2011098 DARXON
Oʻzbekiston Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida
yaratilgan.
Mualliflar: Xakimov R.A., Ermolova E.V.,
2015-yilda Respublika boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish
uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan.
Oʻrtapishar. Oʻrtacha kattalikda, shoxlanishi va barglanishi oʻrtacha. Bargi
yashil, yirik. Meva shakli bir tekis, qattiq-yumaloq, rangi toʻq qizil, yorilib
ketmaydi, silliq, yirik, eti qalin. Meva vazni 110 gr., ta‟mi 4.4 ball. Oʻsuv davri
169
112 kun.
Hosildorligi 2013-2014-yillarda Chinoz nav sinash stansiyasida oʻrtacha
gektaridan 52.6 t, ni, Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha gektaridan 33.4 t,
ni Mingbuloq nav sinash stansiyasida oʻrtacha gektaridan 51.5 t, ni tashkil etdi.
Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 5.3 %, qand miqdori 2.7 %, vitamin
S 25.8 mg/%, nitratlar 70 mg/kg.
Yangiligida iste‟mol qilishga uchun moʻljallangan. Kasalliklariga chidamli.
2014143 FAXRIY
Oʻzbekiston Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida
yaratilgan.
Mualliflar: Xakimov. R. A Ermolova. E. V
2017-yilda Respublika boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish
uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga kiritilgan.
Mevasining shakli yumaloq, rangi qizil, urugʻi kam. Meva vazni 131 gr,
umumiy degustatsion bahosi 4,0 ballga teng. Oʻrta boʻyli, oʻrta pishar, oʻsuv davri
108 kun.
2015-2016-yillarda Mingbuloq nav sinash uchastkasida hosildorligi oʻrtacha
480 ss/ga ni tashkil etgan. Meva tarkibidagi quruq modda 5,6 %, qand miqdori 2,8
%, S vitamin 16,8 %, nitratlar 58,9 mg/kg ga teng.
POMIDOR (yopiq grunt uchun)
2007077 TURON F1
Oʻzbekiston Sabzavot, poliz va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida
yaratilgan.
Mualliflar: Lyan E.E, Luchinina E.G, Radjabova N.
170
2010-yilda Respublika boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi hududida
ekish uchun tavsiya etilgan qishloq
xoʻjalik ekinlari Davlat reyestriga
kiritilgan.
Oʻrtapishar
pomidor
duragayi.Tupi
oʻrtacha kattalikda,
shoxlanishi va barglanishi oʻrtacha,
bargi toʻq yashil rangda, oʻrtacha
kattalikda. Meva shakli yumaloq-
silliq, bir xil, rangi qizil, qattiq, yaltiroq, pishganda yumshab ketmaydi. Meva
vazni 145 gr., ta‟mi 4 ball, Oʻsuv davri 120 kun.
Hosildorligi 2008-2009-yillarda Toshkent nav sinash uchastkasida oʻrtacha
12.6 kg/m
2
, ni tashkil etdi.
Kimyoviy analiz tarkibi: quruq modda 6.2 %, qand miqdori 3.8 %, nitratlar
38.
Yuqori hosildor pomidor, Yangiligicha iste‟mol qilishga moʻljallangan,
kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |