarining kam yeruvchanligi tufayli ba‘zi yerlarda tuproqlarning 
lokal fosforlashganligi ham kuzatiladi. Azot va fosfor bilan bir qatorda 
tuproqda kaliy ham tuproqning muhim oziq elementlaridan hisoblanadi, 
qachonki kaliy xlorid o‗g‗iti ishlatilganda tuproqda xlor ionining 
to‗planishi kuzatiladi. U albatta hosilning sifat va miqdoriga hamda 
ortiqcha agroximikatlar hisobiga tuproqning ifloslanishi va sho‗rlanishiga 
sabab bo‗ladi. 
Pestisidlar qishloq xo‗jaligida yovvoyi o‗tlarga, gyerbisidlar 
o‗simliklardagi zamburug‗ kasalligiga fungisid, zoosid, inseksid 
zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatiladi. Ular orasida pestisidlar 
ko‗proq ishlatiladi. Ekinlarga ishlov berishda pestisidlarning asosiy qismi 
tuproq yuzasi va o‗simliklarda to‗planadi. Ular tuproqdagi organik 
moddalar va mineral kolloidlar bilan adsorbsiyalanadi. Toksikantlarning 
sorbsiyalari qaytarma harakterga ega. Pestisidlarning ortiqcha miqdori yer 
yuzasiga ko‗tarilmaydigan gravitasion oqimlar bilan harakatlanadi va 
tuproq osti suvlariga borib qo‗shiladi. Tuproqda pestisidlarning qoldig‗i 
toksikantning tabiatiga uning me‘yoriga tuproq xossalariga bog‗liq. 
Pestisidlar yer usti suvlari bilan suv yig‗uvchi hovuzlarga tushib, suvlarni 
zaharlaydi. 
Tabiiy zaharsizlanish jarayonlari organik moddalarning parchalanish 
jarayonlari qayerda jadal bo‗lsa, o‗sha yerda shunchalik faolroq kechadi. 
Biosidlarning 
tuproqda 
to‗la 
zaharsizlanishi, 
ya‘ni 
zaharsiz 
komponentlarga to‗la parchalanganda tuproq meliortiv holatining 
yaxshilanishi sodir bo‗ladi. Toksikantlarning tuproqda parchalanishiga 
oksidlanish - qaytarilish va gidroliz reaksiyalari yordam beradi. 
Pestisidlarni faol parchalanishi, asosan, mikroorganizmlar ta‘sirida o‗tadi. 
Mikroorganizmlar o‗zlarining hayot faoliyatlari uchun biosid tarkibiga 
kiruvchi uglerod, azot, fosfor va kaliydan foydalanadilar. 
Uzoq muddat ta‘sir qiluvchi donadorlashtirilgan ko‗rinishdagi yangi 
o‗g‗itlarni ishlab chiqish ularni tashish va saqlanish qoidalariga amal qilish, 
o‗g‗itlardan oqilona 


189 
foydalanish, almashlab ekishni joriy etish va boshqa agrotexnik va 
agromeliorativ tadbirlar tuproqni agroximikatlarni ortiqcha miqdoridan 
saqlaydi. 

Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish