O‗rta Osiyoning yer osti suvlari
Yer osti suvlarining hosil bo‗lishi va xususiyatlariga qarab, O‗rta Osiyoni
uchta qismga ajratadilar: tog‗li, tog‗ oldi va tekislik. Tog‗li rayonlar atmosfera
yog‗in-sochinlarining (yomg‗ir va qor suvlari) singishi, ya‘ni yer osti
suvlarining to‗yinish oblasti bo‗lib xizmat qiladi. Tog‗ va tog‗ oldi tekislik
rayonlari mutlaqo yer osti suvlarini o‗tkazuvchi, tranzit qiluvchi rayon
hisoblanadi. Juda katta hududlarni egallagan tekisliklar yer osti suvlarining
joylanishi va xususiyatlariga qarab ikki xil kategoriyaga bo‗linadi.
Birinchi kategoriya yoki tipga qum va gillardan tarkib topgan vodiy va
allyuvial tekisliklardagi grunt suvlari kiradi. Bu tipdagi grunt suvlarning asosiy
to‗yinish manbai uzoqdan keladigan tranzit suvlardir, unda mahalliy suvlarning
roli uncha katta emas. Mirzacho‗l, Qarshi cho‗li, Farg‗ona, Zarafshon,
47
Qashqadaryo, Surxondaryo, Chu, Talas, Murg‗ob vodiylari, Amudaryo va
Sirdaryo deltalaridagi grunt suvlar shular jumlasidandir.
Ikkinchi tip qadimiy tekisliklarda yakka-yakka holda uchraydigan yer osti
havzalari suvlaridir. Biroq uzoqdan keladigan grunt suvi qatlamlararo suvni,
shu jumladan artezan suvlarni hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Markaziy
Farg‗ona, Qoraqum va Orol bo‗yi, Qizilqum cho‗llari, Qizilqumning markazi
va janubi-g‗arbi, Ustyurt platosi shu tipga kiradi. Tog‗li rayonlardagi yer osti
suvlari ham bir necha tipdan iborat. Bu yerdagi suvlar tog‗ jinslari darz ketgan
yoriqlarda, yer tomirlari kabi yoki karst hodisalari ro‗y bergan joylarda
uchraydi. Ba‘zan ikki tomondan suv o‗tkazmaydigan qatlam bilan to‗silgan
qatlamlararo yer osti suvlari bo‗ladi. Ular joylanish sharoitiga qarab bosimli va
bosimsiz bo‗lishi mumkin. Tog‗ oldi tekisliklari, yoyilma konuslar va tog‗
oralig‗idagi yirik botiqlar yumshoq, g‗ovak jinslardan tarkib topganidan bu
yotqiziqlar orasiga suv yaxshi singadi, bularning hammasi grunt suvlarini hosil
qiladi. O‗rta Osiyo hududidagi yer osti suvlarini joylanish sharoitiga qarab
grunt, qatlamlar orasidagi, mineral hamda issiq suv bo‗lishi mumkin.
Grunt
suvlari yer yuzasiga yaqin joylashib, odatda birinchi suv
o‗tkazmaydigan qatlamning ustida to‗planadi. Grunt suvlari, atrofidagi
rayonlardagi yog‗inlardan, daryo, ko‗l, hatto suv omborlaridan oziqlanadi.
Grunt suvlari pastki qismidan suv o‗tkazmaydigan qatlamlarning ustida
joylashib, yuqori qismida esa suv o‗tkazmaydigan jinslar yoki qatlamlar deyarli
yo‗q. Grunt suvlari bosim kuchiga ega emas, ular faqat og‗irlik kuchi ta‘sirida
sizib yuradi. O‗lkaning tekislik qismidagi mineral suvlar tabiiy sharoitiga, ya‘ni
litologik tarkibi, relef sharoitiga bog‗liq holda tog‗ oldi va tekislik mintaqalarida tarqalgan.
Tog‗ oldi mintaqasidagi grunt suvlari ham yog‗in-sochinlardan va yuqoridan, ya‘ni
tog‗lardan keladigan suvlardan oziqlanadi. Grunt suvlari tabiiy sharoitga, eng avvalo, relef
sharoitiga bog‗liq holda siljish harakati tez bo‗lgan va siljish harakati sekin bo‗lgan
zonalarga bo‗linadi. Odatda harakati tez bo‗lgan zonalar biroz nishablikda (qiyalikda)
joylashib, g‗ovak saralanmagan allyuvial tog‗ jinslari orasidan o‗tadi. Bunga Zarafshon,
Qashqadaryo va shu daryo vodiylarning yuqori qismida joylashgan yer osti grunt suvlarini
ko‗rsatish mumkin. Ushbu zonadagi suvlarning tarkibida tuzlar kam, shuning uchun
tuproqlar ham sho‗rlanmaydi.
Grunt suvlarining silijishi sekin bo‗lgan zonalar odatda daryo vodiylarining quyi
qismida tarqalgan bo‗lib, bu yerda yer yuzasining nishabligi sezilmaydi, eng muhimi ular
saralangan zich lyossimon, gilli mayda tog‗ jinslaridan tuzilgan. Shuning uchun bu zonada
yer osti suvining harakati juda sekinlashadi va yer osti suvining tarkibida tuzlar miqdori
ko‗payib, sho‗rligi oshadi, oqibatda tuproq ham sho‗rlanadi. Bu tabiiy hodisa Zarafshon
vodiysida yaxshi kuzatiladi. Tekislik mintaqasidagi grunt suvlari asosan tog‗ va tog‗ oldi
mintaqasidan sizib kelayotgan suvlardan, bosim ostida pastki qatlamlardan sizib
chiqayotgan yer osti suvlaridan to‗yinadi. Bu zonadagi grunt suvining bir yerdan ikkinchi
yerga siljishi juda sekin boradi, bug‗lanish katta bo‗ladi. Shuning uchun ushbu grunt
suvlarining tarkibida natriy, xlor va boshqa ko‗p tuzlar uchraydi. Shuning uchun, tekislik
cho‗l mintaqasidagi grunt suvlari ko‗p hollarda ichishga yaroqli emas. Bunday gurunt
suvlari Qizilqum, Ustyurt va boshqa hududlarda keng tarqalgan.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |