Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/85
Sana30.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#517701
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85
Bog'liq
orta osiyo tabiiy geografiyasi

 
 


69 
O‗RTA OSIYONING HAYVONOT DUNYOSI
 
Yer yuzasining zoogeografik rayonlashtirish kartasi bo‗yicha O‗rta Osiyo 
hududi Paleoarktika oblastining Markaziy Osiyo kichik oblastida joylashgan. 
O‗rta Osiyo hayvonot dunyosida, unga chegaradosh O‗rta Yer dengizi, 
Yevropa, Sibir, Mo‗g‗iliston, Hindiston va Tibet faunasining vakillarini ko‗plab 
uchratamiz. O‗rta Osiyoda o‗ziga xos endemik hayvon turlari ham anchagina. 
O‗lka tabiati har xil bo‗lganligi uchun uning hududida o‗ziga xos rang-barang 
hayvonlarni uchratish mumkin. Ular o‗lkada uning zonal va regional 
xususiyatlaridan kelib chiqib tarqalgandir. O‗rta Osiyo hayvonlari har xil 
aralash tabiiy-geografik sharoitlarda yashaydi. Shuning uchun o‗lkaning 
hayvonlari 
suvsizlikka, issiqlikka
sovuqqa, noqulay 
tabiiy-geografik 
sharoitlarga to‗liq moslashgan. 
O‘rta Osiyo tekislik qismining hayvonlari.
Tekislikdagi hayvonlar 
qurg‗oqchilikka va yuqori havo haroratiga, qumli, gilli, toshli va sho‗rxok 
yerlarda yashashga o‗rgangan. Ba‘zilari suvni oz talab etsa, ba‘zilari yoz 
issig‗idan qochib uyquga ketadi. Ayrim hayvonlar esa kunduzgi issiqdan qochib 
inlaridan chiqmaydilar va faqat kechasi faol hayot kechiradilar. 
Cho‘l hayvonlari
. O‗rta Osiyo cho‗llari qumli, shag‗alli lyossli va boshqa 
substratdagi tabiiy komplekslar bo‗lib, hayvonot dunyosi xilma-xil va 
hayvonlar turlariga boydir. Cho‗l hayvonlari suvga chidamli bo‗lib, suv istemol 
qilmay o‗simliklar tarkibidagi namlik bilan cheklansa (yumronqoziqlar, 
qo‗shoyoqlar), ba‘zilari, chunonchi oq quyruq, jayron (soatiga 50-60 km 
tezlikda chopadi) chopqir bo‗lib, uzoqdagi suvlardan foydalandi. Cho‗l 
hayvonlarining ko‗pchilik turlari sharoitga shunchalik moslashib ketganki, 
ularning rangi qum tusiga (qo‗ng‗ir, malla, sarg‗ish) o‗xshab ketadi. Cho‗lda 
yoz faslida kunduzi tuproq 70-80
0
qizib ketganligi sababli ko‗pchilik 
hasharotlar, kaltakesaklar, ilonlar, ayrim sutemizuvchilar va qush turlari soya-
salqin joylarda yoki inlarida jon saqlab kech kirishi bilan faol hayot boshlaydi. 
Bunday hayvon turlariga chirildoq kaltakesak, qum bo‗g‗ma iloni, 
qo‗shoyoqlar, uzunquloq kirpi, qorsak, cho‗l mushuklari va boshqalar kiradi. 
Cho‗l hayvonlarining ayrimlari gekkon kaltakesaklar, ingichka barmoqli qum 
yumronqozig‗i qumga, ayniqsa ko‗chib yuruvchi qumlarda yashashga 
moslashgan. Chunki ularning barmoqlari taroqsimon bo‗lib, qum ustida tez 
harakat qiladilar. 
O‗rta Osiyo tekislik qismining cho‗llarida (qumli va gipsli) cho‗l mushugi, 
jayron, oqquyruq, qoraquyruq, olako‗zon, qoraquloq, qoplon (geopart), 
Turkiston bug‗usi-xongul, tulki, bo‗ri; kemiruvchilardan ingichka oyoqli 
yumronqoziq, 
qumsichqon, 
shalpangquloq, 
tipratikon, 
qo‗shoyoqlar, 
ko‗rsichqon; sudralib yuruvchilardan echkimar, qum bug‗ma iloni, Turkiston 
kobrasi, chipor ilon, xoldor chipor ilon, o‗qilon, kaltakesaklar, cho‗l toshbaqasi; 
qushlardan xo‗jasavdogar, to‗rg‗ay, tentakqush, qorabovur, yo‗rg‗a tuvaloq, 
boyo‗g‗li, cho‗l moyquti, qum chumchug‗i, cho‗l qarg‗asi, so‗fi to‗rg‗ay kabilar 


70 
yashaydi. Hasharotlardan cho‗lda qoraqurt, chayon, falanga, tarantul (biy), 
chigirtkalarning har xil turlari yashaydi. O‗rta Osiyoning cho‗l zonasida 
yashovchi ayrim hayvonlar haqida qisqacha ma‘lumot beramiz: 
Bo‗z echkimar, echkimarlar oilasida yashovchi eng katta turi bo‗lib, uning 
uzunligi 1,5 m ga yetadi. Bo‗z echkimarlarni ba‘zan, cho‗l (sahro) timsohi ham 
deydilar. U qumli cho‗llarda yashaydi, kunduzi faol harakat qiladi. U xavfsiz, 
foydali hayvon bo‗lib, hasharotlar, kemiruvchilar, kaltakesak, chayon, qoraqurt, 
qushlar tuxumi, ilonlar bilan ovqatlanadi. Uning urg‗ochisi 10-12 ta tuxum 
qo‗yib, qumga ko‗mib qo‗yadi. Cho‗l echkimari Xalqaro «Qizil kitob»ga 
kiritilgan. Cho‗l mintaqasining yana bir noyob hayvonlaridan biri – jayrondir. 
Jayron – kichik, lekin chiroyli bo‗lib, cho‗llarda yashaydi. Jayronning 
urg‗ochilari shoxsiz, erkaklari shoxli bo‗lib, shoxining uzunligi 27-41 
santimetrga yetadi. Ilgari jayronlar poda-poda bo‗lib yashar edi, so‗nggi 
yillarda ularni betartib ov qilish tufayli ularning soni juda kam qoldi. Jayron 
«Qizil kitob»ga kiritilgan.
Qum charxiloni – o‗rtacha kattalikdagi ilon bo‗lib, uzunligi 45 sm dan 
oshmaydi. Tanasi qum-kul rangida, ikki yonidan to‗lqinsimon oq yo‗l o‗tgan, 
boshida esa aniq butsimon naqshi bor. Qum charxiloni qumlarda, eski 
harobalarda, lyossli tekisliklarda, chakalakzorlarda yashab, yoriqlarga
kemiruvchilar iniga kirib ham oladi. U tirik tug‗adi, kemiruvchilar, 
kaltakesaklar va mayda ilonlar bilan oziqlanadi. Qum charxiloni zaharli bo‗lib, 
chaqsa ancha xavf vujudga keladi, ba‘zan o‗limga olib kelishi ham mumkin. 
Hozir uning zaharidan ilon chaqishga qarshi zardob (sivorotka) olinmoqda. 
Cho‗l mintaqasining eng yirik va zaharli ilonlaridan biri – Turkiston kobrasidir. 
U Qizilqumda, Qarshi cho‗llarida, tog‗ etaklarida butazorlarda yashaydi. Uning 
uzunligi 2 m ga yetadi, urg‗ochisi 10-12 ta tuxum qo‗yadi. Hozirgi vaqtda, 
kobraning zaharidan qimmatbaho dorilar tayyorlanmoqda. Bu ilon «Qizil 
kitob»ga kiritilgan.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish