Sug‗oriladigan sur-qo‗ng‗ir tusli
tuproqlar Malik va Qarshi cho‗lida,
Amudaryoning o‗rta va quyi oqimlari hamda Turkistonning janubiy – g‗arbiy
qismidagi tog‗ etaklarida va boshqa joylarda uchraydi. Sur tusli qo‗ng‗ir
tuproqlarda chirindi miqdori juda kam, ko‗p hollarda tuproqning ustki qismida
kalsiy karbonat, pastki qismida gips to‗planadi. Masalan Qarnab cho‗lidagi sur
tusli qo‗ng‗ir tuproqlarning 20-30 sm chuqurlik qismidan gips gorizonti
boshlanadi.
Qumli cho‗l tuproqlar
, qum massivlari orasida tarqalgan. Asosiy keng
tarqalgan rayonlar Qizilqum va Qoraqum cho‗llaridir. Bu tuproqlarning yuza
qismi 8-10 sm gacha sochilma qumlardan iborat bo‗lib o‗simlik ildizlari bu
yerda shoxlanmaydi. Strukturali gorizont 8-12 sm da joylashgan bo‗lib, unda
o‗simlik ildizlari shoxlanmaydi va sur rangdagi dog‗lar uchraydi. Qumli cho‗l
tuproqlarda chirindi va ozuqa moddalar kam. Chirindi miqdori 0,3-0,6% ni
tashkil etadi. Bunday tuproqlarda dehqonchilikka tegishli agrotexnika
tadbirlarini qo‗llash orqali uning unumdorligini oshirib foydalanish mumkin.
Qumli cho‗l tuproqlarida chirindiga aylanadigan bir yillik o‗simlik qoldiqlari
372 g/m
2
ni tashkil etishiga qaramasdan chirindi kam, chunki bu tuproqlarda
biologik jarayonlar juda tezlik bilan o‗tadi. O‗simlik qoldiqlarining chirishi
faqat bahor oylarida (mart-aprel) namlik va issiqlik munosabati yetarli bo‗lgan
vaqtda sodir bo‗ladi. Boshqa vaqtlarda harorat juda yuqori bo‗lishi tufayli,
namlik yetishmaydi.
Taqir tuproqlar.
O‗rta Osiyoning tog‗ oldi tekisliklarida, daryo vodiylari
va deltalarida, shuningdek qum oralig‗idagi pasttekislik maydonlarida, qadimgi
allyuvial tekisliklarda taqir tuproqlar uchraydi. Taqir tuproqlarning katta
maydonlari Amudaryo, Qashqadaryo deltalarida, Murg‗ob va Tejan
havzalarida, Sirdaryoning o‗rta qismida va Kopettog‗ tog‗ oldi qiya
tekisliklarida joylashgan. Tuproq ona jinsi turli xildagi yotqiziqlar bo‗lib,
ko‗pchiligini loyli qumloqli harakterdagi yotqiziqlar tashkil etadi. Bu tuproq
tipining o‗simlik qoplami qariyib yo‗q, shuning uchun unda chimli gorizontlar
hosil bo‗lmaydi. Chirindiga aylanadigan bir yillik o‗simlik qoplamlari 1082
g/m
2
ni tashkil etadi. Taqirli tuproqlar paydo bo‗lish sharoitiga qarab, o‗tloqli –
taqirli, qoldiq chirindili, tipik taqirli, shuningdek sho‗rlanish darajasiga qarab
sho‗rlanmagan, sho‗rxoksimon va sho‗rtobsimon taqir tuproqlarga bo‗linadi.
Taqir tuproqlarda chirindi qatlamining umumiy qalinligi 20-30 sm ga
boradi, chirindi 0,5-1,0% ni tashkil etadi, ayrim allyuvial - o‗tloqli – taqir
tuproqlarda 1,2-1,5% gacha boradi, azot 0,02-0,07%, fosfor 0,15% va kaliy 2%
gacha bo‗ladi. Sho‗rlangan taqir tuproqlarda sho‗rlanish darajasi 0,3-2,0%
orasida bo‗ladi. Taqir tuproqlarda sug‗orib dehqonchilik qilish mumkin, bunda
taqir kabi qalin qotqoloq paydo bo‗lmaydi, unumdorligini oshirish uchun bir
qator agrotexnik choralarni amalga oshirish lozim. Jumladan tuproq tarkibini
vujudga keltirish, qotqoloqni yo‗qotishga qarshi ishlov berish, sho‗rlangan
52
yerlarni yuvish va qayta sho‗rlanishni oldini olish, nam to‗plash uchun yaxob
berish va boshqa chora-tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |