Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/85
Sana30.03.2022
Hajmi1,39 Mb.
#517701
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85
Bog'liq
orta osiyo tabiiy geografiyasi

Tayanch iboralar
: Pomir va Badaxshon, Turkman-Xuroson, Janubiy yosh 
tog‘lar va Qozog‘iston past tog‘lari. Markaziy Kopettog‗, G‗arbiy Kopettog‗. 
Janubi-Sharqiy Kopettog‗.Oloyorti, Pshart, Janubiy va Shimoliy Alichur
Bozar-Dara. 
Pomir («Dunyo tomi») uchta orografik qismga bo‗linadi: 1.Pomir-Oloy 
(Oloy orti va Petr birinchi (Perviy), va Tojik cho‗kmasi (dipressiyasi); 2. 
Badaxshon tog‗lari; 3. Sharqiy Pomir.
Kopettog‗ tog‗lari - O‗rta Osiyo hududidagi eng chekka tog‗ tizimi bo‗lib, 
uchta orografik qismdan iborat: 
1.
Markaziy Kopettog‗; 
2.
G‗arbiy Kopettog‗; 
3.
Janubi-Sharqiy Kopettog‗. 
Pomirda keng bo‗ylab cho‗zilgan Oloyorti, Pshart, Janubiy va Shimoliy 
Alichur, Bozar-Dara va boshqalar, shuningdek meridional joylashgan: 
Zulmurat, Muzko‗l va Sariqol joylashgan. Bu yerda balandligi dengiz sathidan 
5-6 ming m bo‗lgan cho‗qqilar ko‗pdir. Badaxshon boshqacha manzaraga ega. 
U ko‗pincha tik kesib tushgan yon-bag‗irlari tog‗ tizmalaridan (Vang, 
Yozgilam, Darvoz, Ravshan, Shugian) baland ko‗tarilgan g‗arb tomon oquvchi 
chuqur va tor darali daryolar bilan kesilgan. Balandlik farqi tebranish 
(amplitudasi) bu yerda 5000 m yetadi. Daryolari ko‗pgina ostonalarga ega 
bo‗lib juda tez oqadi. Bu shubhasiz suv sayyohlari uchun katta qiziqishga ega. 
Badaxshonning yuqori qismida, 3330 m balandlikda, Pomirning gavhari 
(durdonasi) bo‗lgan Sarez ko‗li yotibdi. Bu ko‗l kuchli yer qimirlash vaqtida 
tog‗ yon-bag‗irning qulab tushishi natijasida 1911 y hosil bo‗lgan. Ko‗lning 
uzunligi 60 km, eng chuqur joyi 505 m bo‗lib, suv zahirasi 17 km
3

Tog‗li hududda esa atmosfera yog‗in-sochinlarining tarqalishi joyning 
orografik xususiyatiga bog‗liq holda juda xilma-xildir. Tog‗ massivlarining 
ichki qismlarida, tog‗ oralig‗idagi kotlovinalarda baland platolar juda quruq, 
masalan, Sharqiy Pomirda 4000 m balandlikda yillik yog‗in miqdori 40 mm dan 
oshmaydi. 
Tojikiston tog‗larida joylashgan Obigarm qo‗rg‗onida 1400 mm dan ko‗p 
yog‗in tushadi. Qirg‗iston tizmasining shimoliy yonbag‗ridagi Adigen daryosi 
vodiysida 1958 yil 3000 mm yog‗in tushgan, bu esa, eng «nam» shahar 
hisoblangan Botumiga (2500 mm) nisbatan ham ancha ko‗pdir. O‗rta Osiyoning 


85 
tekislik qismi issiqlik manbalarining yuqoriligi bo‗yicha boshqa o‗lkalarga 
nisbatan juda oldinda turadi. Bu yerda iliq kunlar soni 240-250 kunni tashkil 
etadi. Turkmaniston va Tojikistonning janubiy rayonlarida, havoning barqaror 
10

dan yuqori haroratining summasi 5600
0
ga yetadi, shu sababli O‗rta 
Osiyoning janubiy qismida ingichka tolali paxta yetishtirish imkoni yaratiladi. 
Yoz oylarida havoning quruq bo‗lishi, yuqori darajali issiqlik nihoyatda shirin-
sharbat mevalarni yetishtirishga, ya‘ni qovun-tarvuz, ayniqsa, uzumning yuqori 
darajada shakar moddasiga boy bo‗lishiga imkon beradi. 
O‗rta Osiyoning tog‗ yon bag‗rlarida tik landshaft zonalari: cho‗l va chala-
cho‗ldan tortib, tundra va nival (doimiy muz va muzlik) zonalarigacha uchratish 
mumkin. Shunday qilib, O‗rta Osiyo hududida yer sharining materiklarida 
uchraydigan barcha landshaft tiplarini – jazirama cho‗ldan doimiy 
muzliklargacha uchratish mumkin. Haqiqiy tipik quruq subtropiklar 
Surxondaryo va Atrek daryolarining vodiylarida mavjud. O‗rta Osiyoda faqat 
doimiy yashil seryog‗inli tropik landshaftlar uchramaydi xolos. Bu o‗lkada 
D.I.Mendeleev «Davriy sistemasi»dagi barcha elementlarning foydali qazilma 
konlari uchraydi. Hozirga qadar bu yerda faqat olmos koni topilmagan. Demak, 
O‗rta Osiyo tabiati noyob o‗ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega. Shuning 
uchun ham bu o‗lkani mashhur tabiatshunos olim I.V.Mushketov «Yer 
sharining ochiq muzeyi» deb bejiz aytmagan. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish