Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/85
Sana30.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#517701
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
orta osiyo tabiiy geografiyasi

Jigar rang tuproq
o‗tloq dasht tuprog‗i bo‗lib siyrak archazorlar va 
butalar o‗sgan yerlarda hosil bo‗ladi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar delyuvial 
sarg‗ish - qo‗ng‗ir tusdagi gil va qumoqlardan, ba‘zi joylarda lyossimon, 
chag‗ir tosh shag‗allardan iborat. Jigar rang tuproqning yuqori qatlamida 
chirindi ko‗p bo‗lganidan u qo‗ng‗ir – jigar rang yoki to‗q tusli bo‗ladi, chirindi 
miqdori 15 sm chuqurlikkacha o‗rta hisobda 4-5% bo‗lib, ayrim paytda 8-10% 
gacha boradi. 1m chuqurlikdan pastda esa 0,5% gacha tushib qoladi. Tog‗ yon-
bag‗irlarining qaysi tomonga (ekspozitsiya) qaraganligi va tikligiga bog‗liq 
holda, jigar rang tuproqlarning xususiyatlari: qalinligi, karbonatning ko‗pligi 
yoki ozligi va boshqalar o‗zgarib turadi. 
Qo‗ng‗ir tusli o‗rmon tuproqlari
tog‗ quruq dashtlar mintaqasining ancha 
sernam, keng bargli o‗rmon o‗sadigan birmuncha balandroq yerlarda tarkib 
topgan. Bu tuproqda chirindi 12% gacha boradi, kimyoviy va morfologik 
xususiyatlari jihatidan jigar rang tuproqlardan farq qilmaydi. 
Baland tog‗-o‗tloq dashtlar mintaqasi tuproqlari
. Bu mintaqada harorat 
past bo‗lib, subalp mintaqasiga to‗g‗ri keladi, Zaili Olatovida 1500-1600 m dan, 
G‗arbiy-Tyanshanda va Farg‗ona tog‗ tizmasida 2500-2600 metrdan, Oloy 
vodiysida esa 3100-3500m mutlaq balandliklardan boshlanadi. Qalin o‗tloqlar 
ostida och tusli qo‗ng‗ir, karbonatsiz tuproq hosil bo‗lgan. Chirindi miqdori 
uning yuqori qatlamida o‗rtacha 4% ni tashkil etadi. Bu mintaqada vegetatsiya 
davri qisqa bo‗lgani tufayli dexqonchilik qilish murakkab, lekin yozgi yaylov 
sifatida foydalanish uchun sharoit qulay. 
Alp mintaqasi tuproqlari
. Bu mintaqada 3000-3500 metr mutlaq 
balandlikdagi siyrak daraxt va butazorlarning yuqori chegarasidan tog‗ning 
tepasiga qarab chiqib boradi. Bu mintaqaning Alp tipidagi maysazorlari yaxshi 
yozgi yaylovdir. Alp o‗tloqlari tagida chirindi va torfli ishqorlangan tog‗-o‗tloq 


55 
tuproqlari hosil bo‗lgan. Ular juda yupqa va hamma yerda bir xilda tarqalgan 
emas. Bu mintaqada tuproq hosil bo‗lish jarayoni uchun sharoit juda noqulay. 
Bunga haroratning pastligi, vegetatsiya davrida sovuqlarning bo‗lib turishi va 
shu tufayli o‗simlik kamligi va siyrakligi sabab bo‗ladi. Shunday qilib, O‗rta 
Osiyo tog‗li qismining tuproq qoplami o‗ziga xos sharoitda rivojlanib, o‗ziga 
xos xususiyatlarga ega. Tuproq qoplamining bu xususiyatlari tog‗ning geologik 
tuzilishi, relefi, tog‗ yon-bag‗irlarining qaysi tomonga qaraganligiga, yon-
bag‗irlarning tikligiga va boshqa omillarga bog‗liq. 
Professor A.A.Xonazarovning ma‘lumoti bo‗yicha, O‗rta Osiyo tog‗li 
qismi tuproq qoplamining 81% i eroziyaga uchragan. Buning asosiy sabablari 
inson xo‗jalik faoliyatining ta‘siri bo‗lib, tog‗dagi o‗rmonlarni va butazorlarni 
yo‗q qilib yuborishdir. Tog‗ yon-bag‗irlaridagi o‗simliklarni yo‗q qilish esa, 
tuproq eroziyasining kuchayib ketishiga olib kelgan. Xulosa qilib shuni aytish 
kerakki, O‗rta Osiyoning nafaqat tog‗li qismining, balki tekislik qismining 
tuproq qatlami ham inson ta‘sirida kuchli o‗zgarib ketgan, ya‘ni suv va shamol 
eroziyasi, katta maydonlardagi tuproqlarni o‗zgartirib yuborgan. Ayniqsa, 1960 
yillardan keyin sug‗orish, melioratsiyaning avj olishi, sug‗oriladigan 
maydonlarning ilmiy asoslanmagan holda kengaytirilishi, tuproq qatlamida har 
xil jarayonlarning sodir bo‗lishiga olib keldi. O‗rta Osiyoda sug‗oriladigan 
yerlar maydoni 7,8 mln.ga, shundan 50% dan ko‗prog‗i har xil darajada 
sho‗rlangan. O‗zbekistonda sug‗orishda foydalanadigan yerlar 4,2 mln gektarni 
tashkil etadi, noto‗g‗ri sug‗orish natijasida shundan 2,2 mln. gektari har xil 
darajada sho‗rlangan. Tuproqning sho‗rlanishi esa nafaqat hosildorlikning 
pasayishiga, balki boshqa salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish