Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/85
Sana30.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#517701
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Bog'liq
orta osiyo tabiiy geografiyasi

Qatlamlar orasidagi suvlar.
Bu tipdagi yer osti suvlari ancha chuqurlikda suv 
o‗tkazmaydigan ikki qatlam jinslar orasidagi bo‗shliqlarda joylashgan bo‗lib, sizib yuradi. 
Bunday suvli qatlamlar ikki-uch hatto, o‗n-o‗n beshdan ortiq qatlamlardan iborat bo‗lishi 
mumkin. Agar qatlamlar orasidagi suvlar bosim kuchiga ega bo‗lsa, artezan suvlari deb 
yuritiladi. Artezan suvlari to‗plangan katta hududlar artezan havzasi deb ataladi. Artezan 
havzasida bosimi kuchli bo‗lgan yerlarda quduq qazilsa suv o‗zi otilib chiqadi. Ko‗p 
hollarda artezan quduqlarining suvi toza va chuchuk bo‗ladi. O‗rta Osiyoda yer osti 
suvlarining zahirasi juda katta, akademik U.M.Axmedsafinning ma‘lumoti bo‗yicha O‗rta 
Osiyo tekislik qismida 36 dan ortiq artezan suvlarining havzalari bor. Turon 
pasttekisligidagi bu suvlaridan qishloq xo‗jaligida va sanoatda keng foydalaniladi. 
O‗rta Osiyo hududida 
minerallashgan
termal suvlar ham ko‗p tarqalgan. Bunday yer 
osti suvining turi ancha chuqurda (400-1500 m) va undan chuqurda joylashgan. 
Minerallashgan yer osti termal suvlarning harorati juda yuqori bo‗ladi, u 40
0
-70
0
gacha 
yetib, tarkibidagi har xil minerallar erigan holda uchraydi. Mineral suvlar tarkibida karbonat 
kislotasi, vodorod sulfidi, yod, brom, bolitiy, bariy, stronsiy, radiaktiv moddalar va boshqa 
erigan tuzlar uchraydi. O‗rta Osiyo hududida uch mingdan ortiq shifobaxsh mineral suvlar 
aniqlangan. Mineral suvlarning ayrimlari tektonik yoriqlar orqali yer betiga issiq buloqlar 
tariqasida chiqsa, ko‗p hollarda quduqlar orqali chiqariladi. O‗rta Osiyoda burg‗ulanib 
quduqlar orqali yer yuzasiga chiqarilgan yuzlab shifobaxsh mineral suvlar mavjud. Ularning 
eng muhimlari vodorod sulfidli (serovodorodli) shifobaxsh suvlar (Chimyon, Xonobod, 
Andijon va boshqalar), yodli suvlar (Chortoq, Namangan), radonli (Aroson buloq, 
Jayronxona), kam minerallashgan ishqorli (Shelochnik), termal suvlar (Toshkent, Farg‗ona 
va boshqalar), sulfat – natriy xlorli suvlar (Moxixosa, Nagorniy, Camarqand va boshqalar). 
Minerallashgan suvlardan har xil kasalliklarni davolashda foydalaniladi. O‗rta Osiyoda 
suvdan oqilona foydalanish uchun qadimda korislar (kyarizlar), suv omborlari va kanallar 
qurganlar. Eng qadimgi suv omborlari o‗rta asrlarda Nurota tog‗ida va Kopettog‗da 
qurilgan. O‗rta asrlarda qurilgan suv omborlaridan ikkitasining («Abdullaxon bandi» va 
«Oq cho‗p») harobalari hozir ham saqlanib turibdi. O‗rta Osiyoda XX asrning 60-yillaridan 
keyin ko‗plab suv ombori qurildi. Suv omborlarini qurishdan asosiy maqsad uning suvidan 
qishloq xo‗jaligida tejab va tergab foydalanishga qaratilgan. Hozir O‗rta Osiyoda 60 dan 
ortiq suv omborlari mavjud. O‗rta Osiyoda eng qadimgi kanallar bu – Tuyatortar, Eski 
Anhor va boshqalar bo‗lib, XX asrning 60-70 yillarida yana yirik Janubiy Mirzacho‗l, 
Qoraqum, Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Qorako‗l kabi kanallari ishga tushirildi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish